V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

103841

II 
H
V A I I M A T O V A . A . I I . I I O I I O J O N O V ,
A n M A X I M O V
l i m
 I 
f


0 ‘Z B E K I S T 0 N R E S P U B L IK A S I
O L IY VA 0 ‘R TA M A X S U S T A ’L IM V A Z IR L IG I
D .S. Yarmatova, A.R. Bobojonov,
A.R. Raximov
DAYLAT KADASTRI
ASOSLARI
0 ‘zbekiston R espublikasi Oliy va o ‘rta m axsus ta Tim vazirligi tom onidan
5 3 1 1 5 0 0
— 
«G eodeziya, kartografiya va kadastr»
b a ka la vr yo 'nalishlarida ta Tim olayotgan ta labalar uchun darslik
sifatida tavsiya etilgan
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-ma baa ijodiy uyi
Toshkent — 2014


U O 'K : 528.44(075) 
K BK
65.32-5 
D 14 
Ya75
Taqrizchilar:
E. Karimov 
— «SamHOLIS» kadaslr MCHJ boshlig'i;
A. Eshmuradov 
— «Shahar qurilishi va kadastr» kafedrasi katta o ‘qituvchisi;
I. Bobobekov
— 
«Shahar qurilishi va kadastr» kafedrasi dotsenti, qishloq
xo'jaligi fanlari nomzodi.
Davlat kadastri asoslari fanidan 5311500 — «Geodeziya, kartografiya va 
kadastr» (tarm oqlar bo‘yicha) ta ’lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash 
o ‘quv rejasiga muvofiq tuzildi. M azkur darslik shu yo'nalishda ta ’lim olayotgan 
talabalarga moMjallangan bo'lib, unda davlat kadastrlari, uning m azm uni, 
mohiyati va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati, shu jum ladan, 
yer kadastri ham da boshqa turdagi kadastrlar, ularni yuritish tartibi, vazifalari 
ham da iqtisodiyot tarmoqlarini bozor munosabatlariga o'tishi sharoitida ushbu 
kadastrlam ing tutgan o‘rnini yoritadi.
ISBN 
978-9943-05-682-4
© D. Yarmatova va boshq, 2014 
© ChoMpon nomidagi N M IU , 2014


KIRISH
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgan kundan boshlab 
barclia sohalar kabi geodeziya, kartografiya, kadastr sohalari ham 
rivojlana boshladi. Hozirda olib borilayotgan ilmiy va amaliy 
ishlarni yanada mukammallashtirish maqsadida sohaga doir yangi 
texnika va texiiologiyani hayotga tatbiq qilishga katta ahamiyat 
berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartog­
rafiya va davlat kadastrlari davlat qo‘mitasining m a’lumotlariga 
qaraganda, 0 ‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44410,3 ming 
ga ni tashkil etgani holda, lining 90 foizga yaqini davlat tom onidan 
turli huquqlar asosida korxona, muassasa, tashkilotlarga, shu 
jum ladan fuqarolarga biriktirilgan. Awalambor, shuni ta ’kidlash 
joizki, kadastrning barcha turlarini bajarish uchun Davlat G eo­
deziya tarmoqlari (DGT) barcha talablarga javob beradigan daraja- 
da barpo etilgan bo‘lishi kerak. Bu borada Respublikamizda ilmiy 
va amaliy ishlar olib borilmoqda.
C hunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida Davlat G eo- 
dezik tarm og‘ini, Yer yo‘ldoshi tizimi texnologiyasi bo‘yicha tako- 
millashtirish masalasiga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratilib, bu ishning 
rivojiga katta ahamiyat berilmoqda.
G ap shundaki, barcha yerlar, ko'chm as mulk chegaralari, 
burchaklari D G T asosida joyida topiladi va belgilanadi.
Yer va boshqa turdagi ko'chm as mulklarni ro‘yxatga olish, 
ular haqida aniq m a’lumotlarni to‘plash, ularni bir joy — m a’lu- 
m otlar banki (MB)ga yig'ib, kerak bo'lganda ulardan samarali 
foydalanish, yer ko'chmas mulk egasi bo iish i davlat va jismoniy 
shaxsning yerga, ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqini himoya qilish 
soliq tizimini mukammallashtirish, ko‘chmas mulk haqidagi m a’lu­
motlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, ularni kimoshdi
3


bozorida sotish va sotib olish kabi juda ko‘p masalalarni yechish 
maqsadida yer kadastri tuzildi.
Xalq xo'jaligining turli sohalari, o'simliklar, qishloq xo‘jalik 
ekinlari va um um an insoniyat uchun zarur bo'lgan chuchuk 
suvning miqdori cheklangan bo‘lib, olimlarning bcrgan m a’lumot- 
lariga qaraganda, dunyo bo'yicha 84 m 827,2 ming km3 ni tashkil 
qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 2000-yilda qabul qilingan 
«Davlat kadastrlari to ‘g‘risida»gi qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1996-yiI 17-iyuldagi 255-sonli « 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasida Davlat kadastrlarining yagona tizimini 
yaratish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash to ‘g‘risida»gi qarori va bosh- 
qa qator qonun hamda me’yoriy hujjatlarga binoan, mamlakati- 
m izda yer, suv, o ‘rm on va avtom obil yo 'llari kadastrlarini 
yuritishga bo'lgan munosabat bar tom onlam a o'zgardi.
Davlat yer, suv, o ‘rmon va avtomobil yo'llari davlat kadastrlari 
Davlat kadastrlarining yagona tizimi tarkibiga kiritildi, ularda 
bajariladigan ishlar hajmi kengaytirildi va ahamiyati oshirildi. 
Shuning uchun ham yer, suv, o'rm on va avtomobil yoilari davlat 
kadastrlari, ularning mazmuni va mohiyati, tarkibiy qismlari, 
yuritish tamoyillari to‘g‘risida qisqacha to'xtalib o ‘tish joizdir.
Davlat yer kadastri muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega. 
Uning m a’lumotlaridan turli masalalarni hal qilish, jum ladan, 
yer solig‘i, yer maydonlariga ijara haqi 
niiqdorlarini belgilash, 
qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini rejalashtirishda, yer tuzish
yerdan foydlanish bilan bog'liq bo‘lgan barcha masalalarni hal 
qilishda foydalaniladi.
Shuning uchun bo'lg'usi bakalavrlar mamlakatimizning tabiiy 
iqtisodiy salohiyati bo‘lgan yer, suv, o 'rm o n va boshqa m an- 
balarni bevosita o'rganish, ularni sifat va miqdor jihatdan baho- 
lashning ilg'or uslublari va texnologiyalarini qo'llashni mukammal 
o'zlashtirishlari zarur.
Fanni o'zlashtirish jarayonida talaba Davlat yagona kadastrlar 
tizimini yuritish bo'yicha m a’lum otlarni zamonaviy hisoblash 
vositalari va kompyuterlari yordamida tahlil qilishi hamda zarur 
xulosalar chiqarishni o'rganadi.
4


Bino va inshootlarni ro‘yxatga olish, ular haqida aniq m a’lu- 
m otlarni to ‘plash, ulardan samarali foydalanish soliq tizimini 
mukammallashtirish, bino va inshootlarni kimoshdi bozorida sotish 
hamda sotib olish kabi juda ko‘p masalalarni yechish maqsadida 
kadastr yuritiladi. Bino va inshootlar yoki uning m a’lum bir 
qismiga egalik huquqini rasmiylashtirish, bu huquqni muhofaza 
qilish maqsadida bino va inshootlar kadastri tuziladi.
Shahar hududida muhandislik tarmoqlarning ko‘pligi, ular- 
ning yerosti, yer yuzi va yerustida joylashganligi, topografiyasi, 
ro'yxati, egasi, mulkning bahosi va shunga o'xshash ko‘pgina 
talablarga shaharsozlik kadastridan foydalangan holda javob 
topiladi.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə