O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya»


O‘rta Osiyo daryolarining tavsiflari



Yüklə 47,24 Kb.
səhifə10/12
tarix29.11.2023
ölçüsü47,24 Kb.
#140210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «suv xo‘ja-fayllar.org

O‘rta Osiyo daryolarining tavsiflari
Daryo havzasi
Suv
yig‘ish
maydoni
ming
km
2
O‘rtacha
suv sarfi,
m
3
/s
Yillik
oqim
km
3
Oqim
moduli,
1 km ga
l/s
Haydashg
a yaroqli
yer
maydoni,
ming
gektar
Tabiiy
sug‘orish
moduli
1 km ga l/s



14
Amudaryo havzasi


227
2500
79,5
11,0
10700
23,3
Panj
107
1000
35,0
9,3
380
258
Vaxsh
34
670
21,2
19,4
140
480
Kofirnigon
8
180
5,7
22,3
170
115
Surxondaryo
8
120
3,8
14,6
390
33
Amudaryo
199
2000
62,7
10,0
4200
47,6
Qashqadaryo
4
38
1,3
9,5
1350
2,8
Zarafshon
18
165
5,2
9,2
1800
9,2
Kopetdog‘ daryolari
223
90
2,8
0,4
2930
3,1
Sirdaryo havzasi
150
1200
38,0
8,0
5200
23
Norin
58
417
13,2
7,1
170
245
Qoradaryo
23
120
3,8
5,2
400
30
Sirdaryo
142
500
16,0
3,5
2800
17,8
CHirchiq
11
219
7,0
20,0
420
52
CHu
25
130
4,1
5,2
720
18
Daryolarning suv bilan i ta’minlanish xarakteri.
Daryolarni doimiy ta’minlash manbai yog‘in – sochinning bir qismi infiltratsiyasi
hisobiga hosil bo‘ladigan yer osti suvlari tog‘ va tog‘oldi oblastlarining yuza suvlaridir.
Qishda qor erimaganda yer osti suvlari daryo suvining asosiy manbaidir.
O‘rta Osiyo daryolari ta’minlanish xarakteriga qarab to‘rt tipga bo‘linadi: muz-
qorli, qor – muzli, qorli va qorli – yomg‘irli ta’minlanish.
Muz – qorli ta’minlanish tipidagi daryolar suv sarfi rejimi va oqimining yuqori
turg‘unligi bilan hamda iyul – avgustda bo‘ladigan kechki toshqinlar bilan ajralib turadi.
Ularning ta’minlanishi baland tog‘larning doimiy qor va muzliklari hisobiga bo‘ladi.
Ulardan eng tipigi Amudaryodir. Qor – yomg‘irli tipdagi daryolar ta’minlanishida baland
tog‘lardagi qor qatnashmaydi, lekin yomg‘ir oqimi sezilarli rol o‘ynaydi. Bu tipdagi
daryolar yil davomida oqimining ko‘p o‘zgaruvchanligi va erta toshishi (may) bilan farq
qiladi. Suv yig‘ish havzasi 1500 m dan pastda joylashgan Ohangaron daryosi bunga
misol bo‘la oladi.
Qorli – muzli ta’minlanish O‘rta Osiyo daryolarining tabiiy rejimining o‘ziga
xosligini belgilaydi: yozda davomli (3-4 oy) suv sathining yuqori bo‘lishi toshqinliligi
sug‘orish uchun qulaydir. Tog‘ tizmalarining balandliklari turlicha bo‘lishi va vertikal
termik gradiyent mavjudliligi tufayli tog‘larda musbat havo harorati va qor erishi iyul –
avgustga, ya’ni tekisliklarda qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga talabi keskin oshgan
davrga to‘g‘ri keladi.
Qorli va qorli – muzli manbali daryolar ekinlarni suv bilan ta’minlashi kuzgi-
qishki oqimni va bahorgi toshqinlarni tartibga solish uchun suv omborlarini qurish taqozo
etiladi.
Qor – yomg‘ir bilan ta’minlanadigan suv manbalarini qisqa vegetatsiya davriga
ega va suvga talabi kam bo‘lgan donli ekinlarni sug‘orishga ishlatgan ma’qul.
Ta’minlanish manbaiga qarab daryolar oqimining yil davomidagi taqsimlanishi
toshqinlarning o‘tish vaqti va davomiyligi bilan farqlanadi. Qor bilan ta’minlanadigan
daryolarda toshqinlar aprel – may oylarida, muzdan ta’minlanadiganlarida iyul –avgust
oylarida o‘tadi. Aralash manbaga ega bo‘lgan daryolarda ko‘pincha ikki marta toshqin:



15
bahorgisi – aprelda, yozgisi –iyulda davomli bo‘ladi. Hamma daryolarda oraliq davr


oktyabr – fevral oylariga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 47,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə