Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

  O‘TKAZGICH  MATERIALLAR
3.1. Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan
 o‘tkazgich materiallar
Yuqori  o‘tkazuvchanlikka  ega  bo‘lgan  eng  keng  tarqalgan
materiallar bo‘lib mis va aluminiy, integral sxemotexnikada esa
oltin, nikel, qo‘rg‘oshin, kumush va Cr bilan Au, Ti va Au tizim-
lari, molibden va boshqalar hisoblanadi.
Mis. Elektrotexnika va metallurgiya mis eng ko‘p ishlatiladi-
gan  sohalar  hisoblanadi.  Elektrotexnikada,  asosan,  mis  o‘t-
kazgich  materiallar  ishlab  chiqarishda,  metallurgiyada  esa  turli
materiallar bilan qotishmalar olishda qo‘llaniladi.
Mis quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
— kichik solishtirma qarshilik;
— yetarli darajada mexanik mustahkamlik;
— qoniqarli ravishda yemirilishlarga chidamlilik;
— yaxshi ishlov beriluvchanlik: mis list va lentalarga tekisla-
nadi,  millimetrning  mingdan  bir  qismi  qalinligidagi  sim  ko‘ri-
nishida cho‘ziladi;
— payvand ishlarining nisbatan osonligi.
Mis maxsus konvertorlarda uning oltingugurtli birikmalaridan
ajratib olinadi. Eritilgan qora mis tarkibida 95—98% Cu bo‘ladi.
Undagi aralashmalarning ko‘p qismi pechlarda qayta eritish nati-
jasida olib tashlanadi. Bu vaqtda 99,7% Cu bo‘lgan mis olinadi.
Yanada sof mis olish uchun mis elektrolit tozalanadi.
O‘tkazgich material sifatida M1 (9,99 % Cu) va MO (99,95
%  Cu)  markali  mis  ishlatiladi.  Misning  solishtirma  o‘tkazuv-
chanligi boshqa metallar kabi kiritma mavjudligiga va uning turiga


33
kuchli ravishda bog‘liq bo‘ladi. Kiritmalar metallarda solishtirma
qarshilikning ortishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kiritma va qotishmali
metall bir-biri bilan qattiq eritma hosil qilganda 

 keskin ortadi,
ya’ni qotish vaqtida birgalikda kristallashadi va bir metall atom-
lari ikkinchisining  panjarasiga  kiradi. Mis tarkibida Zn, Cd,
Ag, Ni, Sn, Al, Be, As, Si va P kiritmalari bo‘lishi mumkin.
Mis solishtirma o‘tkazuvchanligiga ba’zi metall kiritmalari-
ning ta’siri 3.1-rasmda keltirilgan. Elektrolit tozalashdan so‘ng
misning  katod  platinalari  80—90  kg  li  bolvankalarda  eritiladi,
ya’ni  talab  qilinayotgan  kesim  yuzasiga  ega  bo‘lgan  mahsulot
tekislanadi va cho‘ziladi. Sovuq holatda cho‘zish natijasida qattiq
mis  (QM)  hosil  qilinadi.  Naklyop  natijasida  mis  cho‘zilishda
yuqori  mustahkamlik  chegarasiga  va  uzilish  oldidan  nisbatan
3.1-rasm. Mis elektr o‘tkazuvchanligiga kiritmaning ta’siri.
Sof misning solishtirma o‘tkazuvchanligi 100 % deb qabul qilingan.
Kiritmalar egri chiziqlar oldida ko‘rsatilgan.
86
0,2
0,4
0,6
0,8
1
P
88
90
92
Al
Fe
SO
Zn
Rb
94
96
98
100

-mk 

· m
Kiritmalar  %


34
kichik uzunlashishga  hamda bukilganda qattiqlik va egiluvchanlikka
ega bo‘ladi. Qattiq misdan tayyorlangan sim prujina xossasiga ega
bo‘ladi. Naklyop — sovuq holatda deformatsiya ta’siri o‘zgarishi
natijasida metall deformatsiyasining o‘zgarish jarayoni. Natijada
metallning mustahkamligi ortadi va elastikligi pasayadi.
Agar  mis  kuydirilsa,  ya’ni  keyingi  sovitish  yo‘li  bilan  bir
necha  yuz  gradusgacha  qizdirilsa,  yumshoq  mis  (YM)  hosil
bo‘ladi. Bu mis nisbatan egiluvchan, kam qattiqlikka va uncha
katta bo‘lmagan mutahkamlikka ega. Uzilishdan oldin kuchli
ravishda  cho‘ziladi  va  solishtirma  qarshiligi  ancha  yuqori.
Misning solishtirma qarshiligiga kuydirishning ta’siri 3.2-rasmda
ifodalangan.
Qattiq misdan kontakt simlari, taqsimlash qurilmalari shina-
lari, elektr mashina plastinalari va boshqalar tayyorlanadi. Aylana
va  to‘g‘ri  burchakli  kesimga  ega  bo‘lgan  mis  simlar,  asosan,
kabellar va g‘altak simlari sifatida ishlatiladi. Chunki bu hollarda
mustahkamlik  emas,  balki  egiluvchanlik  va  prujinaviylikning
yo‘qligi muhim sanaladi.
Mis va aluminiy simning xossalari 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.2-rasm. Mis solishtirma qarshiligiga kuydirishning ta’siri.
200 400 600 800
Kuydirish temperaturasi
0,0165
0,0170
0,0175

-mk 

·m


35
3.1-jadval
Elektrotexnikaning  turli  sohalarida  misdan  tashqari  o‘tkaz-
gich material sifatida uning qo‘rg‘oshin, kremniy, fosfor, berilliy,
xrom,  magniy,  kadmiy  bilan  qotishmalari  ham  qo‘llaniladi.
Bunday qotishmalar bronza deb ataladi. Bronza tok o‘tkazuvchi
prujinalar va h.k. tayyorlashda ishlatiladi. Elektrotexnikada qo‘lla-
niladigan ba’zi mis qotishmalarining tarkibi va xossalari 3.2-jad-
valda keltirilgan.
Kadmiyli bronza eng yuqori mexanik mustahkamlik va qattiqlikka
ega. Shuning uchun u maxsus kontakt simlarda va mas’ul vazifalarni
bajaradigan plastina kollektorlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Latun yetarli darajada yuqori solishtirma qarshilikka ega va shu
sababli oson shtampovkalanadi, chuqur so‘riladi va h.k. Elektro-
texnikada  turli  shakldagi  va  profildagi  tok  o‘tkazuvchi  detallar
yasashda keng qo‘llaniladi.
Mis  ancha  qimmat  va  kamyob  material  hisoblanadi  va
o‘tkazgich material sifatida ko‘p hollarda boshqa metallar bilan,
asosan, aluminiy bilan almashtiriladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə