37
2.3. C++ dasturlash tilidan yaratilgan multimediyali dars ahamiyati.
Active Tutor dasturidan foydalangan holda multimediyali dars
yaratishimizdan maqsad. Tovushlar va video elementlar bilan ishlash mul'timedia
vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga
oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komp'yuter- mul'timedia-
komp'yuter deb ataladi. Ma'lumki talabalarning ma'ruzani eshitish orqali 25% ga
yaqini o'zlashtiradi, shunday ekan biz Active Tutor dasturidan foydalangan holda
multimediyali dars liklik yaratish orqali talabalarga multimediyali harakatlardan
foydalanib darsliklar ishlab chiqarilsa talaba ko’rish va eshitish, amaliy ishlarni
bajarilishini ko’rish imkiniga ega bo’lishadi va talabalar ma’lumotlarni 90%% ni
eslab qolishadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir vaqtning o'zida ham ma'ruzani
eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko'rish va uni ekranda chiqarishni
aktiv boshqarish o'zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o'quv
dasturlaridan Active Tutor kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibidan
foydalaniladi.
Birinchidan. Biz multimediali dars yaratish uchun dastlab bizga Active
Tutor (Active Tutor Recorder + Active Tutor Player) dasturlari o’rnatishimiz
kerak bo’ladi.
Active Tutor Recorder dasturini o’rnatish quyidagicha bo’ladi. Dastlab
uni exe faylini tanlab olamiz. Tanlangan exe faylni ustida sichqonchani chap
tugmasi 2 marotaba bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi.