Uzoq umr ko’rish omillari



Yüklə 0,72 Mb.
tarix20.06.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#89822
Uzoq umr ko’rish omillari

Uzoq umr ko’rish omillari


Tayyorladi: Boqiyeva Sevinch

Har bir inson keksayib qolganida ham uzoq yashash, sogʻlom va bardam boʻlish haqida oʻylaydi. Buning iloji bormi?

Bolalar va oʻsmirlar sogʻliqni yoshlikdan asrash naqadar muhim ekanini doim ham bilmasligi mumkin, ammo yoshi ulugʻ odamlarning ham oʻz salomatligiga bepisand munosabatini tushunish qiyin. Koʻp ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklarga berilish, kamharakat hayot tarzi, asabbuzarlik holatlari — mana shular insult hamda infarkt, qandli diabet, onkologik va boshqa yomon xastaliklar sababchisi. Bunday holatda hatto eng zamonaviy tibbiy sharoitlar yaratib berilsa-da, uzoq yashash va sogʻliq haqida orzu qilish ham befoyda.

Sogʻlom inson uzoq va baxtli hayot kechiradi

Aholining uzoq umr koʻrish davomiyligini taʼminlash dolzarb masalalardan biridir. Zero, ushbu koʻrsatkich insonlarning sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasidir.Shu oʻrinda sogʻlom turmush tarzi nima, unga amal qilish meʼyorlari qanday, yurtimizda sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat, kabi savollar tugʻiladi.


Inson ulg’ayib o’sib borar ekan hayotda bir qancha bilimlarga ega bo’lib boradi, ko’plab orzu – niyatlariga erishish uchun tinmay izlanadi. Ammo qanchalik bilimga ega bo’lsa ham o’z sog’ligi, tanasini doimiy sog’ holda saqlay bilishi lozim. O’zini komfort holatida saqlab turish har bir insonning o’z qo’lida

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish predmetining maqsadi va vazifalari.

  • Shaxs hayoti va salomatligini salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishga erishish
  • Kun tartibiga qat’iy amal qilish
  • Shaxsiy salomatlikni saqlashga nisbatan ma’suliyatni qaror toptirish
  • Atrof – muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni qoidalarga ega
  • Turli xildagi jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning oldini olish layoqatiga ega bo’lish

Demak, har bir inson oʻz hayotini asrga tenglashtirish, baquvvat boʻlib, hayotdan zavqlanib yashash quvvatiga ega. Xullas, har kimda tanlash imkoniyati bor: sport bilan shugʻullanish yoki har kuni juda boʻlmaganda yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish va faol boʻlish, turli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qilib, uzoq umr koʻrish. Bizga berilgan ana shu bebaho imkoniyatdan ixtiyoriy ravishda yuz oʻgirish foydalimi yoki yoʻq, buyogʻini oʻzingiz hal eting va xulosa chiqaring.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə