Vositalari



Yüklə 442,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix28.11.2023
ölçüsü442,57 Kb.
#135451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
vS88Pyx7FHb0GH6S9gUE7fy8L4GLggbxIjTDMM0R



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI 
 
 
 
 
“O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH USULLARI VA 
VOSITALARI”
moduli bo‘yicha 
 
“MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI 
BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING 
 

“MATEMATIKADAN BAHOLASH TOPSHIRIQLARINING TURLARI, 
ULARNI TUZISH METODIKASI VA BAHOLASH MEZONLARI”
mavzusi bo’yicha ma’ruza matni 
 
Ma’ruzachi:
B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM 
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n. 
Toshkent - 2022


3-Mavzu: Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish 
metodikasi va baholash mezonlari 
Reja: 
1.
 
Matematikadan test (baholash) topshiriqlari.
2.
 
Ochiq va yopiq test turladi. 
3.
 
Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish 
metodikasi va baholash mezonlari. 
4.
 
Nazorat ishlari mazmuni, ularni tuzish va baholash bo‘yicha 
ko‘rsatmalar. 
5.
 
Nazorat ishi variant namunasi tahlili. 
 
Matematikadan test (baholash) topshiriqlari 
“Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J. Kettel tomonidan 
1890-yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, tekshirish, nazorat, 
sinov ma’nolarini bildiradi.
“Test” so‘zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobil javobli test 
topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriy qilinishi bilan birga kirib keldi. 
Lekin ingliz tilidan kirib kelgan bu so‘zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. Bu 
so‘z hozirda kirish imtihonining o‘ziga nisbatan ham va unda ishlatiladigan alohida 
muqobil javobli test topshiriqlariga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Test so‘zining 
“imtihon” ma’nosida qo‘llanilishi to‘g‘ri. Masalan, “bugun Andijon davlat 
universitetida test o‘tkazildi” deyilsa, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin ba’zida test 
so‘zidan testdagi alohida topshiriqqa nisbatan ham foydalanilishi, masalan, “36 ta 
testdan 28 tasiga javob berdim” deyilishi, to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Shuning uchun terminlarga aniqlik kiritib olaylik. Ingliz tilida test so‘zi 
“shaxsning bilimlari, qobiliyatlari yoki ko‘nikmalarini baholash uchun 
ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg‘ulotlar to‘plami”ni anglatadi.
Bundan kelib chiqadiki, test deganda faqat muqobil javobli topshiriqlarni 
o‘zida jamlagan baholash vositasi tushunilmasligi lozim. Uning tarkibiga boshqa 
baholash usullarini kiritish mumkin ekan. Masalan, ifodali o‘qish, yozma ish, 
og‘zaki savol-javob va hokazo. Bu jihatdan olib qaraganda, “test” so‘zi o‘zbek 
tilidagi “baholash” va “imtihon” so‘zlariga sinonim hisoblanadi. Lekin “baholash” 
so‘zi odatda ancha keng ma’noda ishlatiladi. Binobarin, test sinovi baholashning 
bir turi hisoblanadi. “Test topshirig‘i” deganda esa testning tarkibiga kirgan va 
muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi. 
Kirish 
imtihonlarida 
hozirda 
faqat 
muqobil 
javobli 
test 
topshiriqlari 
qo‘llanilmoqda. Aslida test tarkibiga ochiq turdagi (muqobil javoblari berilmagan) 
savol, insho, og‘zaki savol-javob va boshqa ko‘plab topshiriqlarni kiritish mumkin. 
Terminlarga aniqlik kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’lim faoliyatida 


foydalaniladigan turli baholash usullarini o‘rganishda ayrim chalkashliklarni oldini 
olishga yordam beradi. Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak 
va doimo shu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bo‘lmaydi:
Test
(baholash) – bu o‘quvchining bilimlari, qobiliyatlari yoki 
ko‘nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy 
mashg‘ulotlar to‘plami.

Yüklə 442,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə