Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148
9-biologiya

23­ §. Lipidlar
Suvda erimaydigan organik birikmalar 
lipidlar
yoki 
yog‘lar
deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bi-
lan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar – ney-
t ral yog‘lardir. hayvonlarning neytral yog‘lari —
 yog‘lar,
o‘simlik 
yog‘lari esa —
 moylar
deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda 
suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai si-
fatida namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga 
nisbatan 1,5–2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 gramm yog‘ning to‘liq 
parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi. hujay-
radagi yog‘ning miqdori 5–15 % atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalari-
ning hujayralarida yog‘ning miqdori 90 % gacha boradi. Qishki 
uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida yog‘lar ortiqcha miq-
dorda to‘planadi. umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog‘lar 
to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larning parcha-
lanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. 1 kg yog‘ ok-
http:eduportal.uz


62
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
sidlanganda 1,1 litr suv hosil bo‘ladi. Bu metabolik suv cho‘l hay-
vonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Tuya o‘rkachida to‘plan-
gan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pincha shunday noto‘g‘ri 
tushuncha mavjud) balki suv manbayi hisoblanadi. o‘simliklar-
ning urug‘larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘p miqdorda 
to‘planadi. Bularga moyli o‘simliklardan kungaboqar, zig‘ir, g‘o‘za, 
soya, maxsar va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Oddiy lipidlar 
kimyoviy jihatdan glitserin va yog‘ kislotasidan 
iborat. oddiy lipidlarning yana bir vakili mumlardir. o‘simlik va 
hayvonlar bu moddadan suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalana-
di. Mumdan, asalarilar uya quradi.
Tirik organizmlarning hujayralarida 
murakkab
lipidlar ham 
muhim ahamiyatga ega. Murakkab lipidlar tarkibida glitserin va 
yog‘ kislotasidan tashqari qo‘shimcha birikmalar bo‘ladi. Bulardan 
biri fosfolipidlar bo‘lib, hujayra membranalari tarkibiga kiradi. ular 
membranalarni hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblana-
di. Lipidlar oqsillar bilan birikib 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə