Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Frames  – Freymlar;   MainMenu



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix31.12.2021
ölçüsü1,39 Mb.
#81676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga otkazishni orgatuvchi trinajyor programma tuzish

 Frames

 – Freymlar; 

 MainMenu

 - Asosiy Menu; 



 PopurMenu

 - Paydo bo'luvchi menu; 



 Label 

- Nishon, Foydalanuvchi sohasidagi biror joyni belgilash;  



 Edit 

- Bir satrli matn tahrir



 Memo

 - Ko'pqatorli matn taxriri; 



 Button

 - Standart tugma;  



 CheckBox

 - Bog'liqmas tanlash (belgilash) darchasi



  RadioButton

 - Bog'liqmas tanlash (yagona); 



 ListBox

 - Tanlanadigan satrlar ro'yxati; 



 ComboBox 

- Ochiluvchi ro'yxatga ega tanlash






 ScrollBar 

- Soha bo’yicha harakatlantirish yulagi



 GroupBox

 - Nomlanadigan konteyner soha; 



 RadioGroup

 - O'zaro bir-birini inkor qiluvchi tanlashlar guruhi



 Panel 

- Konteyner soha; 



 ActionList

 - Amallar (bog’lanadigan funksiyalar) ro'yhati. 

 

Additional

 varag'ida komponentalar quyidagicha joylashgan: 

  

 BitBtn - Rasmli tugma;  



 SpeedButton - Tezkor murojaat tugmasi;  

 MaskEdit - Qolip buyicha berilganlarni kiritish uchun bir qatorli tahrir; 

 StringGrid – Satrlarning ikki o’lchamli jadvali; 

 DrawGrid – Rasm joylashtirish mumkin bo’lgan jadval; 

 Image - Grafik shakl joylshtiriladigan soha; 

 Shape – Standart geometrik shakllar; 

 Bevel – Bo’rttilgan (o’yilgan) shaffof to’rtburchak soha; 

 ScrollBox – Harakatlanish mumkin bo’lgan darcha; 

 CheckListBox – Tanlashlar (belgilashlar) ro’yxati;  

 Splitter – Sohani ajratuvchi chiziq; 

 Statictext - Statik (turg'un) satr; 

 ControlBar - Vositalar paneli uchun konteyner

 ApplicationEvents - Ilovaning hodisalari; 

 Chart – Diagrammalar, grafiklar chizishning vositasi. 



Vizual komponentalarning umumiy xususiyatlari 

Barcha  vizual  komponentalar  uchun  TControl  sinfi  asos  hisoblanadi  va  u 

elementning  o'lchami  va  joylashuvi,  uning  sarlavhasi,  rangi  va  shunga  uxshash 

parametrlaridan  iborat  asosiy  funksional  atributlarni  ta'minlaydi.  TControl  sinfi 




vizual komponentalar uchun umumiy bo'lgan xossalar, hodisalar va metodlarni o'z 

ichiga oladi. Vizual komponentalarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: 

1. To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementlari; 

2. To'g'ri to'rtburchakli bo'lmagan boshqaruv elementlari. 

To'g'ri  to'rtburchakli  boshqaruv  elementi  o'zida  ma’lum  bir  maqsad  uchun 

aniqlangan  maxsus  to'g'ri  to'rtburchakni  ifodalaydi.  Bu  elementlarga  misol 

tariqasida  boshqaruv  tugmalarini,  tahrir  maydonlari,  harakatlanish  yo'laklarini 

ko'rsatishimiz mumkin. Ular uchun asos sinf TWinControl hisoblanadi. 

To'g'ri  to'rtburchak  elementlari  qiymar  kiritish  fokuslarini  ilishi  mumkin  . 

Elementni fokus olganligi ikki xil usulda kursatiladi : 

1. Tahrir kursori yordamida

2. To'g'ri to'rtburchak orqali. 

Matn  tahrirlari  bo'lgan  Edit  va  Memo  komponentalari  o'z  sohasida  tahrir 

kursori  (matn  kursori)  paydo  bo'lishi  orqali  fokus  (boshqaruvni)  olganligini 

bildiradi. 

Mantlarni  tahrirlash  bilan  bog'liq  bo'lmagan  komponentalarda  qora  punktir 

chiziqli  to'g'ri  to'rtburchak  paydo  bo'lishi  uning  fokus  olganligini  anglatadi. 

Masalan, Button tugmasi fokus olganda sarlavha atrofida to'g'ri to'rtburchak paydo 

bo'ladi,  ListBox  komponentada  esa  ro'yxatdagi  ayni  paytda  tanlangan  satrni 

ajratilgan holda (aksariyat hollarda ko'k fonda) ko'rsatishi boshqaruvni olganligini 

bildiradi.  Bulardan  tashqari,  to'g'ri  to'rtburchak  boshqaruv  elementlari  konteyner 

sifatida  o'z  ichida  boshqa  boshqaruv  elementlarini  olishi  mumkin.  Bu  holda 

boshqaruv elementi o'z ichidagilarga ota hisoblanadi. 

To'g'ri  to'rtburchak  bo'lmagan  boshqaruv  elementlari  TGraphicControl 

sinfining  avlodlari  hisoblanadi.  Bu  guruh  elementlarii  qiymat  kiritish  fokusini 

olmaydi  va  interfeys  elementlari  uchun  “ota”  bo'la  olmaydi.  To'g'ri  to'rtburchak 

bo'lmagan boshqaruv komponentalarining afzalligi - ularni nisbatan kam resurs talab 

qilishida. 



10 

Vizual komponentalarning xossalari 

Xossalar  ilovalar  yaratilishi  va  boshqarilishida  komponentalar  tashqi 

ko'rinishi  va  amal  qilishini  boshqarish  imkonoyatini  beradi.  Odatda  komponenta 

xossasinig  qiymatlari  ilovalarni  yaratish  vaqtida  Ob'ektlar  Inspektori  yordamida 

amalga  oshiriladi.  Keltiriladigan  misollarda  tushunarli  bo'lishi  uchun  xossalar 

qiymatlari  qiymat  berish  operatori  yordamida  amalga  oshiriladi.  Shuni  ta'kidlab 

o'tish  kerakki,  komponentalar  barcha  xossaga  ega  bo'lmasligi  mumkin.  Masalan, 

Edit tahriri Caption xossasiga ega emas, Label yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas 

va hakazo. 

Quyida komponentalarda uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz.  



Caption

  xossasi  komponenta  sarlavhasini  yozish  satrini  o'z  ichiga  oladi. 

Sarlavha  satridagi  ayrim  belgilar  tagiga  chizilgan  bo'lishi  mumkin,  ular  tezkor 

murojaat  tugmalarining  kombinatsiyasini  bildiradi.  Ko'rsatilgan  belgini   

tugmasi bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlavhadagi komponentaga sichqonchaning 

tugmasini  bosish  bilan  bir  xil  amalni  yuzaga  keltiradi.  Tezkor  murojaat  belgisini, 

shu belgi oldiga ‘&’ belgisini quyish orqali belgilanadi, masalan: 

Label1->Caption=”Avtobus &nomerini kiriting”; 

Button1->Caption=”&Tamom”;   

Suni qayd etish kerakki, Caption xossasining qiymatlarini Object inspector 

darchasi Properties varagidagi mos qatoridagi satr maydonida kiritish ham 

mumkin. 


Align

  xossasi  komponentani  u  joylashgan  konteyner  ichidagi  joylashuv 

variantlarini  aniqlaydi.  Aksariyat  hollarda  konteyner  sifatida  Form  formasi  yoki 

Panel paneli keladi. 

Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin: 

alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi. Komponenta ilovani yaratish paytida 

qaerga joylashtirilgan bo'lsa, shu joyda qoladi; 

alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi, komponenta 

balandligi o'zgarmaydi, eni esa konteyner eniga teng bo'ladi; 



11 

alBottom  -  AlTop  ga  o'xshash,  faqat  komponenta  konteyner  pastiga 

joylashadi; 

alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi, eni o'zgarmaydi, 

buyi esa konteyner buyiga tenglashadi. 

alRight - alLeft ga o'xshash, faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga 

ko'chadi; 

alClient - komponenta konteynerni to'la egallaydi.  

Misol. Panelni formaga nisbatan tog'rilash. 

Panel1->Align=AlTop; 

Natijada Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi. 

Color 

komponenta  fonining  rangini  aniqlaydi.  Color  xossasinig  qiymati  4 

baytli 16 sanoq sistemasidagi son bo'lib, uning katta bayti rang palitrasini aniqlaydi 

(odatda $00), kichik uchta bayti qizil, yashil va ko'k ranglarning RGB intensivligini 

aniqlaydi. Bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan natijaviy rang xosil bo'ladi. 

Masalan,  $000000  -  qora,  $FFFFFF  -  oq,  $0000FF  -  qizil,  $00FF00  -  yashil, 

$FF0000  -  ko'k  rangni  beradi.  Ranglar  qiymatini  konstantalar  orqali  berish  ancha 

qulay.  Masalan,    clAqua  -  Och  ko'k  ($FFFF00),  clBlack  –  Qora  ($000000)  va 

hakoza. 

Ctr3D

  xossasi  boolean  turida  bo'lib,  vizual  komponenta  ko'rinishini 

aniqlaydi.  Agar  Ctr3D  qiymati  false  bo'lsa  komponenta  ikki  o'lchamli  tasvir 

kurinishida,  agar  true  bo'lsa  -  uch  ulchamli  tasvirlanadi  (kelishilgan  holdagi 

ko'rinish). 

Cursor

  xossasi  sichqoncha  ko'rsatgichining  ko'rinishini  aniqlab  beradi.  Bu 

ko'rinishlar  rang  barang,  ular  ichida  eng  asosiylari  quyidagi  konstantalar  bilan 

beriladi : 

crDefault - sichqoncha ko'rsatgichi kelishuv bo'yicha (odatda strelka) ; 

crNone - ko'rsatgich ko'rinmaydi ; 

crArrow - ko'rsatgich strelka ko'rinishida; 

crCross - ko'rsatgich xoch ko'rinishida;  

crHourGlas - ko'rsatgich qum soati ko'rinishida.  



12 

Enabled

  xossasi  boolean  turida  bo'lib  komponentani  faolligini,  ya'ni 

sichqonchadan  yoki  klaviaturadan  kelayotgan  signallarga  aks  ta'sir  bera  olishini 

aniqlaydi.  Agar  xossa  true  (kelishilgan  holat  qiymati)  qiymatga  ega  bo'lsa, 

komponenta  faol  hisoblanadi.  Komponentaning  faol  bo'lmagan  holatini 

sarlavhaning  yoki  matnning  oqargan  rangda  ekanligi  bildiradi.  Ayrim  hollarda 

qandaydir komponenta o'chirilgan (blokirovka qilingan) bo'ladi, agar u bilan bog'liq 

qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa. Masalan, Save tugmasi xujjatni saqlash 

amalini  bajaradigan  bo'lsin,  agar  saqlanadigan  xujjatning  o'zi  bo'lmasa,  saqlash 

amalining ma'nosi yo'q. Bunday hollarda tugma faol bo'lmagan holatga o'tkaziladi: 

Save->Enabled=false; 

Font

  xossasi  vizual  komponenta  akslanuvchi  matn  shriftini  aniqlaydi.  O'z 

navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon beruvchi xossalariga 

ega. Bularning ichida asosiylari quyidagilar: 

Name - Shrift nomini aniqlaydi;  

Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi;  

Style - Shrift Stilini beradi;  

Color - Matn rangini boshqaradi. 

Masalan, Label1 yozuvining rangini berish: 

Label1->Font->Color=clGreen; 

Label1->Color=clWhite; 

Label1 sarlavhasi yashil fonddagi oq rangdagi matn ko'rinishida bo'ladi. 




Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə