Второй ташкентский государственный



Yüklə 86,89 Kb.
tarix14.06.2018
ölçüsü86,89 Kb.
#48418
növüПротокол


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor,

Professor: Teshayev O. R.

«____»__________2013



Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, xarbiy dala jarrohligi va niyroxirurgiya.
Davolash fakulteti uchun tematik ma’ruzalar bo’yicha o’qitish texnologiyalari.

Mavzu № 2. Ko’krak qafasi va yelka kamarining shikastlanishi.



Toshkent - 2013
Tuzuvchi: kafedra mudiri, t.f.d. Karimov M.Yu.
Ma’ruza o’quv texnologiyalari kafedra yig’ilishida tasdiqlangan.

Протокол № ___ dan "___"__________2013 yil


MKK majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi

Протокол № ____ dan "____"__________ 2013 yil

Tavsiyachi proff.___________________

Ma’ruza № 2


Mavzu: Kokrak qafasi va yilka kamari shikastlanishi

Vaqt: 90 minut

O’quvchilar soni:

Ma’ruza rejasi:

  1. Ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining tasnifi;

  2. Ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining turlari;

  3. Ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning chora tadbirlari;

  4. Ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining asoratlari va profilaktikasi;

Ma’ruzaning maqsadi:

  1. Talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining tasnifi bilan tanishtirish;

  2. Talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining turlari bilan tanishtirish;

  3. Talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida zamonaviy birinchi tibbiy yordam chora tadbirlari bilan tanishtirish;

  4. Talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlaridagi yuzaga asoratlar va ularning oldini olish bilan tanishtirish .

Talaba bilishi kerak:


- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlangan bemorlarda klinik va instrumental tekshirish usullari;

-tashhis qo’yish uchun shu sohaning anatomiyasini bilish.

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining rentginodiyagnostikasi;

- ko’krak qafasi va yelka kamari chiqishi va sinishlarining tasnifi;

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar;

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida birinchi yordam ko’rsatish;



Pedagogning vazifasi:

-talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining tasnifi bilan tanishtirish;

- talabalarga tashxis qo’yish uchun shikastlanish sohasining anatomiyasini bilishi kerakligini tushuntirish;

-talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining rentgenologik xususiyatlari bilan tanishtirish;

-talabalarni ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida birinchi yordam ko’rsatish prinsiplari bilan tanishtirish;



O’qitish rejalari:

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining tasnifini o’zlashtirish;

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida tashxis qo’yishni o’zlashtirish;


- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida o’ziga xos rentgenologik ko’rsatgichlarni tanishtirish;

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarida birinchi yordam ko’rsatish prinsiplarini o’zlashtirish;





O’qitish usuli

Ma’ruza, mavzu bo’yicha muammoni shakllantirish, aqliy xujum.

O’qitish turi

Jamoaviy, gurux bilan ishlash

O’qitish vositalari

Maruza matni, kompyuter, multimediya, slayd, tarqatma material, marker.

O’qitish sharoiti

TTAdagi ma’ruza o’tkaziladigan bino.

Bilimlarni baholash va monitoring

Yozma, og’zaki so’rov



Ma’ruzaning texnologik kartasi

Ishlash bosqichlari va vaqti

90 minut


Faoliyat

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich.

kirish


5 minut


1.1. maruza mavzusini, maqsad va kutilayotgan natijalarni talabalarga tanishtirish. Mavzuning asosiy tushunchasi: ma’ruza rejasi va kalit so’zlarni tushuntirish. Adabiyotlar ro’yxatini oldindan berish.

Eshitish va yozish


2 bosqich

Mashg’ulotni faollashtilish

10 minut


2.1.talabalarga aqliy hujum tarzida yunaltiruvchi savollar berish:

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlarining tasnifi?

- tashxislashning zamonaviy usullari?

- klapanli pnevmotoraks paydo bo’lishining mexanezmi?

- gemotoraks nima?

- pnevmotoraks nima?

2.2. talabalar tomonidan berilgan savollarni eshitib, javob qaytarish.





3-bosqich.

Ma’ruzaning asosiy qismi

65 minut

5- minut tanaffuzda



3.1. ma’ruza materiallari talabalarga multimediya slaydlari ko’rinishida ketma-ket namoyish etiladi, mavzuning muammoli qismlarida to’xtalib o’tiladi.



Ma’ruzani eshitishadi. Sxemani, tablitsani va ko’rgazmali materiallarni ko’rishadi.

Muxokama qilishadi. O’zlarini qiziqtirgan savallarni berishadi.

Tushunmagan jixatlari haqida savol berishadi. Asosiy va kerakli ma’lumotlarni yozishadi.


4-bosqich

xulosa


10 minut

Ma’ruza materiallarini o’zlashtirish darajasini tekshirich uchun talabalarga savollar berish.
- ko’krak qafasi shikastlanishlarining mexanizmi;

- yelka kamari shikastlanishining mexanizmi;

- ko’krak qafasi shikastlanishlarining tasnifi;

- yelka kamari shikastlanishining tasnifi;

- ko’krak qafasi shikastlanishlarida birinchi yordam;

- yelka kamari shikastlanishlarida birinchi yordam;

- ko’krak qafasi shikastlanishlarida og’riqsizlantirish usullari;

- yelka kamari shikastlanishlarida davolash taktikasi

- ko’krak qafasi shikastlanishlarida davolash taktikasi.

- ko’krak qafasi va yelka kamari shikastlanishlarida tez-tez uchrab turadigan asoratlar.




Savollarga javob berish.


Mavzuni asoslash

3.1. nazariy qism.

KO’KRAK QAFASI VA YELKA KAMARINING SHIKASTLARI

Ko’krak qafasi va yelka kamari organlari

◙ qovurg’a, to’sh

◙ o’mrov, kurak

◙ yelkaning rotator manjetasi (kurakosti, o’qusti, o’qusti, kichkina aylanma pronator)

KO’KRAK QAFASI SHIKASTLARI


Ko’krak qafasi shikastlari – tez-tez uchrab turadi, odamlarning 5,7 dan 10%gacha qismi tanasida uchraydigan hamma shikastlanishlarning mana shu turi bilan tez va shoshilinch yordamga murojaat qilishadi

Ko’krak qafasi muhim vazifani bajarib, bunga ko’ra hayotiy muhim a’zolar yurak hamda o’pkalarni himoya qiladi va nafas aktida ishtirok etadi. Shuning uchun ko’krak qafasining shikastlanishi hayot uchun havfli xisoblanadi. Barcha turdagi ko’krak qafasi shikastlanishlari ikkiga bo’linadi: ochiq va yopiq sinishlar, shikastlanishlar qovurg’alar shikastlanishi bilan yoki qovurg’alar shikastlanishlariz ya’ni plevra va ichki a’zolarning zararlanishi xolatlari kuzatilishi mumkin. Ko’krak qafasining yopiq shikastlanishlari hozirgi kundagi asosiy muammolardan hisoblanadi. Ko’krak qafasining shikastlanishlarining asosiy sabablaridan bo’lib mexanik shikast(zarba, ezilish, siqilish va bosh.)ning og’irligi, chuqurligi, xarakteri va uning natijasida yuzaga keluvchi lat yeyish ko’krak qafasi gematomasi, teri qavatlarining ko’chishi sodir bo’ladi. Shikastlanish darajasiga qarab ichki organlar haqida fikir yuritish noto’g’ri hisoblanadi. Chunki, odatdagi qovurg’aning sinishi o’pkalar faoliyatiga ta’sir etmasligi mumkin.

Ko’krak qafasining shikastlanishida qovurg’alarning sinishi eng ko’p uchraydi. Barcha ko’krak qafasining yopiq shikastlari 40dan 80%gachani tashkil etadi. Bolalarda bunday shikastlanishlar nisbatan kam uchraydi, lekin ko’krak qafasining rigidligida bunday shikastlanishlar ko’p uchraydi. Bolalarda qovurg’alarning kam sinishlariga sabab ularning ko’krak qafasi elastic va egiluvchanligidir. Lekin bir vaqtning o’zida vesseral (ichki) organlarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.

Qovurg’aning sinish mexanizmiga ko’ra to’g’ri, qiyshiq va uzilgan xillari farqlanadi. Qovurg’aning to’g’ri sinishida aynan travmatizatsiya ro’y bergan sohadagi yumshoq to’qimalar va qovurg’a shikastlanadi.

Singan qovurg’a ichki tomonida burchak hosil qiladi. Agar tashqi kuch ta’sirida qovurg’a umurtqaga yaqinlashsa, u surilish tipidagi sinishni chaqiradi: markaziy sinish joyida qoladi, pereferik sinish esa harakatlanadi va cho’ziladi-ichkariga yo’naladi.

Bitta qovurg’aning ikki joyidan sinishi qo’shilgan sinish ko’rinishida sodir bo’ladi (bir vaqtda to’g’ri va noto’g’ri ta’sirda). Ko’pchillik qovurg’a sinishlari aralash sinish tipida kechadi, asosan ikki joydan sinishda. Qovurg’aning yirtilib sinishi (IX va undan pastdagilarda) aralash tipdagi sinishga xaraktirli. Qovurg’a singan vaqtda plevra va o’pka, shuningdek qovurg’alararo tomirlar ham shikastlanishi mumkin, natijada plevra bo’shlig’iga qon quyiladi (pnevmotoraks). Bundan tashqari, o’pkaning kichik yuzasidan (asosan pastki yuzasi) to hamma yuzasigacha qon quyilishi mumkin. Har doim ham o’pka to’qimasining yertilishi turli o’lchamdagi Bronx va tomirlarning shikastlanishlari bilan birga kechmaydi.

Qovurg’aning sinishi har doim gepoksiya va geperkapniyaga olib keladi hamda bemorning axvolini og’irlashtiradi.

Simptomlari. Ko’krak qafasi ikki taraflama oldi va orqa tarafdan siqilganda shikastlanish sohasida og’riq kuzatiladi. Nafas harakatlari qisqa va yuza bo’ladi.yutalda og’riq sendromi tez kuchayadi. Bemor o’tirgan holatda o’zini yotgandagi holatga nisbatan yaxshi his qiladi.

Davolash. Qovurg’asi singanlarga birinchi yordamni to’g’ri ko’rsatish va uzoq davolash og’riq sendromi vujudga kelishini oldini oladi, tashqi nafasni yingillashtiradi va pnevmoniyaning oldini oladi, bu holat ko’pincha yoshi katta qovurg’asi singan bemorlarda kuzatiladi(pnevmoniya).

Bitta qovurg’aning ko’krak qafasi a’zolarini shikastlamasdan sinishi og’ir travma hisoblanmaydi va ambulator davolanadi. Ikki va undan ortiq qovurg’alarning sinishi statsionarda davolanadi. Ushbu bemorlarda bir ikki yoki undan ko’proq haftada nafas ekskursiyasida ko’krak qafasida og’riq: og’riq bemor o’tirgan holatda, ko’krak qafasi siqib bog’langanda, leykoplastrli bog’lam qo’yilganda og’riq yengillashadi(nafas chiqarishda). Bunda tushunish kerakki ko’krak qafasi konus shakliga kirgandan keyin qo’shimcha fiksatsiyalanadi.

Yoshi katta insonlarga ko’krak qafasiga siquvchi bog’lam qo’yishga qarshi ko’rsatma bo’lganda singan sohaga 0,5% li novokain eritmasidan 10-20 ml. yuborilib og’riqsizlantiriladi. Novokainning o’rniga 1%li lidokain yuborish ham mumkin(20 ml gacha). To’liq sog’ayish 4-6 haftadan so’ng bo’ladi.

Ko’krak qafasining boshqa shikastlanishlari kam uchraydi: lat yeyish, chayqalish, siqilish. Ko’krak qafasini o’tmas predmet bilan urilganda uni lat yeyishi va chayqalishi mumkin: ko’krak qafasining siqilishi o’tmas qattiq jism ta’sirida bo’ladi.

Chayqalishda organism to’qimalrida anatomik o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Bunda haddan ortiq shokning og’ir ko’rinishi rivojlanadi. Nafas harakatlari noto’g’ri va og’riqli. Bu holatni bemorga tinchlik berib, yuqori bosimda kislorod bilan nafas oldirish orqali yengillashtiriladi.

Ko’krak qafasi chayqalish klinikasi quyidagi belgilar bilan nomoyon bo’ladi: umumiy og’ir axvol, sianoz, qo’l-oyoqlar sovushi, birlamchi kuchli puls, nafas olishning yuzaki, noto’g’ri va qisman qiyinlashishi (es-hushi joyida).

Ko’krak qafasining kuchsiz lat yeyishiga faqat og’riqlilik va lat yeyish sohasiga katta bo’lmagan qon quyilish xarakterli; amaliy jihatdan hech qanday davo talab qilmaydi.

Kuchli lat yeyishda to’qimalar va ularning bo’shlig’iga ko’p qon quyiladi. O’lim ham sodir bo’lishi mumkin. O’pka kontuziyasida uning ko’p joylari yirtilgan bo’lishi mumkin.

Ko’krak qafasini o’tmas, qattiq bo’lmagan jism bilan siqilganda lat yeyish kabi klinika beradi. Bunda ko’krak qafrasi terisi ko’karadi, bo’yin va boshda no’qtali qon qon quyilishlar(eximoslar) va petexial toshmalar rivojlanadi. Eximoslar ko’z konyuktivasida, qo’loq terisida, nog’ora pardada uchraydi.

To’sh suyagining sinishi kamdan-kam uchraydi. U to’liq va noto’liq, to’g’ri va noto’g’ri bo’ladi. To’sh suyagining to’g’ri sinishi og’ir predmet bilan to’sh suyagiga zarba berilishi oqibatida kelib chiqadi. Masalan avtomobil to’qnashuvlarida haydovchi ro’lga urilganda ko’krak qafasining old-orqa yo’nalishida. To’sh suyagining noto’g’ri sinishi mushaklarni haddan tashqari ikki qarama-qarshi yo’nalishda tortilishi natijasida vujudga keladi. Bazan to’sh suyagining sinishi umurtqani haddan ortiq bukkanda yoki yozganda bo’ladi. To’sh suyagining sinishi ko’pincha dasta va tana chegarasi sohasida joylashadi, tana sohasida kam uchraydi.

Ba’zan to’sh suyagi sinib, bo’laklari bir-birining ustiga chiqib qoladi. Bunda yon tomonlama rentgen tasvir yordam beradi.

To’sh suyagi singan bemorlar chuqur nafas va yutalda to’sh suyagida og’riq sezishadi. Palpatsiya har doim og’riqli bo’ladi. Ba’zan krepitatsiya, deformatsiya va gematoma aniqlanadi.

To’sh suyagining sinishi chegaralangan bo’ladi, davosi analgetiklar buyurilishidan boshlanadi. Siljib sinishida repazitsiya o’tkaziladi, qat’iy yotoq rejimida bo’ladi, bemor umurtqasiga valik qo’yiladi(umurtqaning o’rtacha bukilishi). Ayni vaqtda glisson qovuzlog’i 2-3 hafta davomida tortib qo’yiladi. Qanaqa bo’lishidan qat’y nazar singan soha novokainli va vago-simpatik blokada qilinadi va og’riq qoldiruvchi buyuriladi. Ko’krak qafasining ochiq shikastlari dunyo bo’yicha kam uchraydi, lekin uning chastotasi harbiy janglar paytida ortadi. Ko’krak qafasi jarohatlari farqlanadi qurolli va qurolsiz, teshib o’tuvchi va teshib o’tmaydigan suyaklar jarohati bilan birga(qovurg’a, to’sh, o’mrov va kurak) va bundan tashqari jarohat kanali xarakteriga ko’ra ko’r, teshik va tegishli shikastlar farqlanadi.

Ko’krak qafasining chegaralangan jarohatlarida jabrlanuvchining suyaklari shikastlanmagan bo’lsa ahvoli nisbatan yengil bo’ladi. Birinchi yordam bemorga aseptik yoki (agar qon ketayotgan bo’lsa) bosib turuvchi bog’lam qo’yiladi.

Ko’krak qafasi teshib o’tuvchi jarohatlarida jabrlanuvchilarda yopiq pnevmotoraks, ochiq pnevmotoraks va klapnli pnevmotorakslarga ajratiladi.Ko’krak qafasining teshib o’tuvchi jarohatlarida ko’p hollarda ko’krak suyaklarini baravar bir-biriga bog’liq holda shikastlanadi, shikatlanish shunday mashtabda suyak bo’lakchalari hisobiga kattalashadi, o’pka to’qimasigacha chuqurlashadi va yiringli infeksiya rivojlanishiga sharoit yaratadi. Ko’krak
qafasi teshilganida ko’krak qafasida havo va plevrada qon ketishi kuzatiladi(gemopnevmotoraks).Jarohatda qon ketish manbasi bo’lib ko’krak devori tomirlari yoki o’pka tomirlari va boshqa joylari bo’lishi mumkin.

Teshilgan ko’krak qafasi jarohatlarida ko’pincha o’pka shikastlanadi.Xarakterli belgilaridan qon tufurish , teri osti emfizemasi va gemotoraks.Har bir shu simptomlar alohida yuzaga chiqsa diognostik ahamiyati yo’q. Diagnostik ahamiyati bir necha simptomlar yuzaga chiqsagina bo’lishi mumkin.

Ko’pincha doimiy simptomlardan qon tufurish yuzaga chiqadi.Teri osti emfizemasi kamdan kam hollarda yuzaga chiqadi, qachoki havo yutilishi natijasida plevra bo’shlig’idan teri osti klechatkasiga , jarohat orqali yoki jarohatlangan Bronx orqali o’tadi.

Keng ,tez rivojlanuvchi, tarqaluvchan emfizema klapnli pnevmotoraksdan darak beradi. Bu holatda rengen tekshiruvi o’tkazilishi muhim.

Pnevmotoraks.Travmatik pnevmotoraks ko’krak qafasini patologik holati deb ataladi.Bu havo jarohat orqali plevra bo’shlig’ga o’tadi yoki jarohatlangan Bronx orqali o’tadi.Havo plevra varaqlarini surib va yengil tushadi.

Travmatik pnevmotoraks 55-80% ko’krak qafasi teshilgan jarohatlarida uchraydi.

Yopiq pnevmotoraksda bemor holati ko’krak qafasi jarohati yopiq to’qima bilan yopiladi, plevra bo’shlig’iga havo tushganda tashqi muhit bilan aloqasi bo’lmaydi.Ko’p bo’lmagan havo plevra bo’shlig’iga tushishi tez so’riladi.Plevra bo’shlig’iga o’rtacha havo to’lishi ahamiyatli funksional o’zgarishlarni chaqirmaydi.

Ko’krak qafasini teshilgan jarohatida ochiq pnevmotoraks xarakterlanadi bemor nafas olganda tashqi jarohat orqali havo so’riladi nafas chiqaryotganda havo chiqib turadi.

Xafli pnevmotoraksni turli ko’rinishda o’suvchi , klaakspnli pnevmotoraks, kirgan havo chiqib ketolmaydi.Klapnli pnevmotoraksni Klinik ko’rinishi tez o’sib boruvchi nafas buzilishi xarakterlanadi.Birinchi o’rinda nafas yetishmovchiligi, sianoz,tax ikardiya va perkussiyada karobkasimon tovush aniqlanadi.

Pnevmotoraksni umumiy klinik xarakteri hansirash, taxikardiya, teri va shilliq qavat sionozi kuzatiladi. Shu belgilardan keyin tezlik bilan gemotoraks rivojlanadi.


При пневмотораксе происходит смещение органов средостения в здоровую сторону при каждом вдохе и выдохе - баллотирование средостения. Это затрудняет вентиляцию лёгкого, приток крови к смещённому сердцу в результате перегиба сосудов средостения и вызывает значительное раздражение рецепторов плевры.

Ko’krak qafasini jarohatlanishi bilan bog’liq pneumotoraksda birinchi tibbiy yordam jaroxatga bog’lam qo’yishdan iborat. Boylam okklyuzion germetik go’lishi kerak. Okkluzion boylam sifatida qirqilgan paket bo’lagini yoki plastirin ishlatish mumkin. Ustidan esa bosib turuvchi boylam bilan bosib bog’lab qo’yiladi.

Yaqqol bilinarli pnevumotoraksda ayniqsa klapanli pneumotoraksda, plevral punksiya qilinadi va shrits porsheni dastlabki holatiga kelguncha ko’krak bo’shlig’dagi havoni so’rib olinadi(ko’krak qafasidagi manfiy bosim tiklanadi).

Kuchlanishli pneumotoraksda bilinarli teri osti emfizemasi, jarohat orqali havo parietal plevraga mushaklar qisqarish kuchi orqali o’tishi osonlashadi

Travmatik emfizema ko’p etiologiyalar natijasida ko’krak qafasida kelib chiqadi.При этом она может распространяться на значительное расстояние, доходя до мошонки и верхней части бёдер. Mediastenal plevrani jarohati natijasida kuzatiladigan zo’riqishli pnevmotoraksda, birlamchi Bronx yoki traxeyani jarohatida emfizema kelib chiqadi.Havo oraliqga o’tsa emfizema ko’krak qafasidan yuqoriga bo’yin va yuzga tarqaladi.

Gemotoraks – erkin qonning plevra bo’shlig’ga quyilishi-o’pkalar jarohatlanishida, qovurg’alar aro va ko’krak qafasi ichki arteriyalaridan qon ketishi natijasida kuzatiladi.Ko’krak qafasi ochiq jarohatlanishi gemotoraks bilan 50%, yopiq jarohatlanishi esa 7,7% hollarda kuzatiladi.

Plevra bo’shlig’iga qon quyilish miqdori turli millilitrda ,sinuslardagi miqdori 1litrgacha va undan ko’p bo’lishi mumkin. Agar quyilgan qjnning miqdori kam (150 ml) bo’lsa gemotoraks ko’pincha rivojlanmasdan qoladi. Plevra bo’shlig’iga quyilgan qon miqdori har doim jarohat lokalizatsiyasi va xarakteri bilan bog’liq.O’pkani yuqori qismini jarohatlanishi katta gemotoraksga olib kelmaydi.

Ba’zi hollarda gemotoraks pnevmotoraks bilan birga kuzatiladi. Bu patologik holat gemopnevmotoraks deb nomlanadi. Gematoraksni klinik ko’rinishi quyidagi potologik holat ko’rinishda:ichki qon ketish, o’ka atelektazi, organlar siljishi, tashqi gemodinamika va shok. Katta va kichik gematoraks (quyilgan qon kurak suyagi o’rtasigacha yetadi) farqlanadi. Katta gematoraksda bemor ahvoli doimo og’ir bo’ladi. Bemor o’tirgan majburiy holatda , tanasini qo’ligacha bukkan, azoblangan yuz ifodasi, nafas sust va yuzaki, sianoz , puls zo’riqishli va sust, es-hushi aniq va og’irligiga qarab boshqa klinik belgilar, bular 1- yoki 2- darajasiga hos. Ko’pinch teri osti emfizemasi kuzatiladi.O’pkalar jarohatlanishi bilan kelib chiqadigan gematoraksda qon tupirish kuzatiladi. Bunda rengen tekshiruvi va plevral punksiya diagnostik ahamiyatga ega.

Kichik va o’rtacha gemotaksda konservativ davo o’tkaziladi. Quyilgan qon plevra bo’shlig’iga so’riladi.Qovurg’alar singanda va shokda vago-simpatik blokada qilinadi.

Bir vaqtda antibiotiklar qo’llaniladi, namlangan kislarod, sun’iy nafas apparati, shokka qarshi muolaja va b . o’tkaziladi.O’sib boruvchi gematoraksda kuzatilganda qon to’xtatish va torakotomiya qilish tavsiya etiladi.

Travmatik shok. Ko’krak qafasi travmalarida o’pka va plevra jarohatlanmagan bo’lsa shokning klinik ko’rinishi tipik kechadi, travmatik shokdek. Ko’krak qafasi teshilgan jarohatida plevrapulmonal shok deb ataladi.

Plevrapulmonal shok asosiy patogenetizi umumiy serkulyasiyadagi qon hajmining kamayishi bilan bog’liq transpotli gipoksemiya va ventilasion gipoksemiya kuzatiladi.Ko’pincha shu fonda qon ketishi bemor ahvolini og’irlashtiradi.

To’sh jarohati va ochiq pnevmotoraksda birinchi bo’lib nafas va yurak-tomir yetishmovchiligi, tez rivojlanuvchi gipoksemiya paydo bo’ladi. Arterial davleniya tushadi, puls ipsimon, sust va yumshoq, nafas sust va yuzaki, tez rivojlanuvchi bo’g’ilish, yo’tal va ko’krak qafasida og’riq bemor ahvolini og’irlashtiradi.

Bemorga birinchi yordam shokka qarshi terapiya va b qilinadi.Bunda narkotiklar yuborish, Bog’lov qo’yish, venaga tomchilab paliglyukin yoki boshqa qon o’rnini bosuvchilar yuboriladi.Kasalhonada bunday bemorlar shokka qarshi palataga yoki jonlantirish bo’limiga yotqizilib shokka qarshi kurash o’traziladi yoki operatsiyaga olinadi.


Ko’krak qafasi yopiq shikasti. Ko’krak qafasi chayqalishi. Ko’krak qafasi siqilishi.


Ko’krak qafasi yopiq shikastlanishi va unda joylashgan a’zolar chayqalishi, siqilishi, ko’krak devori bosimi, o’pka va yurak va o’pkalar yopiq jarohatlanishi kiradi.Ko’krak qafasi va unda joylashgan organlar chayqalishi kam uchraydi. Ba’zida jarohatlangan bemorlar kelganda tezlik bilan yurak urish soni tushishi, hansirash, rang oqarishi, sianoz, muzdek ter ajralishi, shok belgilari paydo bo’lishi, ba’zida hushini yo’qotishi kuzatiladi. Davolashda qoidaga ko’ra bemorga tinchlik, yotoq rejimi, nafas olishini yaxshilash, yurak preparatlari berish kerak.Qilingan muolajalar samarali bo’lsa bemor ahvoli tiklanadi. Ko’krak qafasi siqilishi qovurg’alar sinishiga , ko’krak devoir tomiri shikastlanishiga, plevra va o’pka jarohatiga lib kelishi mumkin.

Pnevmotoraks. Gemotoraks.

Bemorlarda qovurg’alar sinishi yoki o’pka shikastlanishi pnevmotorarsga sabab bo’ladi.Havo plevra bo’shlig’iga to’la boshlaydi, o’pka sog’lom tomonga surilib qoladi.Yurak va nafas funksiyasi buziladi, havo teri osti klechatraga chiqadi,bu teri osti emfizemasiga olib keladi. Qovurg’alararo tomirlar shikastlanishi va o’pka shikastlanishida plevra bo’shlig’iga qon ketadi bu gemotoraks deyiladi. Ko’krak qafasini og’ir siqilishi shok rivojlanishiga olib keladi.

Ko’krak jarohati klinik ko’rinishi uchun pnevmotoraks xarakterlidir.Yopiq pnevmotoraksda jarahat katta bo’lmaganda uning atrofida teri osti emfezemasi kuzatiladi.(palpasiyada qiirlash).Perkutor tovush timpanik, gemotoraks rivojlanganda esa pastki segmetlarda bo’g’iq tovush jarohatlangan sohada. Auskultasiyada tez nafas shovqinlarini susayishi.Auskultasiyada tez nafas shovqinlari susayishi. Diagnozni aniqlashtirish uchun ko’krak qafasi organlari rentgenografiyasi o’tkaziladi.

Jarohat ochiq pnevmotoraks bilan ko’rinarli og’ir. Yuqoridagi simptomlardan tashqari hansirash, sianoz, organlar ta’sirlanish yuzaga keladi. Bemor majburiy holatda bo’ladi.Puls sust, noto’liq to’lgan. Arterial qon bosim tushadi.Bemor jarohati ko’rilganda jarjhat bemor nafas olganda havoni shimib nafas chiqarganda pufakchaga aylanadi, so’rib oluvchi shovqin bilan xarakterlanadi. Jarohat atrofida teri osti emfizemasi rivojlanadi. Diagnoz qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda o’pkalar kollaps bosqichi , siljishi, ko’r jarohatlarda yot tana lokalizatsiyasi va gemotoraks sababi aniqlanadi. Buning uchun albatta ko’krak qafasi rentgenografiyasi qilinishi kerak.

Klapnli pnevmotoraks ko’krak qafasi og’ir jarohatida kuzatiladi. Klapnli pnevmotoraksni klinik kechi ham og’ir u quyidagilar bilan xarakterlanadi: hayotga havf soluvchi nafas va qon aylanishini buzilishi bilan ifodalanadi. Bemorning umumiy ahvoli tez yomonlashishi mumkin. Bemorda ekspirator hansirash, sianoz, nafas olishda orqada qolishi kuzatiladi. Hansirash va nafas o’ziga hos xarakterda.Bemor nafas olishda qiynaladi, nafas chiqarganda ko’krak qafasi hajmi kichrayadi va qo’shimcha siqiladi va sog’lom tomonda ham kuzatiladi.Arterial qon bosim avval oshadi , keyin tez tushadi. Puls avval zo’riqqan, keyin sustlashib to’liqligi kamayadi. Tezlik bilan teri osti emfizemasi rivojlanib yelka, bo’yin, va yuzgacha ifodalanishi mumkin.

Oraliq emfizemasi juda havfli bo’lib bunda u yurak va yirik qon tomirlarni siqib qo’yadi va qon aylanishini ishdan chiqaradi.Rentgenalagik tekshiruvda jarohatlangan sohada joylashgan o’pkada total kollaps,tez sog’ tomonga surilishiga olib keladi.

Gemotoraks o’tkir qon ketishi bilan diagnostika qilinadi. Perkussiyada perkutor tovush o’zgarganligi, ko’krak qafasini jarohatlangan sohasida tez paydo bo’luvchi nafas shovqinlarini susayishi paydo bo’ladi.Gemotoraksni rentgen tekshiruvi oydinlashtiradi:sur’atda k’krak qafasini plevra bo’shlig’ida suyuqlikni qiyshiq soyalanishi (gemopnevmotoraksda) ko’rinadi. Gemotoraksni yakuniy diagnozi plevra bo’shlig’ini punksiya qilganda qon chiqganda qo’yiladi. Punksiya qilishdan oldin orintir olish uchun rentgen qilinadi.

Ko’krak qafasi yopiq travmalarida og’ir ko’rinishlaridan birinchi o’rinda nafas yetishmovchiligi turadi , bunda o’pkalarning nafas hajmi kamayishi va traxebronhial o’tkazuvchanlikning kamayishi yotadi. Ko’pincha bemor ahvoli yurak siqilishi yoki ko’krak qafasi devorini qon tomirlari jarohatlanishi natijasida yuzaga keluvchi massiv qon yo’qotish, o’pka va yurak yetishmovchiligi , siljish va gemopnevmotoraks rivojlanishi bilan og’irlashadi.

Davolash.Ochiq pnevmotoraksda germetik(okkluzion) bog’lam qo’yiladi. Asosiy davo operativ. Klapnli pnevmotoraksda ko’krak devori ingichka troakrda havo chiqarish uchun punksiya qilinadi. Agar shu vaqtda havo chiqarish samarali bo’lmasa unda plevrani drenajlanadi(suvli drenaj yoki doimiy aspirasiya).Bular yordam bermasa operasiyaga ko’rsatma beriladi.

Bunday bemorlarninig umumiy ahvoli og’ir, tinchlikni hohlaydi, bunda anemiyaga qarshi va funksiyasi buzilgan a’zolar tiklanadi.

Teri osti emfizemasi shikastlanish tiklanganda o’zi so’rilib ketadi.

Gemotoraks bir yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Ikki tomonlamada bemor og’ir asfeksiyadan halok bo’ladi. Bir tomonlisi unchalik ogir ahvolga olib kelmaydi qon chiqariladi.

Plevraga qon quyilishi natijasida bemorda bilinarli anemiyaga olib keladi. Bunda plevra qayta punksiya qilinadi va antibiotiklar qo’llaniladi.

Ekstrnniy holatda plevra punksiyasi travmadan 2-3 kundan keyin o’tkaziladi.


YELKA IKKI BOSHLI MUSHAGINING UZUN BOSHCHASI JAROHATI
Yelra ikki boshli mushagi uzun boshchasi jarohati ko’p hollarda sodir bo’ladi. Bu ko’pincha ikki boshli mushak surunkali tendovaginitida , og’ir yuk ko’targanda va rezka harakat qilganda uchraydi.

Klinikasi.Bemor yelkasida to’satdan boshlanuvchi og’riqga shikoyat qiladi. Mushak qisqarib proksimal suriladi.Ikki boshli mushak do’ppaymasi palpasiyada og’riqli. Diagnoz qo’yishda bemordan qo’llarini bukishni va qo’llarni tashqi rotatsiyasi so’raladi. Yozilishda jarohat sohasi yelka bo’g’imidan suriladi va yelka oldingi yuqorigi sohasida o’ziga hos deformasiya paydo bo’ladi.Mushak qisqarganda o’zini birikadigan joyini yo’qotib o’rnida ellastik shar o’lchamini eslatadi.


Davolash. Asosiy davo operativ hisoblanadi, bunda tumshiqsimon o’simtaga yoki yelka katta ko’stiga jarohatlangan qismni fiksasiyalanadi .Keksayganlarga operativ davo qilinmaydi. Ikki boshli mushak o’tkir jarohatlangan bo’lsa konservativ davo Dezo va Vel’po bog’lami yordamida 2-3 hafta fiksasiya qilib qo’yiladi.




ADABIYOTLAR
1. Александровский Б.П., Барнебойм А.М.. Дифференциальная диагностика в
пульмонологии. – Киев: Здоровье, 1983 г.

2. Клиническая хирургия. /Под ред. Р. Кондена, Л. Найхуса. – М.:


Практика, 2000 г.

3. Кутушев Ф.Х., Гвоздев М.П., Филин В.И., Либов А.С. Неотложная хирургия груди и живота. – Л.: Медицина, 1984.

4. Справочник по клинической хирургии. /Под ред. В.И. Стручкова. – М.:
Медицина, 1978 г.

5. Хирургия, руководство для врачей и студентов. /Под ред. Ю.М. Лопухина,


В.С. Савельева – М.: Геоэтар, 1997 г.

6. Частная хирургия. Т. 1 /Под ред. Ю.Л. Шевченко. – СПб.: Специальная


литература, 1998 г.


Yüklə 86,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə