Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Uchinchi davr – eramizgacha IV asr oxiri – eramizning IV asri



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Uchinchi davr – eramizgacha IV asr oxiri – eramizning IV asri 
qadimgi va antik davrlar san’ati va davlatchiliga tarixi.
Bu O‘rta Osiyo viloyatlarining hokimlik sifatida Ahmoniylar 
davlati va Aleksandr Makedonskiy saltanati tarkibiga kirish doi-
ra sida mahalliy davlatchilikning shakllanish vaqti. Bir vaqtning 
o‘zida mahalliy davlatchilik uyg‘onishi jarayoni sodir bo‘ladi (Xo-
razm, Farg‘ona, Sug‘d, Qang‘yuy). Bu davr madaniyati va san’a-
ti unga zamondosh bo‘lgan «Eron-ahmoniy va sak-skif san’ati 
(Amu daryo xazinasi) bilan aloqada rivojlanadi». Yunon-Baqtriya 
va Xorazm antik san’ati rivoji mahalliy an’analariga tayanadi 
(Baqtriya, Xorazm) va unga mahalliy san’at bilan qorishib ketgan 
sharqiy ellinizm ta’siri sezilarli bo‘lgan. Mahalliy davlatchilikning 
asosiy belgilari bo‘lmish rivojlangan tanga tizimi, shaharsozlik va 
hunarmandchilik bilan birga Sug‘d va Xorazm mahalliy yozuvining 
paydo bo‘lishi uni yanada mustahkamladi va rivojlantirdi. Umuman, 
bu yahlitlik tarixiy davr uchun Old Sharq, Hindiston va Uzoq Sharq 
mamlakatlari madaniyati an’analari bilan hamkorlikda san’atning 
jadal rivojlanishiga xosdir.
O‘zbekiston madaniyati va san’atida qadimgi va antik davrlar 
turli diniy, madaniy va badiiy an’analarning o‘zaro hamkorlik 
o‘zga madaniy an’analarni idrok etishdagi umumiy tolerantlik bilan 
11
bosqichi haqida guvohlik berib turibdi.
 
Bugun jamiyatning bozor 
munosabatlariga o‘tishi davrida davlat san’atning bosh homiysi 
hisoblanadi, ayni vaqtda, ijodiy erkinlik san’at va madaniyat 
sohasida yetakchi va asos soluvchi tamoyil bo‘lib qolaveradi. 
So‘nggi-yillarda respublikada «kuchli davlatdan kuchli jamiyatga» 
tamoyili e’lon qilindi,
 
ya’ni o‘z yo‘nalishiga ko‘ra oshkora fuqaroviy 
jamiyat qurishga bel bog‘laganmiz. Ilmiy tuzilma sifatida san’at shu 
modelni amalga oshirishga ko‘proq moslashtirilgan. Aynan ijodiy 
jarayonlar vositasida tolerantlik va oshkoralik g‘oyalarini jamiyatga 
nisbatan barqaror va yanada samaraliroq tatbiq etish imkoni yuzaga 
kelgan.
 
Madaniyat va san’atni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan 
holda davlat ijodiy arboblarga o‘z badiiy g‘oyalarini erkin ifoda 
etish uchun to‘la huquq berib qo‘ygan, bu O‘zbekiston intilayotgan 
fuqaroviy jamiyatning imtiyozlaridan biri hisoblanadi. 
Shunday qilib, bugun san’at madaniy va davlat qurilishining eng 
muhim omillaridan biri hisoblanadi.
 
Boy tarixiy o‘tmishi sharofati 
bilan O‘zbekiston madaniyati va san’ati o‘ziga xos an’ana va 
uslubni saqlab qolgan, bu ma’lum darajada madaniyatlarning o‘ziga 
xosligiga tahdid solayotgan, tobora avj olib borayotgan sivilizatsiya 
sharoitlarida g‘oyat muhimdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə