fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish o‘rtasidagi bog‘liqlik Belgiya
bilish to‘g‘risida dalillar bo‘lishi kerak. Belgiyadagi ta’lim xalqaro biznesga
yo‘naltirilganligi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun katta imkoniyat beradi.
bolalarining yarmi xususiy, aksariyat qismi katolik cherkovlarga tegishli bo‘lgan
maktablarda tahsil oladi. Qariyb barcha xususiy maktablar davlat tomonidan
hisoblanadi. O‘rta ta’lim aksariyat hollarda uchta ikki yillik bosqichdan iborat
bo‘lib, uning dastlabki to‘rt yili majburiydir. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda
46
o‘quvchilari bitirgandan keyin universitetga kirish huquqini beruvchi o‘rta
maktabning oliy bosqichida ta’lim olishni davom ettiradilar.
Belgiyada 7 ta akademiya va 8 ta universitet faoliyat ko‘rsatadi. Belgiyada
oliy ta’lim qadimgi an’analarga ega: birinchi oliy o‘quv yurti - Lyuven katolik
universiteti hisoblanadi. U 1425 yil tashkil topgan. 1517 yili Erazm Rotterdam
ham Lyuvenda uch tillik (ivrit, lotin, grek
)
maktabga asos soldi va uning
namunasida Parijda Fransiya kolleji yaratildi.
1970 yili fransuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilida so‘zlashuvchi
Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel’ va nemis tilida so‘zlashiladigan
Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tumandan iborat 4 ta
lingvistik hudud mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlandi.
O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limning
majburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta’lim to‘g‘risidagi
diplom va sertifikatlarni berish talablarini belgilaydi. Ta’lim bo‘yicha boshqa
masalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. SHunday qilib, oliy ta’lim
masalalari Flamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Fransuz
hamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport
Vazirligi hamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat,
ilmiy tadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.
Dostları ilə paylaş: