66
qilinayotganda, odatda, detal chekkalari yorilib ketmasligi uchun
oldindan isitish qo‘llaniladi. Shtampovka qilingan detallarning
chekkalarini elektroizolatsion lok bilan himoyalash tavsiya etiladi.
Materialning sirtki qatlamini frezirovka qilish mumkin emas, chun-
ki qayta ishlash natijasida getinaksning namlikka bardoshliligi
yomonlashadi.
Radioapparaturaning past chastotali zanjirlari pechat sxema-
larini yasashda folgalangan getinaks qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
bunday materialning 7 turi ishlab chiqariladi. Bunday getinaks,
bir yoki ikki tomonidan qalinligi 0,035—0,05 mm bo‘lgan elek-
trolit qizil mis bilan qoplangan bo‘ladi.
Tekstolit getinaksga o‘xshaydi, lekin shimdirilgan qog‘ozdan
emas, shimdirilgan tabiiy matodan yasaladi. Uning yuklamaning
o‘zgarmas kuchlanishida shimdirilgan tabiiy matodan yasalgan
tekstolitning elektr va mexanik xossalari getinaksnikidan kam,
lekin yuqori solishtirma zarba qovushoqlikka ega.
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: