Vizantiya va varvarlar davlati Ilk o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Ilk o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#167409
1   2   3   4
Vizantiya va varvarlar davlati Ilk o‘rta asrlarda xalqaro munosa-fayllar.org

Ilk o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Rim diplomatiyasining qoidalarini varvar qirolliklari orasida nafaqat Vizantiya tomonidan, eski imperiya idoralarining qoida va odatlarini o‘zida saqlab qolgan papa kuriyalari tomonidan ham tarqatildi. Papa diplomatiyasining ta'siri o‘rta asrlar siyosiy tarixida eng kuchli ko‘rinishlari bilan ifodalandi. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi va Italiyada varvarlar xokimiyatini o‘rnatilishi bilan papalikning xalqaro holati keskin murakkablashdi. Shuning uchun papalar Vizantiya imperatoriga juda katta umidlar bog‘lashdi. Konstantinopolda papalar o‘z yonlarida APOKRISIARLAR deb nomlangan doimiy rezidentlarni ushlab turar edilar. Faqat cherkov ishlaridan tashqari apkorisiarlarga Vizantiya saroyidagi siyosiy xolatni kuzatish vazifasi ham topshirilar edi.
Italiyani Yustinian tomonidan zabt etilishi va langobardlar tomonidan Appenin yarim orolining aksaryat qismini bosib olinishidan keyin, papalar rasman Vizantiya imperatoriga buysungan, lekin amalda mustaqil Rim hukmdorlariga aylanib qoldilar. Vizantiyaning ta'siri asta – sekin zaiflashib bordi. Lekin, papalar g‘arbda Vizantiyaga va langobardlarga qarshi o‘zlariga suyanchiq deb bilgan Frank davlati kuchayib bordi. VII asrdagi arab tajavvuzlaridan keyin ojizlangan Vizantiya, asta – sekin Vizantiyadan mustaqillikka erishgan va mustaqil hukmdorlarga aylangan Rim papalariga qarshilik ko‘rsataolmas edi. Langobardlardan muxofazalanish uchun papalar VIII asrning o‘rtalarida Italiyaga kirib borib, langobardlarni tor – mor qilgan franklarga murojaat qildilar.
754 yilgi shartnomasiga ko‘ra langobard qiroli nafaqat Rimni o‘z xolida qoldirish, balki papaga Ravenna, Rimni, Urbino va boshqa shaharlarni berish majburiyatini olgan edi. Lekin, langobard qirolini o‘z majburiyatlarini bajarishga majbur qilish uchun yana bir harbiy ekspeditsiya zarur bo‘ldi. Shunday qilib, papalarning dunyoviy davlati Papa viloyati tashkil topdi. Frank qiroli va papa o‘rtasida elchixonalar bilan doimiy ayriboshlash, hamda vizantiya va boshqa saroylarga o‘zaro elchilarni yuborish bilan ifodalangan yaqin aloqa o‘rnatildi. Barcha ushbu elchixonalarda papa elchilari bo‘ysundirilgan rol o‘ynar edi. Papalar tashqi aloqalarda to‘la mustaqil emas edilar va frank hukmdorlaridan «maslahat» so‘rashga majbur edilar. Papaning qaramligi ayniqsa Buyuk Karl (768-814) davrida kuchaydi.
Buyuk Karl imperiyasi yevropada eng yirik kuchga aylandi. Karl diplomatiyasida Vizantiya bilan aloqalari alohida o‘rin egallaydi. Vizantiya qiyinchiliklar bilan arablar, bolgarlar va avarlardan o‘zini muxofazasi va ta'siri zaiflashgan bir paytda G‘arbiy imperiyaning obruyi keskin o‘sdi, Karl Sharqda qator imtiyozlarga ega bo‘ldi. Avval, Vizantiya imperatori qaramog‘ida bo‘lgan Falastindagi «Muqaddas joylar» endi Karl vasiyligiga o‘tdi. Karlning toj kiyish marosimida Ierusalim patriarxi Ierusalim (Quddus) bayroqlari va kalitlari bilan birgalikda «parvardigor qabrining» kalitini ham in'om etdi.
Karl huzuriga, uning poytaxti Axenga Daniya, Angliya va boshqa mamlakatlardan elchilar kela boshladi. Asturiya qiroli Alfons II, shotlandiya qirollari ham o‘z elchilarini yubordilar. Ularning hammasi G‘arb imperatori bilan ittifoq tuzish va do‘stlik o‘rnatish xoxishida edilar. Buyuk Karl Bag‘dod xalifasi Xarun – ar – Rashid bilan ham elchilar ayrboshladi. Asr davomida, VII asrning 3-nchi yillaridan boshlab, arablarning buyuk mamlakati barpo etildi. Arab xalifaligining tashqi aloqalari Xitoydan to eng Uzoq G‘arbga qadar tarqalgan edi. Ummaviylar qarorgohi – Damashq dunyoning eng yirik poytaxtlaridan biri edi. Madaniyati, boshqaruv usullari, hamda Ummaviylar davlati tashqi munosabatlarining qoidalari Vizantiyaning va qisman Eronning juda kuchli an'anaari ta'siri ostida shakllandi.
Ummaviylarning cheksiz xalifaligi VIII asr o‘rtalaridan boshlab yemirila boshlandi. Arab mamlakatlari o‘rtasida Abbosiylarning Eron an'analari ta'sirida bo‘lgan Bag‘dod xalifaligi birinchi o‘rinni egalladi. Abbosiylar xalifaligi davlat boshqaruvining murakkab tizimida tashqi aloqalarni, maktublar vazirligi – «davon – ar - rasail» nazorat qilar edi. Ushbu idorada qog‘ozlar bilan ishlash va marosimlar o‘tkazish borasida ayrim tajribalar to‘plangan edi. Keyinroq yozilgan manbalar XI asrga oid esdaliklar va ilmiy asarlar Abbosiylar diplomatiyasiga va xalqaro munosabatlariga baho berishda foydalansa bo‘ladi.19 yil davomida xizmat qilgan Abul – Fazl Beyxaqining (995-1086 yillar) esdaliklari X asrda hozirgi Afg‘oniston va Shimoliy G‘arbiy Hindiston hududida tashkil topgan kuchli musulmon davlatining hukmdorlari g‘aznaviy sultonlarining «devon-ar-rasail»ida ayniqsa qiziqish uyg‘otdi.
XI asrning boshqa bir manb'ai – Saljuqiylar davlatining mashhur vaziri Nizom al – Mulkning «siyosatnomasi» hisoblanadi. Ushbu asarda elchixonalarga mansub maxsus boblar mavjud. Umuman aytganda, Vizantiya diplomatiyasining an'analari va unga yaqin bo‘lgan Eron diplomatiyasi a'lo darajada rivojlandi. IX asrda Dnestrning old qismida va unga yaqin hududlarda qudratli qadimiy Rus davlati shaklladi. IX asrning oxiriga kelib, urushlar natijasida qadimiy Rus davlati shunday qudratga ega bo‘ldi-ki, hamsoya xalqlarning u bilan hisoblashmasdan ilojiy yo‘q edi.
Qadimiy Rus davlati murakkab xalqaro munosabatlarga juda oldin kirib bordi. Rus janubda Vizantiya va dunay oldi slavyanlarining Bolgar davlati, Sharqda esa Xazar Kaganati va Volga Bolgariyasi hamda Shimolda Skandinaviya bilan aloqa qilar edi. Skandinaviya bilan Kiev knyazlarini qadimiy sulolalik munosabatlari bog‘lab turar edi. Knyazlar u yerdan ko‘ngilli harbiy kuchlarni olar edi. Xazarlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga ruslar qullar va mo‘yna sotadigan tijorat yo‘li o‘tar edi. Sharqiy slavyanlarning tarixiga, ularning Vizantiya bilan bo‘lgan hamsoyaligi juda katta ta'sir ko‘rsatdi. Qadimiy Rus uchun Vizantiya knyazlar va drujinachilar muyna va qullar bilan savdo qiladigan va o‘z navbatida u yerdan zebu – ziynatlar xarid qiladigan bozor rolida xizmat qilardi. Sargradda butparastlik Rus Vizantiyaning yuksak madaniyati bilan tanishar edi. Sargradning boyligi va xashamligi tajavvuzkorlar uchun o‘ziga jalb qiluvchi rolini o‘ynar edi. Vizantiyaning qoradengiz soxillari va Konstantinopolning o‘ziga qilgan ruslarning bir qator tajavvuzlari IX asrdan XI asrgacha davom etadi.
Vizantiya, kuchli Rusni o‘zining siyosiy tizimiga jalb qilishga urinib ko‘rdi: bu bilan u birinchidan Rusdan chiqadigan xavfni zaiflashtirish bo‘lsa, ikkinchidan Rusni o‘z manfaatlarini amalga oshirishda jalb qilish maqsadi yotardi. Rusni cho‘qintirilishiga Vizantiya imperatorlari va siyosatchilari tomonidan uni imperiyaga nisbatan qaramligini e'tirof etuvchi faktor sifatida qaraldi. Lekin, Vizantiyaning Rusga nisbatan bu siyosati muvaffaqiyat olib kelmadi. Kiev knyazlari har doim o‘zlarining harakatida erkin edilar.
Cho‘qintirilishidan keyin Rusning xalqaro aloqalari e'tiborli darajada kengaydi va mustahkamlandi.Qadimiy Rus davlati, nafaqat Vizantiya bilan, balki yevropaning katolik mamlakatlari bilan ham teng huquqli ishtirokchi siftida aloqalar o‘rnatdi. Rusning tashqi siyosiy aloqalari qo‘shni mamlakatlar bilan cheklanmadi (Vengriya, Chexiya, Bolgariya, Skandinaviya davlatlari va h), bu aloqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bilan bog‘landi.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə