Маълумотнома


Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   505
buxgalteriya hisobi

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati

……………………………………………………………. 

 

Ilovalar

…………………………………………………………………………………………. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Kirish 

Bozor munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishi xо‘jalik yuritishni mazmuni va tuzilishida 

jiddiy  о‘zgarishlarga  sabab  bо‘ladi.  Bu  esa  о‘z  navbatida  buxgalteriya  hisobida  tub  о‘zgarishlarni 

talab  qiladi.  Buning  uchun  bir  qancha  ustivor  vazifalar  aniqlani,  ular  bajarib  kelinmoqda  hamda 

qonuniy bazalar yaratilib, ular takomillashtirilmoqda. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  faqat  hisob  yuritish  va  statistika  vazifasini 

bajarib  qolmasdan,  balki  manfaatdor  tomonlar,  masalan  ular  tasarrufidagi  mavjud  bо‘lgan 

moliyaviy  resurslardan  qanday  qilib  yaxshiroq  foydalanish  tо‘g‘risida  xolis  va  asoslangan  qaror 

qabul  qila  olish  uchun  xо‘jalik  yurituvchi  subyektning  faoliyati  tо‘g‘risida  axborot  tо‘plash  uni 

qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro 

biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni 

saqlash  va  kо‘payishiga  xizmat  qilishi,  manfaatdor  tomonlar  (investorlar,  aksiyadorlar,  banklar, 

fondlar,  mol    yuboruvchilar,  mol  oluvchilar,  rasmiy  organlar  va  sh.k.)  lar    tomonidan    muhim 

iqtisodiy  qarorlarni    qabul  qilishda  (kapitalini    investisiya  qilish,  bozorga  chiqish,  xodimlarni 

yollash,  soliq  siyosati,  moliyalash    manbalarni  qidirib  topish,  hisoblashishlar  va  sh.k.)  zarur  

bо‘ladigan tо‘liq va ishonarli axborotlarni  о‘z vaqtida  yetkazib  berishi kerak. 

Buxgalteriya  hisobi-bu  doimiy  e’tiborni,  monitoringni,  tahlil  va  о‘z  vaqtida  qaror  qabul 

qilishni,  mutaxassislarni kasbiy о‘sishi va mahoratini oshirishini  talab qiladigan jonli  jarayondir. 

Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida  bо‘lishini quyidagi  kompleks tadbirlar 

ta’minlaydi: 

-buxgaleriya hisobini qonuniy  tartibga solish va uning meyoriy  bazasini shakllantirish

-uslubiy ta’minot (yо‘riqnomalar, uslubiy kо‘rsatmalar, sharhlar); 

-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash

-xalqaro professional  tashkilotlar  bilan hamkorlik

-hisobni boshqarish tizimini qaytadan  tashkil etish yо‘li bilan. 

Korxonadagi  hisob  axborotlarini  bozor    iqtisodiyoti    talablariga    javob  berishiga,  obyektiv, 

hammaga  tushunarli  ruyi-rost  va  boshqaruv  faoliyati,  shuningdek  tashqi  foydalanuvchilar  uchun 

himoyalangan    bо‘lishligiga  ijodiy  yondoshganda  va  barcha  meyoriy  hujjatlarni  asoslanganda 

erishish mumkin. 

Buxgalteriya  apparati  hujjatlarni  ishlab  chiqishi,  buxgalteriya  registrlarida  hisob  yozuvlarini 

oqilona  olib    borishi  va  ular  asosida    boshqaruv  va  moliyaviy  hisobotlarni  tuzishni    ta’minlashi 

zarur. 

Buxgalteriya hisobi alohida ajralgan holda ishlamaydi, balki u  bozor iqtisodiyotining barcha 

infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi  hisoblanadi. Hech qanday  iqtisodiy islohot, shu jumladan 



 

bank tizimi, soliqqa tortish, statistika va b., ushbu  islohotlarga mos keladigan xalqaro prinsiplarga 



asoslanib tuzilgan buxgalteriya hisobi va hisobotisiz  muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 

Malakali buxgalterlarni kо‘paytirmasdan turib tо‘laqonli  rivojlanayotgan  buxgalteriyani kо‘z 

oldimizga    keltira  olmaymiz.  Raqobatga  asoslangan  iqtisodiyot  sharoitida  buxgalter  xо‘jalik 

muomalalarini  ma’nosini tо‘liq tushunishi, nomaqbul voqealar rivojlanishini oldindan kо‘ra bilishi, 

uni  bartaraf  etishning  foydali  variantlarini    rahbarga  taklif  eta  olishi,  xо‘jalik  faoliyatini    tо‘g‘ri 

yо‘lga  solishda  rahbarni  eng  ishonchli  ma’lumotlar  bilan  ta’minlay  oladigan  mutaxassis  bо‘lishi 

kerak. 


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə