Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə6/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev asarlarida yoshlar tarbiyasiga oid ilgari surilgan g‘oyalar. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ta’lim sifatini boshqarishga doir qarashlari, xalq pedagogikasining asosiy yo‘nalishlari, jamiyat ma’naviyatini shakllantirish borasidagi davlat siyosati mazmunidan iborat.

Tadqiqotning metodlari:

  • ilmiy-nazariy, tarixiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish;

  • pedogogik eksperiment;

  • sotsiologik so‘rovlar, kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba;

  • matematik-statistik tahlil, tajriba ishlari natijalarini ishlab chiqish va umumlashtirish.

Tadqiqotning ilmiy farazi. Umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarishda еtarli darajada samaradorlikka erishish mumkin, agarda:

- umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarish dolzarb pedagogik muommo sifatida nazariy tahlil etilsa;

- umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarishga oid g‘oyalarini tahlil etilsa;

- umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarishda samaradorlikni ta’minlovchi omillar, metodikalar va vositalar ko‘rsatib berilsa, umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarishning pedagogik imkoniyatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə