Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim – tarbiya jarayonini modernizatsiyalash yo’nalishlari reja


Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o’quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish muammolari



Yüklə 112 Kb.
səhifə2/2
tarix06.02.2022
ölçüsü112 Kb.
#83499
1   2
1-MAVZU MATNI

Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o’quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish muammolari:

  • uzluksiz ta’lim tizimida shakllantirilayotgan bilim va ko’nikmalar hamda jamiyatning ijtimoiy, fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasi qo’yadigan talablar o’rtasidagi nomutanosiblik;

  • ta’lim jarayonida o’quvchilar egallaydigan bilim va ko’nikmalar hamda mutaxassis sifatida faoliyat ko’rsatish uchun talab etiladigan kasbiy ko’nikma va malakalar tarkibi o’rtasidagi nomuvofiqlik;

  • o’quvchi shaxsini shakllantirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini o’zida mujassamlashtiruvchi pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlari o’zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligi, uzviyligi ta’minlanmaganligi;

  • o’quvchilarda o’sib borayotgan axborotlar hajmi bilan ishlash, mustaqil tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish asosida ular faoliyatini intensivlashtirishning dasturiy va metodik ta’minoti ishlab chiqilmaganligi.

Uzluksiz ta’lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligini ta’minlash hamda ularni amalga oshirishning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashni taqozo etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash milliy dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etib, ta’lim tizimining vertikal va gorizontal uzviyligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishni talab qiladi.

Ta’lim uzluksizligini ta’minlashning bosh g’oyasi o’quvchi shaxsining ta’lim sub’ekti sifatida izchil rivojlanib borishi bilan bog’liq. Kadrlar tayyorlash milliy modelida bu g’oya rivojlantirilib, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi sifatida e’tirof etilgan. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarida shaxsning rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida qaralib, unda o’quv jarayonining faqat bilish emas, balki o’zlashtirilgan bilimlarni ijodiy talqin qilishni nazarda tutuvchi rivojlantiruvchi ta’lim g’oyalari bilan uyg’unlashgan. Bu esa axborot berishga asoslangan o’qitishdan shaxsga yo’naltirilgan ta’limga, xotiraga asoslangan o’qitishdan faol o’zlashtirishga asoslangan o’qitishga o’tilishini belgilab berdi.

Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqishda milliy ta’lim modeli ilmiy yondashuvining o’ziga xos xususiyati shundaki, uzluksiz ta’lim tizimi yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlikda, ya’ni bir butun tizim shaklida qaraladi. Uzviylik va uzluksizlik ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida belgilanib, pedagogika nazariyasida uni ifodalovchi tizimlilik va izchillik ta’limning metodologik asosini tashkil qilishi bilan birga didaktik printsip sifatida ham alohida qayd etilgan. Ta’limning uzviyligi – ta’lim mazmunining tizimliligi, izchilligi va mantiqan bog’liqligi ta’minlanishini, o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarning keyingi bosqichlarda ko’nikma va malakalarga o’tishiga asos yaratuvchi, ta’limning har bir bosqichida ma’lum darajada bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlashni talab qiluvchi didaktik printsipdir. Uzviylikning mohiyati har bir shaxsga o’ziga mos bilim olish sharoitlarini yaratib bera oladigan ta’limga bo’lgan shaxs va jamiyatning ehtiyojlarini qoniqtirish zarurati bilan belgilanadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o’quv, tarbiyaviy, boshqaruv hamda investitsion faoliyat Kadrlar tayyorlash milliy dasturining to’la ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Bularning barchasi tuzilmaviy o’zgarishlarni davlat ta’lim muassasalari rivojlanish dinamikasi, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlashni boshqarishning samarali tartibini joriy qilish, ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirishni talab etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash milliy dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ustuvor yo’nalishlarni belgiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzluksiz ta’lim tizimi har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim deganda – o’quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish maqsadida har bir ta’lim bosqichida pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlarining o’zaro muvofiqligi, istiqbolga yo’naltirilganligi tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri sifatida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iktisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha ekanligi, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy barkamol shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi ta’minlanishi va maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim turlarini o’z ichiga olishi ta’kidlanadi.

Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari bilan bir qatorda ta’limning didaktik printsiplariga ham alohida to’xtalib o’tiladi. Ularga ta’limda ilmiylik, tizimlilik va izchillik, onglilik va faollik, bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish, o’quvchilarni yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish, ko’rgazmalilik, nazariyani amaliyot bilan bog’liqligi, mustaqillik va erkin fikrlash hamda tafakkur qilish kabilar kiritiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlik fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro uzviyligi; ta’lim mazmuni uzviyligi; bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdagi uzviyligi; o’quvchi shaxsini shakllantirishdagi uzviylik; ta’lim metodlari hamda shakllarini qo’llashdagi uzviylik; o’quvchilar o’zlashtirishini baholashni tashkil qilishdagi uzviylikni ta’minlaydi.

Ushbu talablardan kelib chiqib, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o’rtasidagi ta’lim–tarbiya jarayoni Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqishda o’zaro uzviylikni ta’minlash masalalariga alohida etibor qaratiladi. Bu maqsadda variativ o’quv dasturlari hamda darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratishda umumiy o’rta, o’rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimi pedagoglarining hamkorligini takomillashtirish talab etiladi.

Inson bugungi kunda tayyor yechimlar bo’lmagan va berilmaydigan o’zgarib boruvchi muhitda, jamiyatda faoliyat yuritmoqdaki, unda har bir shaxs zarur yechimni o’zi mustaqil topishi va ushbu yechim oqibati uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi talab etilmoqda. SHu sababli ijodkor mustaqil fikrlovchi va qaror qabul qila oluvchi, o’zgalar fikrini tinglab, uni e’tiborga olgan holda xulosa chiqara oluvchi shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim yoshlarni tayyor o’quv materialini o’zlashtirishga emas, balki muammolar yechimini topishga o’rgatmog’i lozim.

Mamlakat iqtisodiyotining uzviy qismi bo’lgan ta’lim tizimini modernizatsiyalash, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Ta’limni standartlashtirish butun dunyoda ta’lim tizimini isloh qilishdagi eng yirik tendentsiyalardan biridir. Jamiyatda sodir bo’layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o’zgarishlar ta’lim tizimi mazmunini mos ravishda loyihalash hamda standartlashtirishni talab qiladi. SHunga mos ravishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy-ma’naviy darajalarini aniqlab beruvchi Davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishni nazarda tutilgan.

Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat standartlarining ishlab chiqilishi, birinchidan, respublikamizda tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon miqyosidagi ekvivalentligini ta’minlash hamda o’z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to’siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlashga; ikkinchidan, ta’lim xizmatlari sifatiga aniq talablarni belgilash natijasida kadrlar tayyorlash sifatida oshirish hamda ta’lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga solishga qaratilgan. Davlatning ijtimoiy buyurtmasini o’zida aks ettiruvchi umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich joriy etildi.

Amaldagi DTS hamda o’quv dasturlari tahlili ta’lim turlari uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’langanligini, ushbu uzluksizlik, avvalambor, ta’lim turlarida o’qitiladigan fanlar o’quv dasturlarining bir-biri bilan o’zaro bog’lanishi talab darajasida amalga oshirilganligini ko’rsatdi. Biroq, ta’lim turlari o’rtasida fanlararo uzviylikka, ya’ni mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, oddiydai murakkablikka, xususiyliqdan umumiylikka o’tishda o’quvchilarning yoshi va psixologik jihatdan o’zlashtirish imkoniyatlari yetarli darajada inobatga olinmaganligi, ta’lim dasturlarini o’quv jarayoniga tatbiq etishda ta’lim turlari o’rtasida mazmun uzluksizligi va uzviyligi to’la ta’minlanmaganligi ayon bo’ldi.

Uzluksiz ta’limning printsipial xususiyatlari qo’llaniladigan vosita, usul va tashkiliy shakllarning turli-tumanligi va moslashuvchanligi, ta’limning fundamentallashuvi, insonparvarligi, demokratlashuvi hamda milliy yo’naltirilganligi, ta’lim jarayonlarining yo’nalish va mazmuniga ko’ra tabaqalashtirilganligi bilan belgilanadi.

Ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash omillari: DTS, o’quv dasturlari hamda qo’llanmalarni yangi bilimlarni olish va yaratish uchun asos bo’lmaydigan ma’lumotlar bilan yuklanganligini kamaytirish, o’quv fanlarining keyingilari uchun asos bo’lishi hamda amaliy faoliyatda o’z tatbiqiga ega bo’lishiga erishish; ta’limning kasbiy yo’naltirilganligini ta’minlash, fundamental va tatbiqiy bilimlarning optimal munosabatlarini belgilash; ta’lim jarayonini muayyan faktlarni emas, jarayon va hodisalar, ularning amalga oshish mexanizmlarini o’rganishga qaratish, beriladigan ma’lumotlarning o’quvchilar kundalik hayoti bilan uzviy bog’liqligiga erishish; axborotlarni amaliy tahlil qilish ko’nikmalarini tahlil qilish, bilimlarni mustaqil egallashni ta’minlaydigan ta’lim metodlarini tanlashga e’tibor qaratish; ta’lim mazmunining muntazam ravishda yangilanib borish mexanizmlarini takomillashtirish va keng joriy etish.

Uzluksizlikning mohiyati vaqt bo’yicha individuallashtirilgan, har bir shaxsga o’ziga mos bilim olish sharoitlarini yaratib bera oladigan ta’limga bo’lgan shaxs va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish zarurati bilan belgilanadi. SHunday ekan, ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalashning qayd omillari etilgan omillari to’la amalga oshirilsa, o’quvchilar kasbiy-texnologik bilimlarini kengaytirish hamda kasbiy ijodkorlik ko’nikmalarini tarkib toptirish asosida ularning yuqori kasbiy kompetentlik darajasiga erishiladi.

Dunyoda ta’lim tizimiga sarflangan mablag’, hech qachon zoe ketmaydigan sarmoya, deb hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillasha borgani sayin odamlarning ma’naviyati yuksalaveradi. Muhtaram Prezidentimiz aytganidek, yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. SHuning uchun yuksak ma’naviyat kelajak poydevori hisoblanadi.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan edi. Axir, odamlarning ongini, tushunchasini, bilim saviyasini o’zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib qanday qilib yangi jamiyatni barpo etish mumkin?

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yilning 29 avgustida «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. SHuningdek, ko’lami, miqyosi, qamrovi va maqsadlari bo’yicha noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham qabul qilindi. Bu ikki hujjat ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik hamda madaniy ehtiyojlarini taminlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab qo’yildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Jumladan, 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Uning birinchi bosqichini 9 yillik umumiy o’rta ta’lim maktabi tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida quyidagi uch tamoyil ilgari surilgan:

«Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir».

Birinchidan, bu modda asosida farzandi 7 yoshga to’lgan biron-bir ota-ona bolasini maktabdan olib qolish huquqiga ega emas.

Ikkinchidan, mamlakat miqyosida bepul umumiy o’rta ta’lim maktablari joriy etilgan. Hatto, aqlan yetuk, ammo jismonan zaif bolalar uchun uyda ta’lim olish tashkil qilinadi. Ya’ni u yashayotgan hududdagi maktab o’qituvchilari shu birgina bola uchun uyiga borib dars berishadi.

Uchinchidan, barcha maktablar davlat tarafidan bunyod etiladi, ta’mirlanadi, rekonstruktsiya qilinadi, uning moddiy-texnika bazasi yaratib beriladi.

Demak, umumiy o’rta ta’lim to’liq majburiy hisoblanadi. Undan keyin esa uch yillik majburiy-ixtiyoriy ta’lim boshlanadi. Majburiyligi shundaki, umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirganlarning hammasi yana uch yillik o’rta maxsus ta’lim muassasasida o’qiydi. Ixtiyoriyligi shundaki, umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan o’quvchi endi bundan keyingi ta’lim yo’nalishini tanlash huquqiga ega. Avvalo, u akademik litseyda o’qimoqchimi yoki kasb-hunar kollejidami, buni o’zi tanlaydi. Qolaversa, aynan qaysi akademik litseyda yoki aynan qaysi kasb-hunar kollejida o’qishini ham o’zi belgilaydi.

O’qishning bu ikkinchi bosqichi kadrlarni differentsiatsiyalash imkonini beradi. Bundan keyin oliy ta’lim muassasasida o’qishni istayotganlar akademik litseyga boradi. Muayyan kasb-hunar egasi bo’lishni orzu qilayotganlar esa kasb-hunar kollejiga hujjat topshiradi.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ana shu uch yil mobaynida kollejda o’qiyotganlar ko’nglida ham oliy ta’lim olish fikri tug’ilsa, marhamat, kasb-hunar kollejini bitirganlik to’g’risidagi hujjat bilan ham bakalavr yo’nalishidagi har qanday o’qishga hujjat topshiraverishi mumkin. Akademik litseyni bitirganlar ham, kasb-hunar kollejini bitirganlar ham bakalavriatga bir xil talab bo’yicha test imtihonlarini topshiradi.

Ta’lim sohasini isloh qilish borasida 2004–2009 yillarda ijrosi ta’minlangan Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ham alohida ahamiyat kasb etdi. Bu Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy davomi edi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida amalda mamlakatimizdagi 10 mingga yaqin umumiy o’rta ta’lim maktabining barchasining holati yaxshilandi. Yangi maktablar qurildi, ayrimlari rekonstruktsiya qilindi, ta’mirlandi, barcha maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

SHu tariqa mamlakatimizning katta sur’atlar bilan barqaror rivoj topishida va dadil qadamlar bilan ilgarilab borishida mustahkam poydevor yaratildi. Binobarin, istiqlol yillarida ta’lim tizimini tubdan yangilab, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish mamlakatimizda ma’naviy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan birini tashkil etib kelyapti.

Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi imzolangan «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ham shu yo’ldagi sa’y-harakatlarning uzviy davom etayotganidan dalolat beradi. SHu Qaror asosida 2011 – 2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha Dastur ma’qullandi.

Mazkur Qarorga asosan, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti – Andijon mashinasozlik institutiga, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti – Namangan muhandislik-texnologik institutiga, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti – Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnik institutiga aylantirildi. Bu uchala oliy ta’lim muassasasining yangi yo’nalishida zamonaviy texnologiyalar sari modernizatsiyalash tamoyili yaqqol ko’rinib turibdi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2012 yil 17 fevralda Toshkentda xalqaro hamjamiyatni O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to’plangan boy tajriba bilan keng tanishtirish maqsadida «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzuida xalqaro konferentsiya o’tkazildi.

Unda ko’plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT,Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar qatnashdi.

Konferentsiya uzluksiz ta’lim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O’zbekiston tajribasini o’rganishga bag’ishlandi. Mamlakatimizda faol, o’z maqsadi sari intiluvchan, serqirra iste’dod va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda ko’nikmalarni egallagan – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Konferentsiyaning ochilish marosimida Prezidentimiz «Yuksak salohiyatli avlodni tarbiyalash – eng muqaddas maqsad» mavzuida nutq so’zladi.

Konferentsiyaning yakuniy hujjati – rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda, jumladan, shunday so’zlarni o’qiymiz: «Bundan 15 yil oldin (1997 yilda) qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish printsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning O’zbekiston tanlagan «o’zbek modeli»ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida ta’kidlandi».

Xalqaro konferentsiya ishtirokchilari rezolyutsiyada O’zbekistonning ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi tajribasini o’rganish bo’yicha tanlangan va muhokama etilgan ma’ruzalarni hisobga olgan holda tavsiyalar qabul qildi.

2012 yil 28 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, 24 iyulda «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni, 28 dekabrda esa ana shu Farmonni bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. SHu tariqa mamlakatimizda bundan buyon fan nomzodi ilmiy darajasi berilmaydigan, faqat magistr va fan doktori ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar yoqlanadigan bo’ldi.

Bugungi kunda ta’limning maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, bakalavriat, magistratura va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun katta ilmiy xodim – tadqiqotchi degan uzluksiz bosqichlari shakllandi.

Ta’lim sohasini isloh qilish – davr talabi. Mamlakatimizda ta’lim muassasalarini zamon talablari asosida tinimsiz takomillashtirib borish siyosati olib borilyapti. Binobarin, 2012 yil 10 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni imzolandi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga aylantirildi. 22 iyunda shu Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. 2012 yil 4 iyunida esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. Toshkent Davlat madaniyat instituti va O’zbekiston Davlat san’at instituti negizida ana shu yangi institut tashkil etildi.

2012 yil 10 dekabrida Prezidentimizning «CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori imzolandi. SHu tariqa zamon kun sayin ta’lim tizimi oldiga yangi-yangi vazifalar qo’ymoqda. Bugungi davr har qanday malakali kadrdan chet tilini puxta bilishni talab etmoqda. 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran chet tili maktablarning birinchi sinfidan o’qitila boshlandi. Ana shu o’quv yili boshlangunga qadar birinchi sinflarga dars beradigan barcha chet tili muallimlarining maxsus malaka oshirish kursini o’qib bitirishiga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil avgustida bo’lib o’tgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilgan birinchi chaqiriq IX sessiyasida so’zlagan «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» deb nomlangan nutqida, jumladan, chet tilini o’rganish bilan bog’liq quyidagi dasturiy mulohazalarini o’rtaga tashlagan edi:

«Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir.

Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmasligi kerak...

Kechagi tariximizda bizning g’arb tillarini o’rganishimizda ona tilimiz emas, asosan, rus tili vositachi bo’lib keldi. SHuning hisobiga hozirgacha, misol uchun, inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha lug’atlar deyarli yo’q...

Bunday zaif, noo’rin holatlarni tezda o’zgartirish, o’zbek bolasiga chet tillarning ajib dunyosiga bemalol kirishi uchun imkoniyatlarni to’liq ochib berishimiz darkor.

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganishning milliy asosdagi jadallashtirilgan metodikasini tayyorlashni tezlashtirishimiz kerak».

Oradan 15 yil o’tib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining aynan «CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori qabul qilinishi bizda ta’lim sohasini isloh qilishning tadrijiyligi va izchilligini yaqqol namoyon etadi.

Keltirilgan fakt va dalillardan ko’rinib turibdiki, bizda fan va ta’lim, ta’lim va tarbiya, ta’lim va ishlab chiqarishni birga, uzviy aloqadorlikda olib borish an’anasi izchil yo’lga qo’yilgan. Bu esa o’zining samarali natijalarini bermoqda.

2013 yilning 20 – 23 noyabrь kunlari Toshkentda Osiyo Quyosh energiyasi forumining 6-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etish uchun ko’plab xorijlik mutaxassis, olim va ekspertlar mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu yig’ilishning aynan bizning yurtimizda o’tkazilgani bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martda qabul qilingan «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq muqobil energiyadan foydalanishni kuchaytirish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yig’ilish ishtirokchilari Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida bo’lib, ushbu ilmiy muassasa faoliyati, bu yerda tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Quyosh energiyasidan foydalanish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar bilan atroflicha tanishishdi. SHuningdek, ular Samarqandga tashrif buyurib, Quyosh fotoelektr stantsiyasi loyihasining taqdimotida ishtirok etishdi. Xorijliklar O’zbekistonimiz muqobil energiya manbalarini rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega ekanini alohida ta’kidlashdi. Bu borada katta xalqaro hamkorlik rejalari tuzildi.

Yana bir izchillikni aytib o’tish o’rinli. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi Farmonida 1997 yildan boshlab 1 oktyabrni umumxalq bayrami – O’qituvchi va murabbiylar kuni sifatida nishonlash belgilandi. 1997 yil avgustida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Ko’p o’tmay o’sha yili 1 oktyabrda mustaqil mamlakatimiz tarixida ilk bor O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. An’anaga ko’ra, har yili ana shu bayram munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida» Farmoni asosida eng munosib ta’lim-tarbiya fidoyilariga davlat mukofotlari beriladi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishda qat’iy amal qilib kelinayotgan bir qoida shundan iboratki, biz jahonning bu boradagi ilg’or tajribalarini tinimsiz ravishda o’zlashtirib boryapmiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi fan va ta’lim sohasi mutaxassislarini Yer yuzining yetakchi ilmiy va ta’limiy markazlariga malaka oshirish hamda stajirovkaga yuborib turibdi. Bundan tashqari, mamlakatimizda ko’plab xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari faoliyat olib boryapti. Ularda yoshlarimiz chet tilida jahonning ilg’or sohalarini puxta-pishiq o’zlashtirib, yetuk mutaxassis bo’lib chiqyapti.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil avgustida bo’lib o’tgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilgan birinchi chaqiriq IX sessiyasida so’zlagan «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» deb nomlangan nutqi dasturiy ahamiyatga ega, ya’ni unda qilinajak ishlar rejalashtirilgan, yo’nalishlar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 17 fevralda Toshkentda «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferentsiyada «Yuksak salohiyatli avlodni tarbiyalash – eng muqaddas maqsad» mavzusida so’zlagan nutqi esa – ma’lum ma’noda, hisobot mohiyatiga ega. Bu nutqdan o’tgan 15 yil mobaynida qilingan ishlarni bilib olamiz. Ammo zamirida oldindan rejalashtirish bo’lgani, avval bu borada puxta-pishiq, oqilona yo’l tanlangani va izchil ravishda uning asosida ilgarilab borilayotgani oydinlashadi ham.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 1 iyulida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi Qarorida: «hech shubhasiz, vaqt o’tishi bilan tobora yorqin namoyon bo’layotgan, biz birinchilar qatorida amalga oshirgan va davom ettirayotgan, dunyoda katta qiziqish uyg’otayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi, bir so’z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya sohasiga eng ustuvor ahamiyat berganimiz mamlakatimizning katta sur’atlar bilan barqaror rivoj topishida va yurtimizning dadil qadamlar bilan ilgarilab borishida mustahkam fundament yaratib bergani» alohida qayd etilgan.

Mustaqillik yillarida yetuk kadrlar tayyorlash, buning uchun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish niyatida yaratilgan bu «mustahkam fundament» hozirning o’zidayoq totli mevalarini bera boshladi. Kelajakda mamlakatimizning hammaning havasini keltiradigan yuksak taraqqiyotiga muhim asos bo’lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil. Pedagogika kontekstlik maonosiga ega bщlib щrganuvchining turli xil faoliyatlarida щzgarishlarga sabab bщladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga kщra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshыa bir insonni щrganishini taominlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi ji’atlarini kashf ыilish, fikrlarni boьlash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini taominlovchi vosita xisoblanadi.SHu bilan birga u o’qituvchining tashkilotchiligi, boshыaruvchanligi, talaba fikrini ta’lil ыila olishi va talabaga nisbatan щыituvchi masxuliyatini kщrsatuvchi ‘isoblanadi.1



Alexanderos fikriga kщra pedagogika ‘am faoliyat ‘am ta’lil turi xisoblanadi. Pedagogika щыituvchilarning fikrlashi, ularning eotiыodi, munosabati, bilimi, talabalarni щыitish va щrganish jarayonida dars rejasini tushunishi, shuningdek ularni щыitish jarayonidagi taosiridir va pedagogika ijtimoiy, madaniy, siyosiy jarayonlar bilan boьlangan2.


1 Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.13-bet.

2


Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə