O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə109/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

129. Rossiyada birinchi Universitetni kim, qachon tashkil qilgan?
1. M.V.Lomonosov, 1755-yil; 2. N.Semyonov, 1878 –yil;
3. A.Butlerov, 1835-yil; 4. A.Markovnikov, 1859-yil.
130. 1740-yil M.V.Lomonosov qanday nazariyani yaratdi?

  1. Korpuskulyar nazariyani; D. Flogiston nazariyasini;

  2. Moddalar massasinig saqlanish qonuni;

  3. Gazlar nazariyasini

131. Atom-molekulyar ta’limotning yaratilish davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

  1. 1792-1802 B. 1739-1779 C. 1730-1810 D. 1740-1760

132. Tarkibning doimiylik qonunini yaratgan olim kim?
A. Prust; B. Rixter; C. Gey-Lyussak; D. Mitcherlix
133. 1762-1807 yillarda yashagan va ekvivalentlar haqida qonun yaratgan olim?
1. Rixter; 2. Gey-Lyussak; 3. Prust; 4. Mitcherlix.
134. Qaysi jarayon bilimning yagona manbai hissiyot natijasida tajribalar orqali yig’ilgan ilm deb sanaydi?
1. Empirizm 2. Ratsionalizm 3. Sinflash 4. Tizimlashtirish
135. Bilishning qaysi jarayonida ong oliy rivojlanishning asosiy manbai deb hisoblanadi.
1. Ratsionalizm 2. Empirizm 3. Sinflash 4. Tizimlashtirish
136. Ratsionalizm qanday bosqich?
1. Kimyoviy rivojlanishning bu bosqichida o’zaro aloqalarni aniqlashga harakat qiladi, misol uchun kimyoviy tuzilish bilan xossalar orasidagi uzviy aloqalar. Bilishning bu jarayonida ong oliy rivojlanishning asosiy manbai deb hisoblanadi.
2. Bilimning yagona manbai hissiyot natijasida tajribalar orqali yig’ilgan ilm deb sanaydi. Bu bosqichda qaysi reaksiyalar qanday amalga oshdi deb kuzatiladi.
3. Kimyo tarixining asosiy vazifasi har xil tarixiy davrlardagi kimyo­viy bilimlar, gipoteza va eksperimental tadqiqotlarning rivojlanishini tanqidiy tahlil qilishdan iborat.
4. Bu - har qaysi fanning asosiy funksiyasidir. Dastlabki kimyoviy sinflanishda moddalarning fizik holati va xossalariga qarashgan.
137. Empirizmni izohlang.
1. Bilimning yagona manbai hissiyot natijasida tajribalar orqali yig’ilgan ilm deb sanaydi. Bu bosqichda qaysi reaksiyalar qanday amalga oshdi deb kuzatiladi.
2. Kimyoviy rivojlanishning bu bosqichida o’zaro aloqalarni aniqlashga harakat qiladi, misol uchun kimyoviy tuzilish bilan xossalar orasidagi uzviy aloqalar. Bilishning bu jarayonida ong oliy rivojlanishning asosiy manbai deb hisoblanadi.
3. Uning asosiy vazifasi har xil tarixiy davrlardagi kimyo­viy bilimlar, gipoteza va eksperimental tadqiqotlarning rivojlanishini tanqidiy tahlil qilishdan iborat.
4. Bu jarayon har qaysi fanning asosiy funksiyasidir. Dastlabki kimyoviy sinflanishda moddalarning fizik holati va xossalariga qarashgan.
138. Insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixi beradi, deb aytgan olim kim?
1. Ostvald; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Engels.
139. Kimyoning boshqa fanlarga va jamiyatdagi progressga ta’siri kattaligini va buni keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligini uqtirgan olim?
1. Koptyug; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Engels.
140. Qaysi olim "Amalda texnik taraqqiyot darajasi fanning holati bilan belgilansa ham, fanning o’zi texnikaning ehtiyojlari bilan belgilanadi" degan?
1. Engels; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Koptyug.
141. Bizning eramizgacha Misrda … yil, Hindistonda … yil, Xitoyda … yil ilgari ham ol­tin taqinchoqlari va harbiy aslahalar ishlatilgan.
1. 5000; 4000-2500; 3000; 2. 4000-2500; 5000; 3000;
3. 3000; 5000; 4000-2500; 4. 5000; 3000; 4000-2500.
142. Qaysi joyning bronzasi 4-13 % qalaydan tashqari 3-4 % gacha mishyak tutgan?
1. Hindiston; 2. Qadimiy Xitoy; 3. Assiriya; 4. Misr.
143. Qadimiy … bronzasining tarkibida qalayning miqdori turlicha: qo’ng’iroqlarda-16%, ko’zgu va boshqa jilo beruvchi qotishmalarda - 50 % bo’lgan.
1. Xitoy; 2. Hindiston; 3. Assiriya; 4. Misr.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə