Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə20/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
valiybolllll

7.5. Joylashishda uchraydigan xatolar:
7.5.1. To‘p kiritilayotgan vaqtda biror o‘yinchi noto‘g’ri joylashgan bo‘lsa, joylashish xato deb topiladi (7.3, 7.4).
7.5.2. To‘p kiritayotgan o‘yinchining xatosi (13.4. 3.7.1) joylashish xatosidan ustun turadi.
7.5.3. To‘pni o‘yinga kiritgandan so‘ng to‘p xatolikka uchrasa (to‘rga tegib qarshi maydonga o‘tmasa, maydon chegarasidan chiqib ketsa (13.7.2) bu xolda joylashish xatosi xisobga olinadi.
7.5.4. Joylashish xatosi quyidagi oqibatlarga olib keladi:
7.5.4.1. Jamoa to‘p kiritishdan maxrum bo‘ladi (6.3).
7.5.4.2.O‘yinchilar o‘zlarining to‘g’ri joylashishini tiklaydilar (7.3,7.4).
7.6. Joy almashish.
7.6.1. To‘p kiritish tartibi va o‘yinchilarning to‘g’ri joylashishi bilan belgilanadigan xamda nazorat qilinadigan joy almashish tartibi partiyaning oxirigacha saqlanishi shart (7.3.1, 13.2, 7.4.1).
7.6.2. To‘p qabul qiluvchi jamoa to‘p kiritish xuquqiga ega bo‘lganda, uning o‘yinchilari soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi zonalarga o‘tib, joy almashadi: ya’ni 2—zona o‘yinchisi 1 —zonaga. 1—zona — 6 — zonaga, 6—zona — 5 —zonaga va hokazo (13.2.2.2).
7.7. Joy almashishda uchraydigan xatolar.
7.7.1. To‘p kiritish qoidaning 7.6.1. —bandiga muvofiq ijro etilmagan xolda, joy almashishda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Bu quyidagi oqibatlarga olib keladi (13, 7.6.1):
7.7.1.1. Jamoa to‘p kiritish xuquqidan maxrum bo‘ladi (6.1.3).
7.7.1.2. Almashishda yo‘l qo‘yilgan xato to‘g’rilanadi (7.6.1).
7.7.2. Kotib — hakam almashishda qachon xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniqlashi va shu vaqt ichida to‘plangan barcha ochkolarni bekor qilishi lozim. Raqib ochkolari saqlanib qoladi (26.2.2.2).
Agar xatoga qachon yo‘l qo‘yilganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ochkolar bekor qilinmaydi. Yagona jazo — to‘p kiritish xuquqidan maxrum qilish (6.1.3).
8. O‘YINChINI ALMAShTIRISh.
Almashtirish — bu muayyan zonadagi o‘yinchining maydonni tark etishi va uning o‘rnini boshqa o‘yinchi egallashdir. Almashtirish hakamning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Bir o‘yinchini ikkinchi o‘yinchi o‘rniga tushishi kotib shu xaqda bayonnomaga yozgandan so‘ng amalga oshiriladi (16.5, 26.3.2).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə