Va energiya tejamkorligi



Yüklə 54,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü54,7 Kb.
#166652
  1   2   3
jamiyat-hayotida-va-rivojlanishida-energetikaning-o-rni-va-energiya-tejamkorligi



JAMIYAT HAYOTIDA VA RIVOJLANISHIDA ENERGETIKANING O’RNI 
VA ENERGIYA TEJAMKORLIGI 
 
Eshmamatov Shoxrux Qobiljon o’g’li 
eshmamatovshoxrux3909@gmail.com 
Tog’aymurodov San’at Zafar o’g’li 
sanattogaymurodov2@gmail.com 
Navoiy davlat konchilik instituti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu tezisda yurtimizda elektr energiyaning jamiyatimiz uchun 
o’rni va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini tejash chora-tadbirlari haqida so’z 
boradi. 
Kalit so’zlar:
Energiya, energiya tejamkorligi, jamiyat, texnologiya, energiya 
resurslari, energiya ishlab chiqarish, energiya iste’moli, energetika rivoji, 
energiyadan foydalanish, elektr tizim, energiyani iste’mol qilish. 
 
THE ROLE OF ENERGY IN THE LIFE AND DEVELOPMENT OF 
SOCIETY AND ENERGY SAVINGS 
 
Eshmamatov Shoxrux Qobiljon ugli 
eshmamatovshoxrux3909@gmail.com 
Togaymurodov San’at Zafar ugli 
sanattogaymurodov2@gmail.com 
Navoi State Mining Institute 
 
Abstract:
This thesis deals with the role of electricity in our society and 
measures to save electricity. 
Keywords:
Energy, energy saving, society, technology, energy resources, 
energy production, energy consumption, energy development, energy use, power 
system, energy consumption. 
“Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi u doim, bir turdan 
ikkinchi turga o’zgarib turadi” 
Energiyaning oltin qoidasi 
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to’plangan 
energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, 
undan maksimal samaradorlik olish maqsadida doimo takomillashib kelmoqda. 
Energetika insoniyat hayotida doimo muhim rol o’ynaydi. Inson faoliyatining barcha 
turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, inson o’zining 
evolyutsion rivojlanishining boshida inson faqat o’z tanasi mushaklarining 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
81


energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa inson olov energiyasini olishni va undan 
foydalanishni o’rgandi. Insoniyat jamiyati evolyutsion rivojlanishining navbatdagi 
o’rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada birinchi suv 
va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o’z harakati uchun shamol kuchidan 
foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bo’ldi. “XVIII asrda o’tin yoki ko’mirni 
yoqish natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga 
aylantiruvchi bug’ mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf 
qilindi. Elektro dvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri 
boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va 
undan foydalanish usularini o’zlashtirish bo’yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish 
asri bo’ldi”
1
. Ya`ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr 
stantsiyalar, yuqori va o’ta yuqori va ultra yuqori kuchlanishga ega bo’lgan elektr 
energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish, 
o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Katta quvvatli energiya 
tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz ta`minoti 
tizimlari paydo bo’lmoqda. 
Shunday qilib bizni o’rab turgan dunyo turli ko’rinishdagi tuganmas energiya 
manbalariga egadir. Hozirda ularning ba`zilaridan, ya`ni: quyosh energiyasi, yer va 
oyning o’zaro ta`siri natijasida hosil bo’ladigan energiya, termoyadrosintezi 
energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to’laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson 
tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o’ynaydi. Mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o’zaro bog’liklik mavjud. Insoniyat 
hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot
 
imkoniyatlarini 
va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski inson tarafidan iste`mol qilinayotgan energiyani ko’p qismi, mavjud 
bo’lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda 
issiqlikka aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalaniladigan energiyaning tahminiy 
taqsimoti 1.1 - jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda 
mavjud energiyani beruvchi ko’mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) o’lchamida 
keltirilgan. 
1.1-jadval 
Dunyoda yillik energiya iste`moli 
Energiya shakli 
Miqdori, Mt 
Manba 
Insonlarni boqish va ish 
hayvonlariga yem 
650 
Quyosh yorug’ligi (hozirda) 
O’tinlar 
150 
Quyosh yorug’ligi 
(o’tgan zamonda) 
1
Xoshimov Foziljon Abidovich “Energiya tejamkorlik asoslari” voris-nashriyot Toshkent 2014 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
82


Gidroelektrstantsiyalar 
100 
Suv harakati 
Ko’mir, neft, gaz, torf 
6600 
Quyosh yorug’ligi 
(o’tgan zamonda) 
“Shu bilan bir vaqtda insonlarni ozuqasi uchun har yili taxminan 400 Mt 
energiya sarflanadi, shundan 40 Mtga yaqini foydali mehnatga aylanadi. Xo’jalik 
zururatlariga 800 Mt, jamiyat ishlab-chiqarishiga esa 1000 Mt energiya sarflanadi.
Shunday qilib 7500 Mt ni tashkil etuvchi yillik energiya iste`molidan 2200 Mt 
foydali ravishda, qolgani esa issiqlik ko’rinishida bekorga sarflanadi. Lekin hatto 
2200/7500 Mt samaradorlik bilan ham insoniyat maqtana olmaydi, chunki yer yuziga 
quyoshdan taralayotgan va yiliga 10000000 Mt ni tashkil etuvchi energiya bu yerda 
hisobga olinmagan”
2

Biz energiyani zaruriy va bizga ishlash qobiliyatiga ega deb hisoblaymiz. 
Jamiyatni energiya bilan ta`minlash quyidagilarga bo’linadi, ya`ni: imoratlarni isitish, 
harakatni ta`minlash, bizga zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli 
mashina, mexanizm, asbob-uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, ovqat 
tayyorlash, yoritish, hayot faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir. 
Energiyani qo’llashning bu misollarini quyidagi uchta katta guruhlarga bo’lish 
mumkin: 
1) 

Yüklə 54,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə