Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Elektr izolatsion keramika



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Elektr izolatsion keramika. Yuqori temperaturada kuydirish
usuli bilan olinadigan noorganik materiallar keramika materiallari
deb ataladi.  Kuydirish natijasida keramikadan  yasalgan mahsu-
lotlar yuqori mexanik mustahkamlikka, kichik tg

 ga, issiqlikka
bardoshli, elektr va issiqlik eskirishiga chidamli yaxshi elektr izo-
latsion materialga aylanadi.
Elektrotexnikada keramika — yarimo‘tkazgich, magnit (ferrit),
segneto-  va  pyezoelektrik  materiallar  va  kondensatorlar  sifatida
qo‘llaniladi.
Farfor  turli  shakldagi  izolatorlar  ishlab  chiqarishda  asosiy
material hisoblanadi. Farfor hosil qilish uchun tuproqning (kaolin)
maxsus sortlari va minerallar; kvars SiO
2
 va dala shpati qo‘llaniladi.
Tashkil  etuvchilar  aralashmalardan  tozalanadi,  maydalanadi  va


73
suv bilan aralashtiriladi. Farfor massadan kerakli shakldagi mahsu-
lot yasaladi, quritiladi va 1300—1400°Ñ temperaturada kuydiriladi.
Kuydirilgan farfor mullit 3Al
2
O
3
 2SiO
2
 va kvars SiO
2
 kristallari-
dan tashkil topgan bo‘lib, ular oralig‘i shishasimon eritilgan dala
shpati  bilan  to‘ldiriladi.  Farfor  siqilganda  400—700  MPa,
cho‘zilganda 45—70 MPa, egilganda 80—150 MPa mustahkamlik
chegarasiga  ega.  Farforning  elektr  izolatsion  xossalari  normal
temperatura va past chastotada ancha yuqori bo‘lib, temperatura va
chastota  ortgan  sari  yomonlashib  boradi.  Hozirgi  kunda  farfor
tarkibidan  farq  qiladigan  ancha  takomillashtirilgan  farfor  va
keramika materiallari qo‘llaniladi.
Radiofarfor BaO kiritilgan farfor bo‘lib, radiofarforning keyingi
takomillashishi  ultrafarfor  deb  ataladi.  Uning  tarkibida  ancha
miqdorda Al
2
O
3
 bo‘ladi. Oddiy elektr farforga nisbatan ultrafar-
forning tg

  kichik, 

 katta qiymatlarga ega bo‘ladi.
Aluminoksid, asosan, korunddan tashkil topgan bo‘lib, yuqori
issiqbardoshlikka  (ishchi  temperaturasi  1600°Ñ),  hatto  yuqori
temperaturalarda ham yuqori 

 va kichik tg

 ga ega (4.6-rasm).
Steatit — talk 3MgO · 4SiO
2
· H
2
O asosida olinadigan kerami-
kaning  bir turidir.  Steatitning elektr  izolatsion xossalari  yuqori,

= 10.
Kondensator ishlab chiqarishda 

 qiymati yuqori  (10000 va
undan yuqori) bo‘lgan keramika materiallari qo‘llaniladi. Sig‘im
uncha  katta  bo‘lmagan  (1000  pF  dan  kichik)  yuqori  chastota
kondensatorlarida, odatda,

= 10—100 bo‘lgan materiallar qo‘l-
laniladi. Agar material tarkibida titan ikki oksidi TiO
2
 (rutil) yoki
kalsiy titani Ca TiO
3
 (peroksid) mavjud bo‘lsa, ular T harfi bilan,
yoki stirkon St harfi bilan belgilanadi.
Bu  materiallarda dielektrik  yo‘qotishlar past  chastota-
dan yuqori chastotagacha bo‘lgan barcha diapazonda kichik
(tg

=10
-4
—10
-2
) bo‘lib, uning tarkibiga TKl = (—1500—100)·10
-6
K
-1


74
bog‘liq bo‘ladi. Yuqori temperatura termota’sir mavjud bo‘lganda
kichik TKl ga ega bo‘lgan kardiyerit 2MgJ · 2 · 5SiO
2
 (TKl

3 · 10
-6
K
-1
), sirkon ikki oksidi ZrO
2
 (TKl

4·10
-6
 K
-1
), aluminiy titani
TiO
2
 (TKl

0,1·10
-6
 K
-1
) kabi keramikaning maxsus turlari qo‘l-
laniladi.
Ba’zi metallarning sof oksidlari juda yuqori issiqlikka bardoshli
bo‘lib,  yuqori  issiqlik  o‘tkazuvchanlikka  ega  bo‘ladilar.  Ularga
berilliy oksidi BeO, magniy oksidi MgO va aluminiy oksidi Al
2
O
3
kiradi. BeO (brokerit) keramika  yuqori  quvvatli  tranzistorlar  va
mikrosxemalarning asosini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə