|
Muhandislik -geologik tadqiqotlarNokristal strukturali tog’ jinslari-qullanmaNokristal strukturali tog’ jinslari
ichida - parchalangan (jinsni boshqa
tog’ jinsi parchalari, komponentlari tashkil etadi) va organogen (turli organizmlar
skeletlari qoldiqlari) strukturali tuzilish ko’zga tashlanib turadi. Shuningdek
aralash strukturali: masalan; porfirli - yashirin kristalli massada alohida
minerallarning joylashuvini xarakterlovchi, organogenli parchali (nokristal),
jinslarning parchalari, organik qoldiqlar va boshqalardan tuzilganligi bilan
xarakterlanadi. Kristallarning o’lchamiga ko’ra: yirik donador struktura -
kristallarning diametri 5mm dan katta, o’rta donador struktura - 5 - 1mm, mayda
donador struktura - 1mm dan kichik va turli donali strukturalar bo’ladi. Donalar
o’zaro joylashuvi bo’yicha bir jinsli donador, tartibsiz yoki tartibli joylashgan
donalarga bo’linadi.
Tekstura
- yirik hajmdagi tog’ jinsining tuzilishini, yotish xususiyatini,
jins tashkil etgan minerallarning o’zaro joylashuvini ko’rsatadi. Tog’ jinslarining
yotish shakli bo’yicha zich (massivli) va g’ovakli strukturalarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|