O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
 
 
 


31 
Nazorat savollari: 
1. Hayot sug‗urtasining ob‘ekti va predmeti nimalardan iborat? 
2. Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlaridan qanday jihatlari bilan farq 
qiladi? 
3. Hayot sug‗urtasi qaysi mamlakatlarda rivojlangan? 
4. Hayot sug‗urtasining asosiy printsiplari nimalardan iborat? 
5. Hayot sug‗urtasining rivojlanishi ushun to‗sqinlik qilayotgan omillar. 
6. Hayot sug‗urtasining muhim xususiyatlarini sanab bering?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


32 
3-BOB. HAYOT SUG„URTASINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY 
ASOSLARI 
 
3.1. Hayot sug„urtasini huquqiy tartibga solishning o„ziga 
 xos xususiyatlari 
Sug‗urta xizmatlari va sug‗urta bozori bozor munosabatlariga tayanuvchi har 
qanday mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hamda moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy 
qismlaridan bo‗lib hisoblanadi. Sug‗urta tizimining asosi bo‗lmish moliyaviy 
faoliyat har qanday davlatning kundalik amaliyotida markaziy o‗rin tutadi. Chunki 
davlat hamda jamiyatning buguni va ertasi, barcha jabhalaridagi taraqqiyoti, 
xavfsizligi mamlakatda davlat moliyaviy faoliyati hamda moliyaviy amaliyot 
samaradorligi, moliyaviy tizimlar, xususan sug‗urta tizimi ish faoliyatining 
mukammalligi, 
davlat 
daromadlari 
va 
xarajatlari 
oqimining 
o‗zaro 
muvofiqlashtirilganligi, to‗g‗ri tashkil etilganligiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir. 
Mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti davomida sug‗urta xizmatlari 
bozorini rivojlantirish va uning huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirib 
borish davlatimizdagi islohotlarning muhim tarkibiy qismlaridandir. 
Milliy sug‗urta bozorini yanada isloh qilishning eng muhim yo‗nalishlari uni 
asta-syokin erkinlashtirishdan hamda respublika sug‗urta faoliyatini boshqarish va 
nazorat qilish asoslarini yaratishdan iboratdir. Jahon tajribasidan ma‘lumki 
sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi huquqiy normalarsiz uni 
erkinlashtirish, ayniqsa o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan davlatlar sug‗urta 
bozorida tartibsizliklar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham 
Respublika sug‗urta faoliyatini huquqiy asoslarini yanada shakllantirish eng 
dolzarb masalalardan sanaladi. 
Sug‗urtani huquqiy tartibga solishning ustuvor yo‗nalishlaridan eng muhimi 
sug‗urta munosabatlarida tomonlarning o‗zaro aloqalari va respublika sug‗urta 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari belgilangan tegishli 
huquqiy bazani mavjud bo‗lishidir. 


33 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida sug‗urta sohasini tartibga 
solishning uch turi mavjud:
 
1.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi umumfuqarolik qonunchiligi; 
2.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus sug‗urta qonunchiligi; 
3.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi tegishli vazirlik va idoralarning 
qarorlari, me‘yoriy xujjatlari. 
Umumfuqarolik qonunchiligi: bu pog‗onada birinchi galda O‗zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1 va 2-qismlari, hamda bir qator shunga 
o‗xshash huquqiy-normativ xujjatlar joy olgan. 
Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik huquqiy munosabatlari sub‘ektlari orasida 
yuzaga keladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu 
munosabatlarning sub‘ektlari bo‗lib fuqarolar (jismoniy shaxslar), korxona va 
tashkilotlar (yuridik shaxslar), hamda davlat boshqaruv organlari hisoblanadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarining ob‘ekti bo‗lib moddiy va nomoddiy 
boyliklar hisoblanadi. Sug‗urta munosabatlarining ob‘ekti bo‗lib esa moddiy va pul 
ko‗rinishidagi qimmatliklar (mulk, xarajatlar, daromadlar) va insonning shaxsiy 
nomoddiy boyligi – hayoti, sog‗lig‗i, mehnat qobiliyati va shu kabi sug‗urta 
shartnomasi amal qilish davrida sog‗liqni yo‗qotilishi yoki vafot etish hodisasi 
bilan oilaviy daromadni yo‗qotilishi bilan bog‗liq bo‗lgan qaltisliklar hisoblanadi. 
Sub‘ekti bo‗lib, sug‗urtalovchilar, sug‗urta qildiruvchilar va uchinchi shaxslar 
hisoblanadi. Bulardan ko‗rinib turibdiki, sug‗urta munosabatlari umumfuqarolik 
huquqlari asosida tartibga solinadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismida 
sug‗urtaviy huquqiy munosabatlar, ya‘ni jismoniy va yuridik shaxslar, tijorat va 
notijorat faoliyat, tadbirkorlik faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari kabi 
tushunchalar mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismida 
sug‗urtaga bag‗ishlangan maxsus ―Sug‗urta‖ deb atalgan 52-bob qayd etilgan 
bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning alohida turi sifatida sug‗urta munosabatlarining 
asosi belgilangan.


34 
Maxsus sug‗urta qonunchiligi: bu turga sug‗urta masalalarini boshqaruvchi 
va tartibga soluvchi O‗zbekiston Respublikasining alohida qonunlari mansubdir. 
Bunday qonunlarga O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta faoliyati 
to‗g‗risida‖gi, ―Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish 
to‗g‗risida‖gi, ―Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi, ―Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi qonunlari hamda majburiy qonunchilik statusiga ega 
bo‗lgan Prezident farmonlari va hukumat qarorlari kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni 
sug‗urta bozoridagi barcha sug‗urtalovchilar uchun sug‗urtani amalga oshirishlari 
uchun birdek sharoit yaratish, sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya 
qilishni kafolatlash, sug‗urtani tashkil etishning yagona metodik qo‗llanmasini 
belgilash va sug‗urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
prinsiplarini belgilashda namoyon bo‗ladi. Mamlakatimizda 2002 yil 28 mayga 
qadar 1993 yil 6 mayda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta 
to‗g‗risida‖gi qonuni amal qilgan. 
Sug‗urta munosabatlarini va ularning qatnashchilarini huquqiy tartibga 
solish jarayonida ularning huquq va majburiyatlari belgilangan bo‗lib, 
sug‗urtalovchi sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan shartlar 
va muddatlarda sug‗urta himoyasini taqdim etadi, sug‗urta qildiruvchi esa 
sug‗urtalovchiga shartnomada shartlashilgan sug‗urta mukofotini belgilangan 
muddatda va xajmda to‗lash orqali ularning huquq va majburiyatlari amalga 
oshiriladi. 
Qonun osti xujjatlar: bunga tegishli vazirlik va idoralarning qarorlari, 
yo‗riqnomalari, qoidalari va boshqa shu kabilar taalluqlidir. 
Yuqoridagi 
birinchi 
va 
ikkinchi 
tur 
qonunchilikda 
sug‗urta 
munosabatlarining asosiy tushunchalari, majburiy va ixtiyoriy sug‗urta 
shartnomalariga bo‗lgan umumiy talab qayd etiladi. Qonun osti xujjatlarida esa 
sug‗urta faoliyatidagi alohida masalalar bo‗yicha talablar belgilangan bo‗ladi.


35 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 920-moddasi shartlariga 
ko‗ra, shaxsiy sug‗urta shartnomasi bo‗yicha bir taraf (sug‗urtalovchi) boshqa taraf 
(sug‗urta qildiruvchi) to‗laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‗urta 
mukofoti) evaziga sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoxud shartnomada 
ko‗rsatilgan boshqa fuqaro (sug‗urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‗lig‗iga 
zarar etkazilgan, u muayyan yoshga to‗lgan yoki uning hayotida shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‗urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada 
shartlashilgan pulni (sug‗urta pulini) bir yo‗la yoki vaqti-vaqti bilan to‗lab turish 
majburiyatini oladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasi 2-qismiga 
asosan shaxsiy sug‗urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan bu turdagi sug‗urta shartnomasiga mazkur Kodeksning ommaviy 
shartnomaga oid shartlari ham tadbiq etiladi. Chunonchi, O‗zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 358–moddasiga binoan tashkilot tomonidan tuzilgan 
hamda uning bunday tashkilot o‗z faoliyati xususiyatiga ko‗ra o‗ziga murojaat 
qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‗lgan tovarlar sotish, 
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, 
umumiy foydalanishdagi transportda yo‗lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya 
bilan ta‘minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‗yadigan 
shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Ushbu modda talablaridan kelib chiqqan 
holda ommaviy shartnomaga xos quyidagi belgilarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
-
agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‗lsa, 
bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan 
afzal ko‗rishga haqli emas; 
-
tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy 
shartnomaning boshqa shartlari hamma iste‘molchilar uchun bir xil qilib 
belgilanadi (qonun hujjatlarida iste‘molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar 
berilishiga yo‗l qo‗yiladigan hollar bundan mustasno); 


36 
-
tashkilotning iste‘molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‗rsatish, 
uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‗la turib ommaviy shartnoma 
tuzishdan bosh tortishiga yo‗l qo‗yilmaydi; 
-
shartnoma tuzishi majburiy bo‗lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi 
taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga 
haqli; 
-
shartnoma tuzishdan asossiz bo‗yin tovlayotgan taraf shu tufayli etkazilgan 
zararlarni boshqa tarafga to‗lashi kerak; 
-
qonunda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Hukumati 
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‗lgan 
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. 
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi kimning foydasini ko‗zlab tuzilgan bo‗lsa, 
o‗sha shaxs sug‗urta pulini olish huquqiga ega bo‗ladi. Agar shartnomada naf 
oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‗rsatilmagan bo‗lsa, shaxsiy sug‗urta shartnomasi 
sug‗urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi 
ko‗rsatilmagan shartnoma bo‗yicha sug‗urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, 
sug‗urtalangan shaxsning merosxo‗rlari naf oluvchilar deb tan olinadi. 
Ta‘kidlash lozimki, sug‗urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, 
shu jumladan sug‗urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‗urta qildiruvchi 
foydasiga shaxsiy sug‗urta shartnomasi faqat sug‗urtalangan shaxsning yozma 
roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‗lmagan taqdirda, sug‗urta 
shartnomasi sug‗urtalangan shaxsning da‘vosi bo‗yicha, bu shaxs vafot etgan 
taqdirda esa, uning merosxo‗rlari da‘vosi bo‗yicha haqiqiy emas deb topilishi 
mumkin. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə