Vositalarining ishlatilishi



Yüklə 499,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix31.01.2023
ölçüsü499,09 Kb.
#99871
  1   2   3
erkin-vohidov-she-riyatida-tilning-tasviriy-vositalarining-ishlatilishi



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 430
ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA TILNING TASVIRIY 
VOSITALARINING ISHLATILISHI 
 
Aysha Rozimbayevna Karimova 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani 40-maktab Boshlangʻich taʼlim 
oʻqituvchisi 
ANNOTATSIYA 
Erkin Vohidovning har bir sheʼrida davrning yorqin manzarasi, xalqning oʻlmas 
psixologiyasi, millatning monumental qiyofasi toʻla aks etadi. Shoir sheʼrlarida ilgari 
surayotgan gʻoyani oʻquvchiga majbur qilib tushuntirmaydi, satrlar zimmasiga ogʻir yuk 
ortmaydi. Iloji boricha, oddiygina soʻzlar va lirik qahramonning xatti-harakati orqali 
yengilgina taqdim etadi. Mazkur maqolada shoirning sheʼrlarida tilning tasviriy 
vositalarning ishlatilishi haqida gap boradi. 
Kalit soʻzlar: 
publitsist, tasviriy vositalar, Oʻzbekiston Qahramoni, tinglovchi, 
millat ruhi, shoir qalbi, obrazlar. 
 
KIRISH 
Oʻzbekiston xalq shoiri, publitsist, atoqli olim Erkin Vohidovning betakror ijodi 
XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. Oʻzbek adabiyoti va 
madaniyati shoir nomi bilan chambarchas bogʻlandi. Shoir kamalakdek serjilo ijodi 
bilan xalqimiz qalbiga kirib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 
25-avgustdagi Farmoniga binoan millatimiz maʼnaviyatining yuksalishida oʻziga xos 
oʻrin tutgan, Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish, 
yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti rivojiga qoʻshgan salmoqli hissasi, davlatimiz 
va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari hamda qahramonona mehnatlari uchun bir nechta 
yurtdoshlarimiz qatori Erkin Vohidovning ham “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga 
sazovor boʻlgani shoir muxlislarining koʻngliga mislsiz quvonch baxsh etadi.[1] Xalq 
oʻzi sevgan qahramonlar haqida bilishni, ularni ardoqlab, faxr bilan yodga olishni xush 
koʻrishadi. Ularning nomlari asrlar oʻtsada millat farzandlari qalbida abadiy 
yashayveradi. 

Yüklə 499,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə