V foydalanilgan adabiyotlar


Tasviriy san'atning tur va janrlari



Yüklə 5,9 Mb.
səhifə5/11
tarix20.04.2022
ölçüsü5,9 Mb.
#85669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2. Tasviriy san'atning tur va janrlari

Peyjaj - manzara janrida tabiat ko’rinishi o’z aksini topadi. Unda real yoki hayolan ko’z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta), dengiz ko’rinishi (marina) va hokazolar tasvirlanadi. Voqelik tasviri va inson atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi manzarada o’z aksini topadi.



Haykaltaroshlik. Tasviriy san'atning turlaridan biri bo'lgan haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo'lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo'yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o'rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi buyumlarning yuzasidagi bo'rtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli ko'rinishi hisoblanadi.

Haykaltaroshlik asarlari o'z ishlatilish o'rni, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko'rinishda bo'ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko'rish mumkin bo'lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo'rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko'riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so'z bo'lib, yuza degan ma'noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko'rinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday releflarni ba'zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o'z navbatida, ikki turga bo'linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» ham fransuzcha so'zdan olingan bo'lib, past relef degan ma'noni anglatadi. Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo'rtgan) bo'lib, lekin uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo'rtma tasvirlar bunga misol bo'la oladi. Bareleflar ayniqsa, amaliy san'at buyumlarini, me'morchilik binolarini bezashda juda qo'l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, masalan, ko'za, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar, binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo'rtma tasvirlar ishlaganlar. «Gorelef» so'zi ham fransuzcha bo'lib, baland relef ma'nosini bildiradi. Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo'rtib chiqqan bo'lib, uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo'lishi shart.



Relefning yana bir turi bor. Bu o'yib ishlangan releflardir. Bunday releflar odatda tekis yuzaga o'yib ishlanadi. Yuzani o'yish natijasida hosil bo'ladigan yorug'-soya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadi. Bunday releflarning imkoniyati chegaralangan bo'lganidan ular amalda juda kam qo'llaniladi. Bunday releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug'vorlik, adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko'rkam ko'rinadi. Shuning uchun haykallar o'zining mazmuni va o'rnatiladigan joyiga qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko'p. Bu plastilin, loy, yog'och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo'llanadi. Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni bo'yash hollari uchraydi. Bunga O'zbekiston hududidan topilgan qator haykaltaroshlik asarlari misol bo'la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san'atning boshqa turlari kabi o'zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga bo'linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan yirik o'lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Lekin shu bilan birga, u bevosita muhit bilan bog'liq bo'lib, me'morchilik binolari hamda tabiat bilan uyg'unlikda bo'lishi lozim. Bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo'lgan xysusiyatlardan biri bu tasvirlanayotgan qahramonlarning ko'tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo'ljallangan bo'lganligi sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va hokazolardan ishlanadi. Bulardan tashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko'rsatilmaydi. Istirohat bog'lari, xiyobon va ko'chalar, shuningdek, me'morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga kiradi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida mustaqil mazmunni anglatib, me'morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo'lmagan holda, kishiga mustaqil fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me'morchilik bilan bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini ishlashda obrazlarni ko'tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo'rttiriladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o'yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko'rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o'zida mustaqil mazmunni anglatadigan, san'atning bosh turlariga tobe bo'lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko'rgazmalarga qo'yish, uylarga qo'yish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o'zining butun borlig'i bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik o'zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko'rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligining ko'rinishlaridan biri byust bo'lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda o'zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo'ladi. Haykaltaroshlik san'atining yana bir ko'rinishi - terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so'z bo’lib, pishirilgan loy ma'nosini bildiradi). Terrakota keng ma'noda loydan yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko'rinishi tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g'amginligi, kelajakka intilishi va o'tmishga qayg'urishi ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak-atrofga bo'lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o'ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o'zgarishlarini to'g'ri ifodalashi muhim o'rinni egallaydi. To'g'ri topilgan harakat yuzdagi mimik holat - bular uning ta'sirli bo'lishiga zamin tayyorlaydi.

Tasviriy san'atning turlari.

Portrеt - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.

Avtoportrеt - portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi.

Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U. Tansiqboеvning ``O`zbеkistonda mart", "Jonajon o’lka", "Mеning qo`shig’im", N.Kashinaning "Tog’da bahor", Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi", "Choyga", R.Tеmurovning "Bibixonimda bahorim, "Ulugbеk madrasasi" asarlari mualliflarga shuxrat kеltirdi.

Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, "jonsiz tabiat" dеgan ma'noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, mеva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tеvarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R. Axmеdov, L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar.

Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan vokеa-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.

Botal janr - "botal" frantsuzcha so`z bo`lib, "jang", "urush" ma'nosini bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan chеksiz muhabbati ifodalanadi. Lеonardo da Vinchi, M.B. Grеkov, G.QSovitskiy, •A.A.Dеynеka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M. Nabiеvnnng "Spitamеn ko`zroloni', musavvir R, Rizamuhammеdovning "Mukanna ko`zgololi"., musavvir T. Sodiqovning Tumarisning qasosi" nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi.

Animalistik - janr o`zgacha ) tasiry san'at turidir. U lotincha "anima", "hayvonot olami" dеgan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot, dunyosiga" zur qiziqish, sеvgi va mahorat bilan yondoshadi.

Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining dеvorlariga kiyiq qutos, mamontlarning suratlarini chizganlar.

Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar to`zishda hamda monumеntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI asrga kеlib hayvonot olami anatomiyasini buyuk. musavvirlar Lеonardo da Vinchi va A. Dyuryerlar ishladilar.

Kеksa haykaltarosh va grafik musavvir V, A.Vatagin o`zining asarlarida turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.

Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir.

Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli vokеalarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Pityer dе Xoh Ostadе, Stеn, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi. Rеalist rassomlardan P.Fеdotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy,

QSavitskiy, I.Rеpin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. O`zbеk rassomlaridan R.Axmеdov, M.Saidov, Z.Inogomov, R.Choriеv, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar. Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari. Badiiy muzeylar. “Muzey” yunoncha “Muzeyon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimgi Yunon afsonalariga ko’ra, san’at va fan mabudalarihisoblangan muzalar uchun mo’ljallangan muqaddas joy ma’nosini anglatadi.

“Muzey” so’zi uyg’onish davrida rasmiy tus oldi. Badiiy muzeylarda asosan tasviriy va dekorativ amaliy san’at asarlari to’plandi, saqlandi, namoyish etildi va ta’mirlandi.



Dunyoda birinchi bo’lib davlat muzeyi xuquqini Londondagi Britaniya muzeyi olgan edi. Dastlabki muzeylar Evropada tashkil etilgan bo’lsa, Sharqda ular 19-20 asrlarda paydo bo’ldi. Xususan Dexlida Hindistonning milliy muzeyi (1848 y), Pekindagi Gugun muzeyi (1914 y), Yaponiyadagi Tokio milliy muzeyi (1871 y) va boshq. Badiiy muzeylar orasida tasviriy san’at muzeylari bilan bir qatorda maxsus amaliy san’at muzeylari ham bor. Shuningdek, tasviriy san’atning u yoki bu turi yoki oqimiga bag’ishlangan muzeylar ham mavjud. Masalan Parijdagi bir muzey Impressionist rassomlar ijodiga bag’ishlangandir.


Yüklə 5,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə