Valiyahtlarga ta’lim berish uchun eng taniqli tilshunoslar taklif etildi



Yüklə 14,94 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü14,94 Kb.
#115256
Musulmon Renesansi


Valiyahtlarga ta’lim berish uchun eng taniqli tilshunoslar taklif etildi. Muhammad ibn Abdulloh ibn Tohir o’g’lini o’qitish uchun eng taniqli zamonasining grammatikasi bilimdoni Salabiyni taklif qilib, uyi qarshisidagi hujrada u va o’g’li birga yashashardi, ularga kuniga 7 bo’lak qora va bir bo’lak oq non, 7 funt go’sht, bir otga yetarli yem – hashak va oyiga 1000 dirxam berishgan. 300/912 – yilda Bag’dodda vazir o’z o’g’lini maktabga borishiga ziyofat uyushtirib, 30 ta mehmonlarni, harbiylar, yirik amaldorlarni taklif qilgan. Uy muallimiga 1000 dinorni sovg’a qilgan.
Valiyahtlar maktabida kichik al –Ma’munning o’zi ustozi bilan birga doskani ushlab turish, uni tozalash uchun cho’ri ham bo’lgan.
O’qish, unda ishlatilgan natrsalar, o’quv qo’llanmalar uchun ikki grafning xarajati ketgan: 1. Huquqshunos (faqih), 2.Ilohiyotshunos (ulamo), va uchinchi toifa xalifaning yaqin kishisi (nadim). Uch toifadan ham qolishmaydigan muallim oyiga 300 dinor maosh va bepul turar – joyga ega bo’lgan.
Yana bir tilshunos Ibn Durayd ( vafoti.321/933) Bag’dodda al –Muqtadirdan 50 dinordan olib turgan. Turk tilshunosi al – Farobi (vaf.339/950) Sayf al – Dauladan, Aleppoda kuniga 1 dirxam olib, shu bilan qanoatlangan.
Shuningdek, muallimlar boshqa hunarlar bilan ham shug’ullanishgan. As – Sibgiy (vaf.344/955) bo’yoq sotgan, uning uyiga an’analar shaydolari to’planishgan. Uy maktabni tugatgach, madrasalarda o’qishni davom ettirishgan. Boy muallimlardan biri Dilij (vaf.351/962) 300 ming dinor ishlab topgan. Kitoblarning har bir kerakli betiga oltin tanga tiqib bergan. U shunday degan: “ Hech qayerdan Bag’dod ustun, Bag’doddan Qatya ustun, Qatyadan Darb Abu Xalaf ustun, Darb Abu Xalafdan mening yurtim ustin”. Yana bir muallim Starom Qaryada yashagan va kiyim tikib uni boylarga sotib pul topgan, birovdan bir qultim suv so’ramagan. Yana bir filolog Ibn Faris jinnilarni o’ziga xizmat qildirish uchun shifokorga 1000 dinor bergan.
Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə