simmetriya elementi deb ataladi.
Kristallarda simmetriyaning 32 xil ko’rinishi bo’lib, 7 guruhga yoki Kristallogra-
fik singoniyalarga ajraladi. Ular triklinik, monoklinik, rombik, trigonal, tetrogonal,
gegsogonal, kub singoniyalardir. Ular murakkablik jihatidan quyi, o’rta va yuqori
singoniyalarga bo’linadi. Bu singoniyalarga kiruvchi minerallar kristallarida
yoqlar, tekislik, markaz va o’qlar soni ifodalangan va bir mineral ikkinchisidan
shu bilan farq qiladi.
5.3. Minerallarning fizikaviy xossalari. Minerallarning asosiy fizikaviy xossalari qattiqligi, zichligi, birikkanligi,
sinishi, yaltiroqligi, rangidir. Ular minerallarning kimyoviy tarkibi va kristal
panjaralarning tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Qattiqligi. Minerallarning qattiqligi unga biror qattiqrok bo’lgan
moddaning botib kirishiga qarshiligi tushunilib, qattiqligi ma’lum bo’lgan mineral
yoki predmet bilan tirnalib aniqlanadi. Minerallarning qattiqligini Moos shkalasi
bo’yicha aniqlanib, unda qattiqligi 1 dan 10 gacha bo’lgan minerallar qattiqlik
navbati bilan joylashgandir.