Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


ShowHint   xossasining qiymatini true deb aniqlash zarur.  PopupMenu



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix31.12.2021
ölçüsü1,39 Mb.
#81676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga otkazishni orgatuvchi trinajyor programma tuzish

ShowHint

 

xossasining qiymatini true deb aniqlash zarur. 



PopupMenu

  xossasi  suzib  chiquvchi  lokal  menuga  ko'rsatadi.  Bu  menyu 

sichqoncha  ko'rsatgichi  komponenta  maydonida  (sohasida)  turgan  holda 

sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda paydo bo'ladi va bu holat ro'y berishi uchun 



AutoPopup

  xossasiga  (boolean  turidagi)  true  qiymatini  berish  kerak.  Kelishuv 

buyicha uning qiymati false bo'ladi. 

TabOrder

  xossasi  konteynerdagi  komponentalarning  fokus  olish  tartibini 

aniqlaydi (“Tab” tugmasi bosilganda), ya'ni komponentalar "aylanib" chiqish ketma 

-  ketligini  aniqlaydi.  Kelishuv  bo'yicha  bu  ketma  -  ketlik  formani  ko'rinishini 

yaratishda komponentalarni konteynerga joylashtirish tartibiga mos keladi: birinchi 

komponentaning  TabOrder  xossasining  qiymati  0,  ikkinchisiniki  -  1  va  hakoza. 

Tartibni  o'zgartirish  uchun  komponentaning  TabOrder  xossasiga  zarur  qiymatni 

berish kerak. Har bir konteyner boshqalariga bog'liq bo'lmagan tabulyasiya tartibiga 

ega  bo'ladi.  Ikkita  komponenta  bir  xil  tabulyatsiya  tartibiga  ega  bo'lishi  mumkin 

emas . 


TabStop

 xossasi TabOrder bilan birgalikda ishlatilib, komponentaning fokus 

olishi  yoki  yo'qligini  aniqlaydi.  Agar  TabStop  xossasining  qiymati  true  bo'lsa 

komponenta  fokus  olishi  mumkin,  aks  holda  yo'q.  Vizual  komponentalarning 

tabulasiya  tartibini  Edit  buyruqlar  menu  sida  joylashgan  EditTabOrder 

(Tabulyatsiya tartibini o'zgartirish ) dialog darchasi orqali amalga oshirish mumkin. 



ReadOnly

  xossasi  boolean  turida  bo'lib,  boshqaruv  elementiga  unda 

joylashgan  matnni  kiritish  yoki  tahrirlash  bilan  bog'liq  amallarga  ruxsat  bor  yoki 

yo'qligini aniqlaydi. Agar ReadOnly xossasi true qiymatga ega bo'lsa unda matnga 

faqat  o'qish  uchun  murojaat  qilish  mumkin,  agar  ReadOnly  xossasi  false  qiymati 

qabul qilsa, matnni tahrirlash mumkin bo'ladi. Masalan Edit satridan matnni faqat 

o'qish rejimida bermoqchi b'olsak, quyidagi amallar ketma - ketligi bajarilishi kerak: 

 Edit1->Text=”O'zgarmas matn“; 

 Edit1->ReadOnly=true; 



14 

Shuni  ta'kidlash  kerakki,  ReadOnly  faqat  ilova  ishlagan  paytdagina  amal 

qiladi va ReadOnly xossasining qiymati true bo'lganda ham programma ishlashida 

“ichkaridan” Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin . 

Vizual  komponentalar  Color,  Ctr3D,  Font  va  Showhint  xossalari  uchun 

kelishuv bo’yicha qiymatni “ota” konteynerning (asosan forma) mos xossalarining 

qiymatini  olishi  mumkin.  Ko'rsatilgan  xossalarning  qiymat  manbaini  boolean 

turidagi quyidagi xossalar aniqlab beradi : 

ParentColor - Fon rangi uchun;  

ParentCtl3D - Komponenta o’lcham ko'rinishi;  

ParentFont - Matn shrifti uchun;  

ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun.  

Aksariyat hollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari true bo'ladi. Agar 

programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa, unga mos keluvchi 

ParentXXX xossasining qiymati false o’tadi. 

Parent

 xossasi komponenta uchun “ota” boshqaruv komponentaga ko'rsatadi. 

Ota  boshqaruv  komponentasi  sifatida  konteyner  keladi  va  o'z  ichidagi  vizual 

komponentalarni qanday tasvirlanishiga javob beradi. 

Formani  loyihalashda  va  unga  turli  xil  komponentalarni  joylashtirishda 

komponentani  qaysi  konteynerga  joylashishiga  mos  ravishda  Parent  xossasi 

avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi. Komponentalarni dinamik ravishda 

yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga “qo'lda” qiymat berishga to'g'ri 

keladi.   

Owner

  xossasi  mavjud  bo'lib  u  komponentaning  egasi  bo'lgan  elementga 

ko'rsatadi.  Odatda  komponentalar  egasi  ular  joylashgan  forma  bo'ladi.  Agar  ega 

komponenta o'chirilsa, u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi. 



Constraints

  xossasi  interfeys  elementlari  o'lchamlarini  cheklash  uchun 

kiritilgan.  Bu  turdagi  xossalar  ichida  eng  muhimlari  MinHeight,  MaxHeight, 

MinWidth  va  MaxWidth  xossalari  hisoblanadi  va  ular  mos  ravishda  boshqaruv 

elementining  balandligi  va  enining  maksimal  va  minimal  qiymatlarini  beradi. O'z 

navbatida boshqaruv elementining bo'yi va eni piksel o'lchamida Height va Width 




15 

xossalarining  qiymatlari  orqali  aniqlanadi.  Boshqaruv  elementi  o'lchamlariga 

cheklov  qo'yish  uni  ichida  joylashgan  boshqa  elementlarni  ko'rinmay  qolishligini 

oldini olishga qaratilgan . 



 

Vizual komponentalarning xodisalari 

Vizual  komponentalar  katta  sondagi  turli  ko'rinishdagi  hodisalarni  yuzaga 

keltirish  va  qayta  ishlashi  imkoniyatiga  ega  .  Eng  umumiy  hodisalar  guruhlariga 

quyidagi kiritish mumkin: 

 Boshqaruv elementini tanlash;  

 Sichqoncha ko'rsatgichini harakatlantirish (ko'chirish); 

 

Hodisalar. 

Vizual  kompanintalar  katta  sondagi  turli  ko'rinishdagi  hodisalarni  yuzaga 

keltirishi va qayta ishlashi imkoniyatlariga ega. Eng umumiy hodisalar guruhlariga 

qo'yidagilar kiritish mumkun.  

Boshqaruv elementlarini tanlash;  

Sichqoncha ko'rsatkichini harakatlantirish (ko'chirish); 

Klaviatura tugmasini bosish;  

Boshqaruv elementi tomonidan qiymat kiritish fokusini olish va yo'qotish;  

Ob'ektlarni drag - and - drop usulida ko'chirish. 

OnClick

  xodisasi  boshqaruv  elementini  tanlaganda  ro’y  beradi.  Odatda  bu 

xodisa  sichqoncha  tugmasi  bilan  kompanentaga  bosganda  ro'y  beradi.  Ilova 

yaratishda OnClick juda keng ishlatiladi. Misol uchun label1 yozuvini tanlagandagi 

hodisani ishlash.  

void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender) 

Label1->Caption=TimeToStr(Time()); 



Sichqoncha  bilan  Button1  tugmasiga  bosilganda  Label1  joylashgan  joyda 

ayni paytdagi vaqt akslanadi. 



16 

OnClick  xodisasi  boshqa  hollarda  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.  Masalan, 

Button1  komponentasida  kiritish  fokus  turgan  holda  “  “  (probel)  yoki  “Enter” 

tugmasi  bosilsa  (CheckBox  komponentasi  uchun  probel  tugmasi  bosiladi)  ham 

OnClick hodisasi ro’y beradi.  


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə