Valyuta tizimi va uning elementlari Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish Valyuta kursi va uning turlari


Milliy valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat



Yüklə 54,12 Kb.
səhifə2/8
tarix15.06.2023
ölçüsü54,12 Kb.
#117313
1   2   3   4   5   6   7   8
VALYUTA TIZIMI

Milliy valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
milliy valyuta; – konverterlash shartlari; – milliy valyuta pariteti; – milliy valyuta kursining rejimi; – valyutaviy chegaraning mavjudligi yoki chegaralanmaganligi, valyuta nazorati; 378 – mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish tartibi; – xalqaro kredit mablag‘laridan to‘lov vositasi sifatida foydalanishi reglamenti; – mamlakatning xalqaro hisob-kitoblar reglamenti; – mahalliy valyuta va oltin bozorlarini faoliyat ko‘rsatish rejimi (tartibi); – mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soladigan va boshqaradigan mahalliy organlar.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari :
• jahon pulining funksional shakli;
• valyutalarni o‘zaro konvertirlash shartlari;
• valyuta pariteti rejimining reglamenti;
• davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;
• xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;
• xalqaro kredit mablag‘lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari;
• xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo‘llashning qoidalari;
• xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;
• davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona to‘lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob –kitoblarda qo‘llaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb yuritiladi.
2. Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish
Klassik oltin standarti (1815–1914 y.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrni tom ma’noda g‘arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standarti hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu 379 davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham to‘lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o‘rtasidagi hisobkitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi. Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini o‘lchov birligi bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi – 1/20 unsiya og‘irlikka teng bo‘lgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa – oltinning ј unsiya og‘irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o‘lchov birligiga bog‘liq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (o‘lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 4,86 dollarga teng bo‘lgan. Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o‘tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollarning to‘lov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, xalqaro kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda ko‘rishimiz mumkin. Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus tovar” sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu jarayonlardagi o‘rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun’iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi bilan birga, mamlakat to‘lov balansining muvozanatini ta’minlagan. Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O‘z navbatida 380 aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past bo‘ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan qisqaradi. O‘z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun’iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin – valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me’yorini saqlash lozim bo‘ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta’minlanadi. Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug‘diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat o‘zaro savdo – iqtisodiy munosabatda bo‘lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi. O‘z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘rnatilishi, qonuniy to‘lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo‘yilganligi, qog‘oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag‘batlantirilishi kabi yo‘nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Yüklə 54,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə