Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə16/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

dG0 = - RTlnk
Bunda bog‘lanish konstantasi qiymati 107 M-1 dan 103 M-1 ga o‘zgarishida erkin energiya o‘zgarishi qiymati 17,8 kJ/mol ni tashkil etadi. Yuqoridagi jarayonda bitta ATF molekulasi gidrolizlanganda ajralib chiquvchi 40 kJ /mol energiya membrana orqali ikkita Ca2+ ionining aktiv tashilishini ta'minlaydi.
Biologik membranalar orqali ionlar tashilishi turlari bu jarayonlarning mustaqil yoki bog‘liq holatda bo‘lishi aosida quyidagicha bo‘lib o‘rganiladi:
1) Moddalarning membrana orqali uniport tashilishi. Bunda tashiluvchi ion yoki neytral molekula mustaqil holatda membrana qarama- qarshi tomoniga o‘tkaziladi. Bu jarayonga O2 ning hujayra membranasi orqali ichki qismiga o‘tishini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
2) Moddalarning membrana orqali simport tashilishida esa ikki turdagi modda bir yo‘nalishda, birgalikda tashiladi va bu jarayonga misol qilib, uglevod, aminokislotalarning Na+ ioni bilan birgalikda hujayra membranasi orqali o‘tishini ko‘rsatish mumkin.
3) Biomembrana orqali tashiluvchi ikki xil ion yoki neytral molekula bog‘langan holatda qarama-qarshi tomoniga o‘tkazilishi, masalan ATF va ADF molekulasining mitoxondriya membranasi orqali tashilish jarayoni antiport tashilish deb ataladi.
4.2. Hujayradagi qo‘zg‘alish jarayonlarining kechishida biomembranalardagi ion kanallari va ionoforlarning o‘rni.
Biologik organizmlarda kechuvchi hayotiy jarayonlar asosini bevosita hujayra darajasida kechuvchi jarayonlar tashkil etadi. Hujayra membranasida boradigan murakkab jarayonlar natijasida qo‘zg‘alish, fotosintez, nafas olish kabi ko‘plab muhim xayotiy jarayonlar amalga oshadi. Hujayra membranasi umumiy holatda oqsil molekulalari joylashgan lipid qo‘shqavatidan tashkil topgan. Membranada lipid qo‘shqavatida joylashgan oqsil molekulalari asosan ion kanallari, ion nasoslari va retseptorlarni xosil qiladi. Membranada joylashgan ion kanali xosil qiluvchi oqsil molekulalari ma'lum bir ionni kimyoviy gradient bo‘yicha tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega. Ion kanallari ochilish va yopilish mexanizmlariga ko‘ra potensialga bog‘liq, ligandlar ta'siriga sezuvchan yoki mexanik ta'sirdan faollashuvchi guruhlarga bo‘linadi. Ion kanallari uchun maxsus tanlovchanlik xususiyati xarakterli hisoblanadi. Hujayra membranasi ion kanallarining umumiy elektrik xususiyatlarini yetarlicha o‘rganib chiqilgan [Sackmann, 1983]. Biologik evolyusiya davomida tirik organizm hujayralarida kechadigan turli xil murakab tartibli jarayonlar bevosita ion tashilish tizimlarining faoliyati orqali amalga oshishi tarkib topgan. Shu nuqtai nazardan to‘qima, butun bir organizmda amalga oshuvchi jarayonlarni ilmiy asoslash bevosita hujayra ion tashilish tizimlari darajasidagi bilimlarni talab qiladi. Ayniqsa turli xil patologik jarayonlar hujayra ion kanallarida ro‘y beruvchi o‘zgarishlarga bog‘liq amalga oshadi. Hujayrada ion kanallari funksiyasi parametrlari turli xil moddalar ta'sirida o‘zgaradi. Bunda modulyator moddalar ion kanaliga bevosita yoki turli xil retseptor tizimlari orqali ta'sir ko‘rsatadi.
Membranada ionlarning o‘tishi maxsus oqsillar orqali amalga oshadi, ular ion kanallari deyiladi. Ion kanallarining darvozasi ochilganda ionlar hujayra ichiga yoki hujayra tashqarisiga harakatlanadi.
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar faoliyati uchun ularning membranalarida Na+, K+, C1- ,Ca++ ionlarini o‘tkazuvchi maxsus kanallar bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Ular selektiv, o‘ziga xos va o‘ziga xos bo‘lmagan kanallarga bo‘linadi[44].
Membranalogiyada ion kanali deganda membrananing lipid qatlamida joylashgan va elektrokimyoviy gradient bo‘yicha membrananing bir tomonidan ikkinchi tomoniga ma'lum bir ionlarni o‘tkazuvchi murakkab tuzilgan oqsil yoki glikoproteid makromolekulasi tushuniladi (12-rasm).


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə