V foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 5,9 Mb.
səhifə4/11
tarix20.04.2022
ölçüsü5,9 Mb.
#85669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rang tasvir. Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san'at turiga kiradi. Rangtasvirda rang muhim o'rinni egallaydi. Agar grafika san'atida rang shunchaki yordamchi vazifani o'tasa, rangtasvirni esa rangsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko'rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi.

Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirirga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to'g'risida real tasavvur berishi kerak. Monumental rangtasvir me'morchilikda ma'lum miqdorda bezash vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba'zan monumental - dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to'g'ridan to'g'ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o'yma naqshlar ba'zan har xil shakldagi ramkalar (to'rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo'ladi - bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog'ochda) ishlanib olinib bitgandan so'ng devorlarda qoldirilgan maxsus o'rinlarga o'rnatiladi. Lekin mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba'zi hollarda panno dastlab xolstga moy bo'yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo'lgan o'ringa yopishtiriladi.




Yüklə 5,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə