Einheitliches Antragsformular Yagona anketa blanki Antrag auf Erteilung eines Schengen-Visums / Shengen vizasini olish uchun anketa blanki Dieses Antragsformular ist unentgeltlich


der Erteilung des Visums folgt kein Anspruch auf Schadensersatz, wenn ich die Voraussetzungen nach



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#149187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Deutsch-Usbekisch-Schengen-Antragsformular(1)

der Erteilung des Visums folgt kein Anspruch auf Schadensersatz, wenn ich die Voraussetzungen nach 
Artikel 6 Absatz 1 der Verordnung (EU) Nr. 2016/399 (Schengener Grenzkodex) nicht erfülle und mir 
demzufolge die Einreise verweigert wird. Die Einreisevoraussetzungen werden bei der Einreise in das 
europäische Hoheitsgebiet der Mitgliedstaaten erneut überprüft.
Viza talabnomasiga rad javobi berilganida viza badali qaytarilmasligi menga ma´lum.
Multi viza so´ralayotganda:
Shengen shartnomasiga a´zo davlatlariga bo´ladigan birinchi vа keyingi safarlarim uchun yetarli tibbiy 
sug´urta zarurligi menga ma´lum.
Ushbu talabnomada ko´rsatilgan barcha ma´lumotlar, fotosuratlar vа zarurat bo´lsa, barmoq izlarini olish 
viza talabnomasini ko´rib chiqish uchun zarurligi menga ma´lum. Talabnomada ko´rsatilgan shaxsiy 
ma´lumotlarim, barmoq izlarim vа fotosuratim Shengen shartnomasiga а´zo davlatlarning mutasaddi 
idoralariga yuboriladi vа ushbu idoralar tomonidan viza talabnomam bo´yicha qaror qabul qilinishida 
qo´llanilishiga roziman.
Viza talabnomam bo´yicha hamda berilgan vizani bekor qilish yoki muddatini uzaytirish borasidagi qabul 
qilingan qarorlar to´g´risidagi ma´lumotlar Viza ma´lumotlar tizimi (VIS)gа kiritiladi vа uzog´i bilan besh 
yil muddatga saqlanadi. Shengen hududi vа uning tashqi chegaralarida vizalarni tekshirish vakolatiga egа 
bo´lgan idora vа xizmatlar, shuningdek boshpana beruvchi immigratsiya xizmatlari ushbu ma´lumotlardan 
ko´rsatilgan vaqt davomida foydalanishlari mumkin. Maqsad Shengen davlatlari hududiga qonuniy kirish, 
vaqtincha turish vа yashash talablari bajarilayotgani, hamda ushbu talablarga amal qilmayotgan yoki amal 
qilmay qo´ygan shaxslarni aniqlash, shuningdek boshpana berish to´g´risidagi iltimoslarni ko´rib chiqish vа 
bu jarayon uchun mas´ulni aniqlashdan iborat. Terrorizm vа boshqa qo´poruvchilik harakatlari bilan 
bog´liq bo´lgan qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish vа uni o´rganish maqsadida ushbu ma´lumotlar 
ma´lum shartlar asosida shartnomaga a´zo davlatlarning tegishli xizmatlari vа Evropol tomonidan 
qo´llanilishi mumkin. Shengen shartnomasiga a´zo davlatda ma´lumotlarni qayta ishlash uchun mutasaddi 
idora (Bundesverwaltungsamt, D-50728 Köln, EU-VIS@bva.bund.de).
Shengen shartnomasiga а´zo har qanday davlatdan turib viza ma´lumotlar tizimi (VIS)dа men haqimda 
qanday ma´lumotlar saqlanganini vа bu ma´lumotlar qaysi davlat tomonidan berilganini bilishga haqliligim 
menga ma´lum. Shuningdek men haqimda ko´rsatilgan noto´g´ri ma´lumotlarni to´g´rilashga vа qonunga 
xilof ravishda qo´llanilgan shaxsiy ma´lumotlarimni bekor qilishga ariza berishga haqliman. Mening 
arizamni ko´rib chiquvchi idora menga ta´luqli bo´lgan ma´lumotlarni tekshirish, unga o´zgartirish kiritish 
yoki tegishli davlat qonunchiligida ko´zda tutilgan tartib asosida bekor qilish huquqimdan foydalanish, 
shuningdek boshqa qoidalar haqida ma´lumot beradi. Tegishli davlat nazorat idorasi [murojaat uchun 
ma’lumotlar: Der Bundesbeauftragte für den Datenschutz und die Informationsfreiheit, Graurheindorfer 
Str. 153, 53117 Bonn, Tel.: +49(0)228-997799-0, poststelle@bfdi.bund.de, www.bfdi.bund.de] shaxsiy 
ma´lumotlarni himoya qilish bo´yicha shikoyatlarni ko’rib chiqishga mas´ul sanaladi.
Talabnomada o´z ixtiyorim bilan ko´rsatgan ma´lumotlarning to´g´ri va to´liqligini tasdiqlayman. Menga 
ma´lumki,yolg´on ma´lumotlar rad javobi berilishiga yoki berilgan vizani bekor qilishga sabab bo´lishi, 
shuningdek mening viza talabnomamni ko´rib chiqayotgan davlat qonunchiligidan kelib chiqqan xolda 
jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. 
Agar viza berilsa, uning amal qilish muddati tugagunga qadar Shengen shartnomasiga a´zo davlat hududini 
tark etish majburiyatini olaman. Vizaning mavjudligi Shengen shartnomasiga а´zo davlat hududiga kirish 
shartlaridan biri ekanligi haqida ma´lumotga ega bo´ldim. Shengen kodeksining (ЕК) №2016/399 raqamli 
chegaralar to´g´risidagi reglamenti 6-modda, 1-qismi talablariga javob berilmasa vа uning oqibatida viza 
berilganiga qaramasdan Shengen hududiga kirish ta´qiqlansa, yetkazilgan zararni qoplash uchun 
kompensatsiya talab qilinmaydi. Kirish shartlari nechog´liq bajarilgani Shengen shartnomasiga a´zo bo´lgan 
davlat hududiga kirishda qayta tekshiriladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə