Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix31.12.2021
ölçüsü1,39 Mb.
#81676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga otkazishni orgatuvchi trinajyor programma tuzish

 

 

 




KIRISH 

Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib 

borishi  axborotlashgan  jamiyatning  shakllantirishga  zamin  yaratib  bermoqda. 

"Internet",  "Elektron  pochta",  "Elektron  ta'lim",  "Elektron  boshqaruv",  "Elektron 

hukumat",  "Masofaviy  ta'lim",  "Ochiq  ta'lim",  "Axborotlashgan  iqtisod"  kabi 

tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv 

ta'sir  ko`rsatmoqda. Axborot  –  kommunikatsiyalari  orqali  mamlakatlarning  milliy 

iqtisodi  globallashib,  axborotlashgan  iqtisod  shakliga  o'tmoqda,  ya'ni  milliy 

iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30 

yil  mobaynida  yaratilgan  bo'lib,  ular  hajmining  ko'payib  borishi  axborot-

kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.  

Ko'plab  mamlakatlar  o'zlarining  istiqboldagi  rivojlanishini  axborot-

kommunikatsiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston 

Respublikamizda  ham  jamiyatni  axborotlashtirish,  kompyuter  ilmini  o’qitishni 

rivojlantirish  bo'yicha  Qonunlar  qabul  qilinib,  ular  asosida  bir  qator  dastur  va 

tadbirlar  amalga  oshirib  kelinmoqda.  Jumladan,  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining «Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to'g'risida» 2002 - yil 30 - 

maydagi 


PF-3080-son 

Farmoni 


asosida 

2010- 


yilgacha 

Axborot-


kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u 

hozirda  butun  respublikamiz  milliy  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari  va  sohalarida 

tatbiq qilinmoqda.  

Jamiyat hayotiga axborotlarni kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot 

olishga  bo‘lgan  imkoniyatlar  eshigini  ochib  bеrdi.  Mazkur  o‘zgarishlar  birinchi 

navbatda,  yangi  axborot  kommunikatsiyalarini  ta'siri  ostida  yuz  bеrib,  inson 

faoliyatining  har  bir  sohasida  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojning  ortishi  bilan 

tavsiflanadi.  Bugungi  kunda  mutaxassislar  axborotni  asosiy  bеlgisi  sifatida 

ma'lumotni  qayta  ishlash  jarayonining  muayyan  bosqichlarga  bo‘linishini  e'tirof 

etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni 

avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi.Hozirda 

jurnalistikani  tezkor  axborotlarsiz  tassavvur  qilish  qiyin.  OAV’ning  qaysi  turiga 




nazar  tashlamang,  axborotni  istе'molchiga  uzatish  jarayonida,  aynan  jurnalistika 

hodimlari ishiga guvoh bo’lasiz.  XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot 

kommunikatsiyalari asri” dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga 

egalik  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy  aloqalar  ustidan  hukmronlik  qilish  imkonini 

bеradi. Kompyutеr madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi, 

malakasini  oshirishga  intilishiga  asoslangan  fikrlash,  bilim  olishning  yangi 

ko‘rinishi yuzaga kеldi.Bu esa isonda axborotga bo’lgan talabni kuchaytiradi.O’z 

navbatida bu axborotlar kurashuvini belgilab beradi.


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə