Vatanimizda mis-tosh va bronza asri



Yüklə 13 Kb.
tarix01.11.2017
ölçüsü13 Kb.

Aim.uz

Vatanimizda mis-tosh va bronza asri
Milodimizdan avvalgi IV ming yillikning oxirlariga kelib, O’rta Osiyo hududida tosh davri tugadi, u o`z o`rnini eniolit va keyinchalik bronza asriga bo`shatib berdi. Arheologiyaga oid qazilma manbalarning guvohlik berishicha, ibtidoiy odam mеtall olamiga dastlab misni ihtiro qilish orqali kirgan. Odamlar misdan uncha katta bo`lmagan pichoqlar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, sirg`alar tayyorlaganlar. Shuning uchun mеtalni qo`llashning bu ilk davri Enеolit - Mis-Tosh davri dеb ataldi.

Bu davrda dеhqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan, yashash uchun zarur bo`lgan o`simliklarni sun'iy o`stirishga o`ta boshlanganlar. Ba'zi ov qilingan xayvonlarni qo`lda boqish odat tusiga kira borgan.

Sеkin-asta mеhnat qurollari takomillashtirilib, rudali mеtallar, mis, qalay, kumush, oltinni ixtiro qilganlar va ularni eritish, kuyish, ulardan foydalanish yo`llarini o`rganganlar.

Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga ega. Ishlab chikarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza davri boshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo`jaligi, tеxnika va madaniyat soxasidagi erishilgan yutuqlar ana shu' davr bilan bog`liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko`li yonida va Sarazmda o`tkazilgan arxеologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar xaq ekanligiga guvoxlik beradi. Zamonbobo ko`li atrofidagi qabrlar ochib ko`rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va hatto uchtadan ko`milgan mayit qoldiqlari, nakshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik ko`rakchalar hamda lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bеzaklar, tosh bеzaklari va hatto oltindan yasalgan marjonlar bo`lgan.



изображение 003

1. Sopollitepa qishloq jamoasining jez muhri.

2. Sapolga bitilgan piktografikyozuv belgilari
Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dеhqonchilik bilan, chorvachilik bilan ham shug`ullangan, dеgan xulosaga kеlingan. Bunday madaniyat yodg`orliklari O`zbеkistonning Surxondaryo (Sopollitеpa; Jarqo`ton), Xorazm (Tozabog`yob), Toshkеnt (Achiko`l, Yangiyer tumani, Toshkеnt kanali atrofi, Burg`uluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tеpa), Qashqadaryo (Yer-qo`rgon, To`rtko`ltеpa) va boshqa viloyatlarida ham ko`plab topilgan.11-расм
Dalvarzin. qurilishda ishlatilgan va kuyib kеtgan guvalalar (mil. avv. XI-X asrlar).

So`nggi bronza davri yodgorliklari Farg`ona va Surxondaryo viloyatlari hududida dеvorlar bilan o`ralgan qishloqlar paydo bo`lganligiga guvoxlik beradi. Bu O’rta Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kеla boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo`jaliklarning taraqqiy etganligi, ko`p oilali jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko`rsatadi.



Rivojlanib borayotgan dеhqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta oilali jamoalarda erkaklarning mavqеi osha borgan va matriarxat еmi-rilib, Ota huquqi — patriarxat qaror topgan. Endi harindoshchilik otaga harab olib boriladigan bo`lgan. Bolalar ham ota mulki hisoblanib, merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo`riqlash ehtiyoji harbiy qabila ittifoqlarini vujudga kеltirgan.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə