Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə36/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:

  1. Mezonga asoslangan baholash

  2. Me’yorga asoslangan baholash.

Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgai baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘quv maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi.

Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:

  • O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi.

  • Ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini ob’ektiv baholaydi.

  • Ta’lim oluvchi olgan bahosida yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rsatib beradi.

  • Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi.

  • Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini oshiradi.

  • Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarni o‘rnatadi.

  • Talim mazmunini aniqlab beradi.

  • Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’u-liyatini oshiradi.

Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklari:

  • Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi.

  • Mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniq-lashtirishga nisbatan talablar sonining ko‘pligi.

  • Ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqish-da qiyinchiliklarga duch kelinadi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə