Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 421,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü421,21 Kb.
#149533
1   2   3
anvar-obidjon-hikoyalarining-bolalar-adabiyotidagi-orni

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
751 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
bemehrlik so'zini ishlatib kattalar dashnom bersa bir biringizga mehrli bo'ling, bemehr 
bo'lmang deyishsa bolalar bu so'zning mohiyatini anglab olaolmasligi tabiiy hol. Lekin, 
bu hikoya orqali bolajonlar osonlik bilan ushbu so'z ma'nosini anglab yetadi va 
mulohaza yuritadi. Hikoya so'ngidagi ,, Ishqilib sen ukangni xafa qilmayapsanmi, 
qizaloq?’’ savoli esa bu hikoyani o'qiyotgan o'quvchini o'yga toldiradi va o'quvchining 
shu zahoti o'zi haqida xulosa chiqarishiga turtki bo'ladi. Ukasini xafa qilmasa, o'zining 
mehribon opa ekanligidan suyunadi. Agarda ukasini xafa qilsa, bu hikoyani o'qiganidan 
keyin qaytib ukasini xafa qilmaslikka harakat qiladi, hikoyadan o'rnak oladi.
,, Buzoqning hikoyasi'' nomli hikoyani o'qib, o'quvchilar birovning haqqini yeb 
yurgan razil, insofsiz kimsalar haqida tushunchaga ega bo'lishadi. Ushbu hikoya 
bolalarni to'g'rilikka, halollikka chorlaydi. Hikoya so'ngida keltirilgan ,, buzoqning 
yugirgani somonxonagacha'' maqoli orqali esa Har qanday yomon ish qilganlar albatta 
qo'lga tushishi, hech qachon qochib qutilaolmasligini, jazo muqarrar ekanligini anglab 
yetishadi. Hikoyada birovning haqqini yeb yurgan kimsalar bir-biriga o'xshash 
bo'lganligidan foydalanayotgan ayyor buzoqcha timsolida ochib berilgan. Anvar 
Obidjonning ushbu hikoyasining boshqa hikoyalardan farqli jihati shundan iboratki
hikoyada yomonlik qilgan kishiga jazo muqarrarligi maqol orqali yanada mukammal 
isbotlab berilgan. Hikoyaga boshqa tomondan ham nazar solsak onalarning qanchalik 
mehribon bo'lishi, hatto o'z farzandi emasligini bilsada o'z farzandidek ko'rganligi 
umuman olganda ona muhabbati, mehribonligi ham yaqqol ochib berilgan.
Aynan shu to'plamdagi yana bir hikoya ham bolalarga hayvonlar haqida bir 
muncha yangiliklar va fikrlar beradi. Bu ,, Echkemarning hikoyasi'' nomli hikoyadir. Bu 
hikoya orqali o'quvchi yangi ma'lumotlar bilib oladi. Ushbu hikoyada EchoStar va 
timsoh bir-biriga qarindoshligi aytib o'tilgan. Bu fikr o'quvchilar uchun yangi 
ma'lumotdir. Bundan tashqari hikoyada nima uchun bu hayvon aynan echkemar deb 
nomlanishi kulgu ostida, qiziqarli qilib aytib o'tilgan. Hikoya zamirida bir-biri bilan 
turar joy uchun talashib, yuzko'rmas bo'lib ketadigan insonlar echkemar va timsoh 
obrazlarida keltirilgan.
Anvar Obidjonning yuqorida keltirilgan hikoyalari kabi o'quvchilarga yangi 
ma'lumotlar beradigan, zukkolikka chorlaydigan, o'ylashga majbur qiladigan asarlari 
juda ko'p. O'ylash orqali esa o'quvchilar tafakkuri, ongi va ma'naviyati yuksalib boradi. 
Shu sababli Anvar Obidjon hikoyalarini va boshqa asarlarini mutolaa qilish bolalar 
uchun juda foydalidir. O'qishni bilmaydigan bolajonlar uchun ularning ota-onalari 
ushbu hikoyalardan o'qib berishsa nur ustiga a’lo nur bo'lar edi. 
Xullas, Anvar Obidjon asarlari bolalar adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bolalarni vatanga, qon qarindoshlarga umuman olganda barchaga mehribonlik qilish, 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 421,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə