V foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 5,9 Mb.
səhifə7/11
tarix20.04.2022
ölçüsü5,9 Mb.
#85669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Drezden galereyasi-Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan. Bu muzey binosi 1847-1854 yillarda me’mor K.Xenel tomonidan maxsus bunyod etilgan. Lekin galereya 1860 yilda ochilgan. Uning dastlabki eksponatlari Rafaelning “Sikstin madonnasi”, Jarjonening “Uyqudagi Venera” asarlari edi. Shuningdek, muzeyda Rembrandt, A.Dyurer, Titsian asarlari ham maqjud. Keyinchalik muzey Evropa rassomlari va haykaltaroshlarining asarlari bilan boyib bordi.

Luvr muzeyi-Franyiyaning Parij shahrida joylashgan. Bu bino o’rta asrlarda qo’rg’on, keyinchalik esa qirollar saroyi bo’lgan. Ushbu madaniyat maskani dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Muzeydagi nodir durdonalar asosini Angliya qirolligida to’plangan san’at asarlari tashkil etgan. Ular rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at asarlaridir. Muzey 1791 yilda milliy muzey maqomini olib, 1793 yilda birinchi bor omma uchun o’z eshiklarini ochgan. Muzeydan Qadimgi sharq, Yunoniston, Rim, Qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham o’rin olgan. Frantsuz xalqi bu muzeyda Leonardo Da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian, Rembrandt, N.Pussen, E.Delekrua va boshqa bir qator dunyoga mashhur san’atkorlarning asarlari borligidan haqli ravishda faxrlanadi.


Yüklə 5,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə