Va iqtisodiy siyosat



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.10.2023
ölçüsü319,41 Kb.
#126723
1   2   3   4   5   6   7
Va iqtisodiy siyosat

A.Navoiy 


Navoiy boylikni ikki yo`l bilan topish mumkin, deydi. Birinchi yo`li - bu o`z mehnati 
bilan iqtisod qilib boylikni to`plash, orttirish, yig`ish va o`ziga to`q yashash. Bunday boylik 
to`plashga Navoiy hayrihohlik bildirdi. U olingan va to`plangan boylikni uch qismga bo`lib, 
birinchi qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi 
qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Masalan, 1482 yilda 
yozilgan "Vaqfiya" asarida A.Navoiy shaxsan o`zining yerlaridan olingan daromad misolida 
daromadning o`z harajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining 
foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. Boylik topishning ikkinchi yo`liga esa, ya'ni o`g`rilik, 
ta'magirlik va zo`rlik hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday 
ishlardan naf-ratlanadi va shu yo`l bilan boylik orttirayotgan kishilarni jamiyat hisobiga 
yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir, deb ta'riflaydi. 
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500 yilda yozilgan "Mahbub-ul-qulub" 
asaridir. Ushbu asarda Navoiyning iqtisodiy fikrlari mujassamlashgandir. Navoiy bu asarida 
jamiyatni sotsial tabaqalarga bo`lib, ularning jamiyatda tutgan o`rnini ko`rsatib berishga harakat 
qiladi. Asarning birinchi qismida ularning tabaqalariga va kasblariga xarakteristika beradi. 
Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va yomon xislatlar to`g`risida ma'lumot beriladi. 
Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda 
moddiy ne'mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim o`rin tutadi. 
A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Don 
sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo`lini ochuvchidir". Dehqon, ya'ni ishchi kuchi 
mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan qo`shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish 
vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e'tirof etadi: "Qo`shi ham ikki zo`r 
polvon bo`lib, yukiga bo`ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni 
surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa ham yetar 
ovqat ham barakat!". Demak, dehqon ish kuchi, qo`shi va ho`kizlari esa ishlab chiqarish 
qurollari, yer esa mehnat predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. 
Navoiy ishlab chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, ya'ni ishchi 
kuchidir, degan fikrni bildiradi. Yuqorida zikr etib o`tilganidek, A.Navoiyning fikriga ko`ra, 
yakka kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Biron narsa ishlab chiqarish uchun boshqa-
boshqa toifadagi odamlar doim bir-birlari bilan bevosita aloqada bo`lishlari kerak. 
Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo`lsa, hunarmandga non kerak, dehqonga 
ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari suv bilan havodek zarur. 
Shunday qilib, baliq suvsiz yashay olmaganidek, barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar ham 
bir-birisiz rivojlana olmaydi, deydi Navoiy. Dehqonlar va boshqa sohada mashg`ul kishilar 
ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish jarayonida
taqsimotda, ayirboshlashda va iste'molda bir-birlari bilan o`zaro aloqada bo`lishi kerak. 
A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta ahamiyat 
kasb etishini va mavjud jamiyat dehqon mehnati ustiga qurilganligini e'tirof etadi. Dehqon 
mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo`shchi va o`roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib 
kutadi. Shu bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga hamohangdir. Ularsiz hech narsa 
ishlab chiqara olmaydi. Demak, bu bilan Navoiy ishlab chiqarish munosabatlarini e'tirof etadi. 
Uning fikricha, dehqon o`z mehnati bilan o`z ehtiyojiga zarur bo`lgan mahsulotni keragidan 
ko`proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham 
moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. Navoiyning mana bu fikri qo`shimcha mahsulot faqat qishloq 
xo`jaligida degan fiziokratlar fikriga mos keladi. Navoiy qishloq xo`jaligining rivojlanishi 
mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, degan o`ta ilg`or fikrni ilgari suradi. Bu 
fikr o`sha davr, ya'ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab 


chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o`ta to`g`ri fikrgina bo`lib qolmay, balki tarixiy haqiqat 
hamdir. 
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo`lgan savdogarlarning o`zini ham ikki guruhga 
bo`ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi 
guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi 
savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga xayrihoxlik bildiradi. Bozorlardagi 
savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy ko`z bilan qaraydi. Ular o`z manfaatiga xizmat 
qilib, boshqalar hisobiga boyiydi. Shuning uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun 
zarardir, deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo`lishidan boshida savdo 
to`la, bo’zi shoyi bo`lishidan ko`nglida istak ko`p. Bu yerda savdogar Navoiyning "Hotam 
Toyiy" asaridagi o`tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib o`tin 
teradi va bu o`tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. O`tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni iste'mol 
mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda "tovar - pul - tovar" jarayoni boradi. O`tinchi cholning 
ayirboshlashdan ko`zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib 
olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi bo`ladi, 
deydi. Qo`ygan oz puli ko`p bo`lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni ayirboshlashdan maqsad 
qiymatdir yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki 
formalaridan biri mavjud bo`lgan. U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: "Shahar 
olibsotarlari xiyonatchi, o`ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, 
arzon olib qimmat sotish uning orzusi. Olishda shoyini bo`z deydi, sotishda bo`zni maqtab shoyi 
deydi. Molini tovar o`rnida o`tkaza olsa, to`xtatib turish yo`q. Do`konida insofdan boshqa barcha 
mol mavjuddir!" (A.Navoiy. Asarlar to`plami. XII tom,199-bet). A.Navoiy o`zi ishlab 
chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg`ul bo`lmasada, o`z aqliy va ijodiy mehnati bilan 
jamiyat uchun kerak bo`lgan tabaqalarni e'zozlaydi, olimlar, tabiblar, shoirlar, muhandislar va 
boshqalarni jamiyat uchun zarur qatlamdir, deydi, ana shu kasb egalarini o`z mas'uliyat va 
burchlarini sezishga chaqiradi. 
Alisher Navoiy hazratlari o`z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson manaviyatining 
kamoloti bilan uyg`unligini takror-takror qayd etganlar. Jumladan mamlakat obodligi va el 
farovonligini yuksak manaviyat bilan quyidagicha bog`lagan: To hirsu havas xirmoni barbod 
o`lmas, to nafsu havo qasri baraftod o`lmas, to jabr zulm jonig`a bedod o`lmas, el shod o`lmas, 
mamlakat obod o`lmas. 

Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə