Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov


Ta’lim jarayoni komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə16/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

Ta’lim jarayoni komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini baholashda ma’lum bir qonuniyatlar va talablar hisobga olinmog‘i lozimki, bu qonuniyat va talablar pedagogik o‘lchovlar fanining obektini tashkil qiladi.



Pedagogik o‘lchovlarta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini o‘lchash (aniqlash) usullari va vositalarini ishlab chiqadigan hamda amalda qo‘llaydigan pedagogika sohasidir.

“Pdagogik o‘lchovlar”, “Baholash nazariyasi” va “Testologiya” odatda, o‘zaro muqobil, bir xil ma’no bildiradigan atamalar sifatida qo‘llaniladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida asosan “pedagogik o‘lchovlar”, Britaniyada “baholash” (“baholash nazariyasi”, “redagogik baholash”), Rossiyada esa “testologiya” atamalari qo‘llaniladi. Pedagogik o‘lchovlar fanning asosiy obekti baholash jarayoni va unda qo‘llaniladigan vositalardir.

Baholash – biron-bir domenning (bilim, ko‘nikma, malaka va kompetesialar majmuyining ) ta’lim oluvchilarda (test topshiruvchilarda) shakllanganlik darajasini ulchash jarayoni.2

Baholash jarayonining maqsadi o‘lchash ekan o‘lchash nima ekanligini ko‘rib chiqishimiz lozim. Klassik test nazariyasining asoschilaridan Frederik Lord va Melvin Novik “o‘lchash” atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: “o‘lchash-bu tajriba ob’ektining konkret xusvusiyatlariga raqamlar (ballar)ni biriktirish jarayoni”. Misol uchun, biolog olim tomonidan ko‘l suvining bir tomchisiga qancha bakteriyalar borligi aniqlanishi-bu o‘lchash jarayonidir. Ushbu misolda tajriba ob’ekti-ko‘l suvining bir tomchisi, ushbu ob’ektning konkret xususiyati – undagi bakteriyalar soni.

Mualliflar bu jarayonda 3 bosqichni ajratib ko‘rsatadilar:


  • birinchi tajriba ob’ektini aniqlash;

  • o‘lchanadigan xususiyatlarni aniqlash;

  • uchunchidan tajriba ob’ektining o‘lchanayotgan xususiyatini raqam bilan ifodalash qoidasini aniqlashimiz lozim.

Masalan, biz kimningdir bo‘yini o‘lchamoqchi bo‘lsak, bu shaxs – tajriba ob’ekti, shaxsning bo‘yi (uzunligi)-o‘lchanadigan xususiyat, uzunlikning metr dyyum yoki boshqa bir tizimda ifodalanishi – o‘lchanayotgan xususiyatni raqam bilan ifodalash qoidasi.

Pedagogikada o‘lchashning mohiyatini tushunish uchun domen va konstrukt tushunchalarini ham anglab olishimiz lozim bo‘ladi.

Domen – bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar majmui.

Deylik, 9-sinf ona tili dasturida qo‘shma gaplar mavzusi o‘tildi: sodda va qo‘shma gaplarning farqlari, qo‘shma gapning turlari haqida tushuncha berildi, qo‘shma gaplarni tuzish hamdva og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash o‘rgatildi. Demak, 9-sinf uchun qo‘shma gaplar bilan bog‘liq mazkur bilim,ko‘nima, malaka va kopetensiyalar majmui (yig‘indisi) domen htisoblanadi.

Odatda ta’lining har bir bosqichi uchun tegishli doment ta’lim standart sari va o‘quv dasturlarida belgilab beriladi. Masalan, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida maktab o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompentensiyalar majmui (domen) har bi r fat bo‘yicha aniqlashtirib ko‘rsatilgan.

Biz biron-bir xususiyatning darajasini o‘lchash uchun o‘lchanadigan xususiyatga mos maxsus vositalarni – o‘lchov asboblarini ishga solishimiz kerak. Masalan, uzunlikni o‘lchash uchun chizg‘ichdan yoki haroratni o‘lchash uchun termometrdan foydalanamiz (bunda uzunlik yoki harorat konstruktlar hisoblanadi). Tabiiy fanlarda konstruktlarni o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar, odatda, bevosita va aniq o‘lchash imkonini beradi, masalan, stolning uzunligini o‘lchash uchun chizg‘ichni stolning ustiga qo‘yib uning uzunligini aniq santimetrlarda, duyumlarda yoki boshqa o‘lchov birligida qanchaga teng ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ammo shunday holatlar bo‘ladiki, bevosita o‘lchashning imkoni mavjud emas: masalan, еrning radusi yoki koinotda sayyoralar orasidagi masofani o‘lchov asbobi yordamida bevosita hisoblab bo‘lmaydi.

Shunga o‘xshash, pedagogika va psixologiyada o‘quvchining biron-bir xususiyatini (masalan, uning ona tilida yozma nutqi shakllanganlik darajasini, matematik savodxonlik darajasini, biron-bir kasbga qiziqishni, chet tilini o‘rganishga layoqatini va hokazo) o‘lchamoqchi bo‘lsak, buni bevosita amalga oshirish imkoni mavjud emas. Bunday o‘lchash faqat bilvosita (kuzatish, suhbat, test va hokazo) orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan, psixologlar shaxsning temperamentini aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testlardan foydalanadilar.

Ta’lim jarayonida ham o‘quvchi yoki talabada biron-bir domenga tegishli bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar qay darajada shakllanganligini bilmoqchi bo‘lsak, shu domen qaysi bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalarni o‘z ichiga olishini hamda shu domenga xos qaysi konstruktlarni (xususiyatlarni) o‘lchamoqchi ekanligimizni aniqlab olish lozim bo‘ladi. Shundan keyin o‘quvchining qanday xatti-harakati orqali (qanday topshiriqlarni bajarish orqali) mazkur konstruktlarni kuzatib baho berish mumkinligini aniqlash lozim.

Misol uchun, adabiyot darslarida ta’lim oluvchi badiiy matnni tahlil qila olish-olmasligini bilmoqchi bo‘lsak, bu domen qanday konstruktlarni o‘z ichiga olishini aniqlashtirishimiz lozim. Badiiy matnni tahlil qila olish domeni matnda ishlatilgan badiiy san’atlarni topish va sharhlash, muallif ochiq aytmagan fikrlarni tushunish, suyujet elementlarini topish singari konstruktlarni o‘z ichiga olish mumkin. Demak, ta’lim oluvchiga shu konstruktlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi topshiriqlarni bajartirish orqali uning adabiyot faniga tegishli bo‘lgan domenni qay darajada egallagani to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin bo‘ladi.

Yoki chet tili darslarida o‘quvchi chet tilida eshitgan matnini tushungan yoki tushunmaganligini baholamoqchi bo‘lsak, tinglab tushunish kompetensiyasi (domen) qanday konstruktlarni (xususiyatlarni) o‘z ichiga olishini aniqlashtirishimiz lozim (masalan, eshitilgan matnning umumiy ma’nosini anglab olish, matndagi ayrim detallarni ilg‘ab olish va hokazo). Shundan so‘ng ushbu konstruktlarni kuzatib baholash imkonini beruvchi maxsus tuzilgan topshiriqlar orqali kompensiya (domen) haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.



Demak, pedagogikada baholash jarayoni bilvosita xulosa chiqarishga asoslangan. Bunda biz beradigan topshiriqlar o‘lchov vositasi vazifasini bajaradi va ta’lim oluvchi bu topshiriqlarni qanday bajarganligiga qarab u biron-bir domenga kiruvchi bilimlarni qay darajada egallagani, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar qay darajada shakllangani haqida xulosa chiqaramiz. Topshiriqlar baholanishi lozim bo‘lgan domenni to‘liq qamrab ololmaydi. Masalan, o‘quvchining adabiyotdan barmoq va aruz vaznlarini farqlay olishini tekshirmoqchi bo‘lsak, tabiiyki, barmoq va aruz vaznlariga tegishli barcha she’riy asarlarni bera olmaymiz. Faqat ayrim namunalar berib, qaysi namuna qaysi vaznga tegishli ekanligini so‘rashimiz mumkin. Demak, baholash jarayonining yana bir xususiyati cheklangan namunalar orqali butun domen haqida xulosa chiqarishdir. Shunday qilib, baholash baholanishi (o‘lchanishi) lozim bo‘lgan domen va konstrukt haqida xulosa chiqarish bo‘lib, bu xulosa bilvosita, cheklangan sondagi maxsus yaratilgan topshiriqlar yordamida siqariladi. Baholash jarayonida qo‘llaniladigan topshiriqlar yig‘indisi test deyiladi. Test bitta yoki bir nechta test topshiriqlaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə