Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari


stajirovka o‘tash dasturi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə12/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
00 Stajirovka Mamajonova

stajirovka o‘tash dasturi — stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha tadbirlarni qamrab olgan stajirovka rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan dastur (xorijda stajirovka o‘tash dasturi OTM rektori (direktori) tomonidan tasdiqlanadi);
qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda o‘tkaziladigan yuridik shaxs;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini o‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga ko‘maklashish mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
2. Mazkur Nizom talablari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markaziga;
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy OTMlariga, shuningdek yuridik ta`lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga yuboriladi.
4. Stajirovka:
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;
kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.
5. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka o‘tash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda o‘tashi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə