3-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
21
6) “chiqarilgan_vaqti”, “kelgan vaqti” kabi maydonlariga “Дата и время” (sana) ma’lumot turi
o‘rnatiladi. Bu ikkala maydonga faqat sana formatidagi ma’lumotlarnigina kiritish mumkin.
“soni” nomli maydonga “Числовой” (raqam) ma’lumot turi o‘rnatiladi, chunki bu maydon
faqat raqamli ma’lumotnigina qabul qiladi. Shu tariqa “Kitoblar” nomli jadvalga kerakli maydon
nomlari va ularning turlari kiritiladi
(9).
Agar maydon nomlariga
qandaydir izoh yozmoqchi
bo‘lsangiz, u holda “Описание” ustunidan
(10)
foydalanishingiz mumkin;
7) so‘ngra jadvalga ma’lumot kiritish uchun “konstruktor” rejimidan “jadval” rejimiga o‘tish
lozim. Buning uchun “Главная”
menyusidan
(11)
“Режим” uskunasi ustiga bosiladi
(12);
8) paydo bo‘lgan konteks menyudan “Режим таблицы” buyrug‘i
tanlanadi
(13);
9) “Режим таблицы” (jadval rejimi)ga o‘tilgach, jadvalga ma’lumotlarni kiritish mumkin
(14).
9
10
1
Har bir qatorga kutubxonada mavjud kitoblar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ma’lumotlar
bazasiga maydonlarni kiritsh va ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirish shu tariqa amalga oshiriladi.
Dars davomida “Kitoblar” nomli jadvalga 50 dan ziyod kitob haqida ma’lumot
kiritishga
harakat qiling. Bu keyinchalik ma’lumotlarni saralashda yordam beradi.