“Informatika va axborot texnologiyalari”


Sarlavhalar uchun uslublarni tanlang



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/103
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162175
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
PedPsix lar uchun TAYYOR-laboratoriya ishlari (1)

Sarlavhalar uchun uslublarni tanlang 
Matnda sarlavhalarni joylashtirib chiqing va ularga nisbatan «Zagolovok N» formatida nomlangan 
formatlash uslublarini qo‘llab chiqing. Iyerarxiyaga amal qiling. Masalan, agar eng yuqori daraja 
(уровень)dagi sarlavhalarga «Zagolovok 1» uslubini tanlagan bo‘lsangiz, keyingi darajali sarlavhalarga 
«Zagolovok 2» uslubini tanlang va hokazo. 
Sarlavhaga uslubni qo‘llash uchun uni dastlab belgilang, so‘ngra uskunalar panelidagi mos uslub ustiga 
bosing. Agar panelda kerakli uslublar mavjud bo‘lmasa, ularni Alt + Ctrl + Shift+S klavishlar kombinatsiyasi 
yordamida oching. Ekranning o‘ng qismida barcha uslublarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha panel paydo 
bo‘ladi. 
b.Hujjatga mundarijani qo‘shing 
Siz tomoningizdan formatlab chiqilgan sarlavhalar asosida dastur mundarijasini qo‘shishi uchun, 
kursorni matnning boshiga o‘tkazing va uskunalar panelida «Ссылки» → «Оглавление» → 
«Автособираемое оглавление 1»larni bosing. 
Agar mundarijaning alohida sahifada joylashishini istasangiz, undan oldin va keyin uzilish (разрыв) 
qo‘shing. Buning uchun mundarijaning oldidan kursorni joylashtiring va «Вставка» → 
«Разрыв страницы»larni bosing. So‘ngra kursorni mundarijaning oxiriga o‘tkazib, xuddi shu harakatni 
qaytaring. 
Agar bundan keyin siz hujjatga qo‘shimcha kiritsangiz va mundarija eskirsa, shunchaki uni yangilang: uning 
ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosing, so‘ngra «Обновить таблицу»ni bosing va faqatgina sahifa 
raqamlarini yoki butun mundarijani yangilashni tanlang (ushbu harakatlarni mundarijaning ustiga 


29 
sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan «Обновить поле» bandini tanlash orqali 
ham amalga oshirish mumkin). 
Siz mundarijaning mos bandiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali matnning kerakli 
bo‘limiga tezkor o‘tishingiz mumkin. Biroq havolalar ishlashi uchun Ctrl klavishini ushlab turishingiz kerak 
bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə