180
R
-
eng qattiq metall
“Kimyoviy bahru-bayt” o’yini
Bu o’yinda o’quvchilar yoddan biladigan
kimyoviy elementlar nomini
doskaga tez yoza olishlari tekshiriladi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linib, ikkita
raqib guruh vakili doskada
bir-birini takrorlamasdan, tez va hatosiz kimyoviy
element belgisini galma-gal yozadi. Qaysi elementni yozganligini ovozini chiqarib
aytadi. Bu o’yinni oksidlarning, asoslarning, kislotalarning, tuzlarning formulasini
o’rganishda ham qo’llash mumkin.
“Svetafor chiroqlarida kimyo” o’yini.
Bu o’yinda odatdagidek test savoli tuziladi. 3 ta javob yoziladi.
Javob
nomerlari qizil, sariq, yashil katakchalarga belgilanadi. O’quvchi to’g’ri deb
topgan javobning katakchasini ko’rsatadi.
(O’qituvchi o’zi biladigan qilib hamma to’g’ri javoblarni bir hil rangli
katakka,
aytaylik, yashil katakga yozgan bo’ladi.) Shunda test savolini,
javobini o’qib ko`rmasdan turib, o’qituvchi o’quvchilarni
tezkor va yoppasiga
baholashi mumkin bo’ladi.
“Kimyoviy bog’bon” o’yini.
Stolda 97 ta metall, 23 ta metallmas, 25 tadan oksidlar, asoslar, kislotalar,
tuzlar formulasi yozilgan kartochkalar joylashgan. 6
ta daraxtga mos
ravishda: metallar–archa, metallmaslar-qarag’ay, oksidlar –olma, asoslar –anor,
kislotalar-nok, tuzlar-gilos deb nomlangan.
“Kimyoviy bog’bon” o’yinida bolalar bir xil daraxtga o’zining
mevasini osib chiqishi kerak bo’ladi. Bunda qancha ko’p mevani to’g’ri
joylashtirsa, shuncha ko’p ochko to’playdi. Har bir “meva” bir ochkodan keltiradi.
181
Bu o’yin o’quvchilarning oddiy va murakkab moddalarni bir-biridan ajrata
olishini, anorganik murakkab moddalarni sinflarga bo’la
olishini tekshirishga va
baholashga yordam beradi.
“ Formulalar bilan bekinmachoq” o`yini
O`yin
maqsadi.
Diqqatni
rivojlantirish.
Noorganik
moddalarning
formulalarini tuzish ko`nikmalarini tekshirish.
O`yin jihozlari.
Formula tarkibiga kiruvchi element belgisi tushirib
qoldirlgan formula yozilgan kartochkalar.
Topshiriq.
Yasрirinib qolgan elementlarnii toping. Hosil bo`lgan formulani
o`qing va moddani nomlang. O`quvchilarga topilgan
moddaning qaysi sinfga
mansubligi va xossalariga oid ma`lumotlarni aytib berishi orqali topshiriqni
murakkablashtirish mumkin.
O`yinning javobi:
Dostları ilə paylaş: