Utepbergenov Farxad



Yüklə 320,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix04.02.2018
ölçüsü320,09 Kb.
#24231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

 

7

turmushlari, madaniyatlari butunlay wxshamaydi, boshqa shollarda esa turli 



tillarda gaplashib bir-biridan minglab kilometr masofada yashovchi etnoslar 

(mwg’ul va badaviylar) wxshash xwjalik va madaniyat yaratishlari mumkin. 

Er yuzini wzlashtirib unda joylashishlari borasida insoniyat vakillari tabiiy 

iqlim sharoitiga mos xwjalik-madaniy tiplar yaratganlar. Etnografiya fanida ushbu 

xususiyatlar va umumiyliklarga sham aloshida etibor qilinadi. 

AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI.  

Avstraliya evropaliklar tomonidan beshinchi va oxirgi qita sifatida XVII 

asrning birinchi yarmida kashf etilgan. 

Avstraliya er yuzining janubiy qismida joylashgan. Gollandiyalik dengizchi 

Abel Tasman 1642 yilda qitaning shimoliy va shimoli-g’arbiy qirg’og’larini 

tekshirdi. KeyinchalikAvstraliyadagi katta orol uning nomi bilan yani Tasmaniya 

deb atala boshlandi. 

Geologik nuqtai nazardan Avstraliya qadimgi qitadir. Kaynozoy asridagi 

unchalik kuchli bwlmagan tektonik siljishlari qitada tog’larning kam va baland 

bwlmasligiga sabab bwlgan. Mezozoy asridan bwlinib ketgan qitadagi sut 

emizuvchilar arxaik tarzdagi shayvonlari bilan: xaltali kengurular bilan farqlanadi. 

Evropaliklar kelguniga qadar dingo iti va kalamushlar qitaning kam sonli sut 

emizuvchilari qatorida bwlgan. Tinch okeanining markaziy va janubiy g’arbiy 

qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy 

maydoni 1,3 mln km. kv. bwlgan 7 mingta orol kiradi. Okeaniya evropaliklarga 

XVI asrda, yani F. Magelanning dunё aylana birinchi saёshatlaridan malum 

bwlgan. Kwplab rus sayёsh va dengizchilari sham Okeaniyani wrganishga ulkan 

shissa qwshganlar. V.M. Golovnin, S.O Makarov, N.N. Mikluxo-Maklaylar shular 

jumlasidandir. 

 

Bugungi kunda Avstraliyada 18 mln, Okeaniya orolida esa 9 mln asholi 



yashaydi. Etnograflarning qitaning tub asholisiga nisbatan qiziqishlari undagi 

xwjalikning ananaviy terib-termachlash va ovchilikka oidligini saqlab 

qolishidandir. Asholi maishiy turmush, madaniyat va diniy tasavvurlarining eng 

qoloq, arxaik kwrinishini saqlab qolgan. Qitaning umuminsoniyat 

tsivilizatsiyasidan uzilib qolishi ushbu xususiyatlarni saqlab qolishiga imkoniyat 

yaratgan.   



Tarixiy-etnografik oblastlar. 

1.  Avstraliya va Tasmaniya xalqlari; 

2.  Melaneziya va Yangi Gvineya xalqlari.  Bu xududuga asholi Bismark 

arxipelagi, d, Antrakasto oroli, Santa-Krus, Yangi Gibrid, Yangi Kaledoniya, 

Luayota, Fidji va Rotumu orollarida yashaydilar. 

3.  Mikroneziya xalqlari. Marian, Karolin va Marshall orollarida, Gilbert 

shuningdek Oshen va Naurulardan iborat; 

4.  Polineziya va Yangi Zelandiya xalqlari, Tongo, Samoa, Uollis, Xorn, Tuvalu, 

Tokelau, Kuk, Tubuayi, Obshestvo, Tuamotu, Markiz, Gambe, Gavayya. 

Aloshida Niue va Pasxa orollaridan tashkil topgan.  




 

8

Ushbu xalqlarning tabiiy juda keng shududlarda joylanishi tarixiy-madaniy 



birlikni taminlaydi.  Nisbatan yaqin antropologik xwjalik, moddiy va manaviy 

madaniyatlardagi yaqinlik bilan Polineziya xalqlari ajralib turadi. 



Avstraliya va Okeaniya asholisining etnogenezi. 

Olimlarning farazicha dastlabki asholi gurushlari qitaga bundan 40 ming yil 

avval kela boshlagan. İrqiy jishatdan asholi avstralo-veddoid irqiga mansub bwlib; 

chwzinchoq bosh(kalla) suyagi, peshonasining wrtasidagi bwrtma, keng burun, 

qoramtir-qwng’ir badani rangi, qoramtir (twlqinsimon) sochlari bilan farqlanadi. 

Avstraliyaning tub asholisi yuzlari va badanlarida soqol va tuklarning qalinligini 

sham qayd etish lozim. 

Asholining kelishi twlqinsimon bwlib, muz davridan boshlangan. Kwchib 

kelishlarning eng faol qismi bundan 25 ming yil avval boshlangan. U paytlarda 

dengiz satshi shozirgidan 60 metr past bwlgan. Dastlabki asholi wzlashtirish 

xwjalik faoliyatini swnggi paleolitga xos tosh qurollar bilan olib borgan. 

 

Yangi Gvineyaga dastlabki asholi gurushlari bundan 30 ming yil avval etib 



kelgan va ular sham avstroloidlar bwlgan. Asholining keyingi twlqini bundan 10 

ming yil avval keladi. Ular silliqlangan tosh bolta va uning ёrdamida daraxtlarni 

kesib,  ёndirib deshqonchilik bilan shug’ullanishni boshlaydilar. Bu asholining 

avlodlarini Yangi Gvineyada papuaslar deb ataladi. 

 Kwchishlarning 

keyingi 


twlqini 

Okeaniyaga bundan 3 ming yil avval 

keladi. Bu asholi tili avstroneziya til oilasiga mansub bwlgan. Antropologik 

jishatdan bu etnik gurushlar janubiy mongoloidlar bwlishi mumkin. Ular neolit 

deshqonchilik bilan shug’ullanib chwchqa boqqanlar. Vaqt wtishi bilan 

oldokeaniya jamoasi bwlinib Yangi Gvineya, Bismark arxepilagi, Solomon, Yangi 

Gibrid, Yangi Kaledoniya orollariga kwchib wtib tub asholi bilan aralashib 

ketadilar. 

 

Ulardan bir qismi Yangi Gebrid orolining markaziy qismida yashab qolib 



assimilyatsilashmagan. Xuddi shu gurush keyinchalik «Sharqiy okeaniyaliklar» 

etnik va til jamoasini tashkil etib bundan 4 ming yil avval yangi-yangi orollarni 

wzlashtira boshlaydilar. Migratsiyalar Melaneziyada rang-barang til va 

madaniyatlarni shakllantiradi. 

 

Fidjidan «Sharqiy okeaniyaliklar» miloddan avvalgi 1200 yili Tongaga 



miloddan avvalgi 1000 yili esa Samoa orollariga wtishgan. Xuddi shu joylarda 

keyingi asrlarda wziga xos polineziyaliklar madaniyati shakllanadi. 

 

Olimlarning kwpchiligi Avstraliya va Okeaniya asholisini Janubiy Sharqiy 



Osiёdan wtganligi g’oyasini (V. Gumbold, Te Rangi Xiroa) ёqlaydilar. Lekin 

norvegiyalik olim Tur Xayerdal Polineziyaliklarni Amerika bilan aloqadorliklarini 

tasdiqlash maqsadida 1947 yili «Kon Tiki» solida Perudan Tuamotu oroliga qadar 

dengiz ekspeditsiyasi uyushtirilgan. 



Avstraliya va Tasmaniya xalqlari. 

 Avstraliya urug’-qabilalarining ijtimoiy birliklari urug’ bwlib shar bir urug’ 

jamoasi 30 dan 60 ga qadar erkak, aёl va bolalardan tashkil topgan. Shar 10-15 



Yüklə 320,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə