Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə14/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

I-Bob bo'yicha xulosalar

Ta'lim tizimining kengayishi va uni rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlashga sarflanayotgan xarajatlaming ortishi ta'lim muassasalarining oldiga ta’lim sifatini namoyish qilish va shu orqali sarflanayotgan mablag'larni oqlashni dolzarb vazifa qilib qo'ydi. Shu bilan birga Yevropa ta'lim tizimining baynalmimallashuvi xalqaro miqyosda ta'lim jarayoni sifatini baholash sistemasini yaratishning muhimligi va zaruriyatini belgilaydi. Baholash jarayoni hukumat tomonidan moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadigan tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Hozirda ta'lim vazirligi tarkibida nazorat boʻyicha Kengash tashkil etilgan bo'lib, uboshqa qo'mitalardan mustaqil tarzda ta'lim makonining sifatini baholash siyosatini yuritadi. Finlyandiyada ichki va tashqi baholash birgalikda amalga oshiriladi, Daniyada nazorat hukumat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanadigan tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ta'lim sifati, eng avvalo, bozor munosabatlariga mos tarzda shaxs, jamiyat va davlatning o'zaro manfaatlarining uyg'unligini ta'minlanishga qaratilgan xususiyatdir. Ta’lim tizimlari o'quv rejalari, moddiy-texnik ba'zasi, ilmiy-metodik yondashuvlari, kadrlarning salohiyati va boshqaruv strukturasi asosida shaxs, jamiyat va davlat tomonidan qo'yiladigan muayyan o’quvchilarga muvofiqligini hisobga olgan holda ta'lim sifatini kafolatlashi va baholash sistemasini ishlab chiqishi zarur. Bugungi kunda ta'limning sifatini oshirish nazariyasi va amaliyotining asosiy g'oyasi bu an'anaviy yondashuvlardan voz kochishdan iborat. Zamonaviy yondashuvlar, asosan, ta'limning sifatini oshirishga doir umumboshqaruv sistemasi joriy etishidan iborat. Bunda quyidagilarga e'tibor qaratish lozimligi ta’kilanadi. Jarayonning barcha komponentlari uchun maxsus ishlab chiqilgan mezonlar bo'yicha baholash, ta'lim jarayonini hamda ta'limning natijasiga ta'sir etuvchi barcha omillarni boshqarishdan iborat.

Ta'lim ijtimoiy hayotning muhim sohasi hisoblanadi. Aynan ta'lim jamiyatning intellektual, madaniy va ma'naviy darajasini shakllantiradi. Hozirgi kunda har qanday davlatning kuchi-qudrati, rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy-siyosiy muhit ushbu davlatning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Intellektual salohiyatning o'sishi esa asosan ta'lim sifati bilan baholanadi.

Globallashuv davrida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolar hamda inqirozlar va ularning еchimlari ta'lim sifatiga bog'liq holda shakllanadi va rivojlanadi. Har qanday davlat ta'lim sohasi sifatiga qanchalik ko'p e'tibor qaratsa, qanchalik ko'p mablag' sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, ushbu davlatda hayot sifati shunchalik yuqori bo'ladi.

Birinchidan, na'lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etishdan iboratdir.

Ikkinchidan, ta'lim sifatini oshishi va dunyoda yagona ta'lim tizimi hamda maydonini shakllanishi o'zaro uzviy bog'liq jarayonlardir.

Uchinchidan, ta'lim sifati muammosi tugallangan еchimga ega emas soha hisoblanadi. Davlat va jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta'lim tizimiga o'ziga xos yangi shart-sharoitlar va talablar yuzaga keladi, ta'lim sifati mezonlari o'zgaradi va bu masalani hal etish uchun tizimli tadqiqotlar olib borish talab etiladi.

To’rtinchidan, ta'lim sifatini oshirish chegara bilmas sohadir. Shu sababli hozirgi kunda ta'lim sifatining o'sish dinamikasini to'g'ri baholash, uning mezonlarini aniq belgilash va kelajak ta'lim sifati ko'rsatkichlarini oldindan bashorat qilish, rejalashtirish o'ta muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Beshinchidan, ta'lim sifati davlat va jamiyatning ijtimoiy –iqtisodiy o'sish, rivojlanish darajasiga bog'liq holda o'zgaruvchan bo'lganligi sababli, uni aniqlash hamda kelajak ko'rsatkichlarini oldindan baholashning yagona, mukammal uslubiyoti ishlab chiqilmagan.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə