Vodorod xloridni absorbsiyalash, xlorid kislotasi olish



Yüklə 392,85 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü392,85 Kb.
#131690
  1   2   3
9-VODOROD XLORIDNI ABSORBSIYALASH, XLORID KISLOTASI OLISH


Laboratoriya ishi №9
VODOROD XLORIDNI ABSORBSIYALASH, XLORID KISLOTASI OLISH
Ishdan maqsad: Xlorid kislotasini osh tuzidan sulfat kislotasi ta’sirida olingan vodorod xloridni absorbsiyalab olish jarayonini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
Vodorod xloridning suvdagi absorbsiyasi hosil bo‘layotgan xlorid kislotasining harorati ko‘tarilishi bilan boradigan jarayondir. Haroratning oshib borishi bilan birga xlorid kislotasining yuzasidagi bug‘ning bosimi ham orta boradi. Vodorod xlorid va suv bug‘laridan iborat bug‘ning bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda kislota qaynab ketadi va suvning bug‘lanishi yuqori darajaga yetadi. Adiabatik sharoitda suvning bug‘lanishiga sarflanadigan issiqlik HCI ning suyulish issiqligi bilan to‘ldiriladi va shu asnoda kislotaning konsentratsiyasi uzluksiz orta boradi. Qaynayotgan kislota harorati esa dastlab 1100С ko‘tariladi va konsentratsiyasi 20,24% gacha yetadi. (bosim 101325 Н/м2 yoki 760 mm simob ust.), so‘ngra kamayadi. Tarkibida 20,24% HCI bo‘lgan kislota HCI va H2O ning
doimiy qaynaydigan aralashmasi hisoblanadi.
Agar HCI ning gaz fazasidagi porsial bosimi doimo qaynaydigan aralashma ustidagi (yuzasidagi) HCI bosimidan oshib ketsa, kislotaning konsentratsiyasi 20,24% ga yetadi va yanada oshib boraveradi, qaynash harorati esa pasayadi. Shu sababli HCI gazining miqdorini oshirib borishi adiabatik sharoitda kislota konsentratsiyasining ortib borishiga sabab bo‘ladi.
Vodorod xloridni qaynayotgan suvga yuborilganda absorberdan chiqib ketayotgan gaz dastlab suv bug‘laridan iborat bo‘ladi, ammo kislota konsentratsiyasining ortib borishi bilan chiqayotgan gaz tarkibida HCI gazining miqdori ham ortib boraveradi. Shuning uchun bitta absorberda konsentrlangan kislota olinayotganda bir qism vodorod xlorid absorbsiyalanmay qoladi.
HCI ni to‘liq yuttirish uchun gazni suvga qarama-qarshi bir necha absorberlar orqali yuborish yoki ichida tarelkalar, nasadkalar bor absorberlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shundagina absorberlardan chiqib ketayotgan gaz faqat suv paridan iborat bo‘ladi.

Yüklə 392,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə