Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32

 

43 

Baxtga  qarshi,  haqparastlik  kompleksi  har  birimizda  kuchsiz  bo’lsa  ham  mavjud. 

Axir,  qay  birimiz  birov  bilan  bahsda  osongina  yengilamiz?  Bahs  san’ati  haqida  keyingi 

boblarda  aytib  o’tilgan,  ammo  sizga  kezi  kelganda  bir  sirni  ochib  o’tay:  bahsda 



suhbatdoshi  nuqtayi  nazarini  tan  olgan  odam  yutadi,  chunki  bahsda  o’z  fikrini 

o’tkaza  olgan  odam  shu  fikrlari  to’g’ri  ekaniga  yana  bir  bor  amin  bo’ladi  va  undagi 

haqparastlik  kompleksi  mustahkamlanadi.  Raqibi  fikrini  qabul  qilgan  odam  esa  bu  ishi 

bilan  o’zidagi  kompleksni  susaytiradi. 

Haqparastlik  kompleksining  alohida  ko’rinishi  –  bu  adolat  hissidir.  Adolat  hissiga 

birgina  misol  keltiraman  –  siz  buning  nima  ekanini  darhol  anglab  olasiz.  Siz  o’z 

uyingizda  oynayi  jahon  qarshisida  maza  qilib  tovuq  sho’rva  ichib  o’tiribsiz.  Hayvonot 

olami  haqida  ko’rsatuv  ketyapti  deb  tasavvur  qiling.  Unda  bo’rilarning  ov  qilishi  haqida 

hikoya  qilinyapti.  Mana  kattakon  bo’ri  yosh  qo’zichoqni  quvib  yetib,  bir  hamlada  uning 

bo’g’zidan  tishladi.  Shu  lahzada  nimani  his  etasiz?  Qo’ziga  achinasizmi?  Bo’ridan 

jahlingiz  chiqadimi?  Ana  shu  hissiyotlaringiz  asosida  adolat  hissi  turadi.  Endi  men  sizga 

savol  beray – kosangizdagi  tovuqqa  rahmingiz  kelyaptimi?  Yo’q deysizmi?  Nimaga?.. 

Adolat  hissi  –  muhimlik  mevasi.  U  har  doim  vaziyatni  to’g’ri  baholashga  halal 

beradi. 


Shunday 

ekan, 


keyingi 

gal 


kimnidir 

haqsizlikda  ayblab,  haqparastlik 

kompleksiga  berilishdan  avval  sizni  bunga  adolat  hissi  turtkilayotganini  eslang. 

Adolatni  tiklayman  deb o’zingizga  gunoh  orttirib  olishingiz  mumkin. 

Afsuski,  haqparastlik  kompleksidan  qutulish  juda  qiyin.  Har  qalay  buni  faqat 

hayot  uddalashi  mumkin  –  haqparast  o’z  muhimligiga  berilgani  uchun  muammoli 

vaziyatlarga  va  hatto  qattiq  zarbalarga  duch  keladi.  Ana  shu  talato’plar  ham  uni 

kompleksdan  xalos  qila  olmasa,  unga  hech  kim  yordam  bera olmaydi. 

Bizni  ko’ngil  xotirjamligi  va  to’kis  hayotdan  mahrum  qiladigan  yana  bir  illat  – 

kurashchi  kompleksidir.  Bu  kompleks  ta’siridagi  odam  doimiy  jismoniy  va  ruhiy 

zo’riqishda  bo’ladi.  U  har  doim  o’z-o’ziga  talablar  va  marralar  qo’yib,  shu  maqsadlarga 

erishish  uchun  kurashib  yashaydi.  Bunday  odamning  yana  bir  alohida  belgisi  –  u  doim 

har ishda  raqobatga  intilishidir. 

Kurashchi  kompleksi  odamni  juda  tez  holdan  toydirishi  va  hayotiy  energiyasini 

tarqatib  yuborishi  mumkin.  Bu  jihatdan  u  eng  zararli  komplekslardan  biri.  Bu 

kompleksdagi  kishilarga  hasad ham  notanish  emas. 

Agar  bunday  odam  oila,  guruh  yoki  tashkilot  rahbari  bo’lsa,  unda  uning 

qaramog’idagi  barcha  odam  uning  kurashchi  kompleksidan  zarar  ko’radi.  Ular  tabiatdan 

qaysar,  o’z  tamoyillaridan  mahkam  tutgan  va  mag’lubiyatni  hech  tan  olmaydigan 

bo’lishadi. 

Kurashchi  kompleksi  aslida  odam  o’ziga  past  baho  berishi  tufayli  kelib  chiqadi. 

Men  o’zimni  kimdandir  quyiroq  hisoblasam,  menda  buning  aksini  isbotlashga  kuchli 

ehtiyoj  paydo  bo’ladi.  Agar  shaxsiy  muhimlikka  ergashsam,  men  bu  yo’lda  hech 

narsadan  qaytmayman  va o’z maqsadimga  erishmaguncha  tinchimayman. 

Ba’zida  ota-onalar  o’z  farzandida  kurashchi  kompleksini  yaratib  qo’yishadi.  “Sen 

hammadan  zo’r  bo’lishing  kerak”,  “To’rt  baho  yaxshimas  –  faqat  besh  bo’lsin”, 

“Hammaga  kim  ekanligingni  bir  ko’rsatib  qo’y”,  “Shunday  qilginki,  biz  sen  bilan 

faxrlanaylik”  kabi  ta’kidlar  bolada  kurashchi  kompleksini  ildiz  ottiradi  va  rivojlantiradi. 




 

44 

Bolada  yaxshi  farzand  kabi  ota-onaning  mehriga  sazovor  bo’lishning  yagona  yo’li 

qo’yilgan  shartlarni  bajarish  degan  xato  tushuncha  hosil  bo’ladi.  Xo’sh,  bolangiz 

hammadan  zo’r  bo’lmasa  yoki  ba’zida  to’rt  olib  tursa  yoki  kim  ekanligini  dunyoga 

bildirib  qo’ymasa  yoki  sizni  faxrlantiradigan  ish  qilmasa  –  uni  yaxshi  ko’rmay 

qo’yasizmi?  Bolangizda  hech  bir  kompleks  paydo  bo’lmasligini  ta’minlashning 



yagona  siri  uni  shartsiz  yaxshi  ko’rishdir.  Hech  qachon  farzandingizga  bo’lgan 

mehringizni  shartlar  bilan  cheklamang.  Boladan  sizning  mehringizni  olish  uchun  hech 

bir  shartni  bajarish  talab  etilmasin.  Axir,  mehr  – sotilmaydi. 

Bugun  suhbatlashgan  komplekslarimizning  hammasi  –  umumiy  olib  qaraganda  – 

muhimlikdan  kelib  chiqadi.  Shaxsiy  yoki  tashqi  muhimlikka  berilish  oqibatida  odamda 

u  yoki  bu  kemtik  paydo  bo’ladi.  Komplekslar  asosan  sizning  o’zingizga  zarar  yetkazadi 

–  shunday  ekan,  ulardan  xalos  bo’lish  sizning  manfaatingizga  xizmat  qiladi.  Har  qanday 

kompleksni  yengishning  eng  samarali  yo’li  –  uning  ildizi  bo’lgan  muhimlikni  nazorat 

ostiga  olishdir.  Muhimlikni  qanday  jilovlash  kerakligi  haqida  esa  siz  kechagi  suhbatdan 

yaxshi  bilasiz. 




 

45 

PAYSHANBA 

Qo’rquvlar 

Tabiiy va ijtimoiy 

Qo’rquv  –  eng  qadimgi  tuyg’u.  Eng  qadimgi  ajdodlarimizni  ham  aynan  qo’rquv 

to’dalarga  birlashtirgan.  Aynan  qo’rquv  g’orlardan  boshpana  topishga,  keyinchalik 

devorlar  bilan  o’ralgan  shaharlar  qurishga  majbur  qilgan. 

Qo’rquv  odamdagi  eng  kuchli  tuyg’u  hamdir.  Bizning  hayotiy  quvvatimizni  hech 

bir  hissiyot  qo’rquvchalik  tortib  ololmaydi.  Biz  uning  turli  ko’rinishlarini  turlicha 

nomlaymiz  –  hadik,  xavotir,  hayajon,  bezovtalik,  g’ashlik,  sarosima,  vahima,  talvasa  – 

bari  qo’rquvning  qiyofalari.  U  har  doim  yoqimsiz  va  bizning  hayotiy  quvvatimiz 

kushandasi.  Qo’rquv  hatto  sog’liqqa  ham  zarar  yetkazishi  mumkin. 

Odamdagi  qo’rquvlar  tabiiy  yoki  ijtimoiy  bo’lishi  mumkin.  Tabiiy  qo’rquv  asosiy 

tabiiy  ehtiyojdan  kelib  chiqadi  –  ya’ni  o’limdan  qo’rqish.  Bu  tuyg’uga  nafaqat 

odamzod,  balki  borcha  jonli  mavjudotlar  moyil.  Daraxtlar  ham  bolta  ko’targan  odam 

yoki  atrofga  ilashib  borayotgan  alangani  ko’rsalar  –  qo’rqadilar.  Faqat  o’simliklarda  bu 

tuyg’u  hayvonlardan  boshqacha  ichki  jarayonlarga  sabab  bo’ladi.  Issiqqon  jonzotlarda 

tabiiy  qo’rquv  qonga  katta  miqdorda  adrenalin  chiqarilishiga  sabab  bo’ladi  va 

organizmni  harakatga  undaydi.  Adrenalinga  to’yingan  qon  yurak  urishini  tezlashtirib 

beradi.  Bunday  holatda  hayvon  juda  tez  va  dadil  harakat  qiladi.  Natijada  o’limdan  omon 

qolish  uchun  u  oddiy  holatda  qilolmaydigan  harakatlarni  qiladi.  Qo’rquvning  asrovchi 

kuchi  ana shunda. 

Tabiiy  qo’rquv  dunyoni  mukammal  qilish  uchun  ko’rilgan  yana  bir  chora  aslida  – 

chunki  tabiiy  qo’rquv  jonzotlarni  tirik  qolishga  undaydi.  Tasavvur  qiling,  o’limdan 

qo’rqish  bo’lmasa  nima  bo’lardi?  Unda  dunyodagi  borki  jonzotlar  qirilib  ketardi. 

Hayotga  intiluvchanlik  asosida  aynan  o’limdan  qo’rqish  turadi. 

Odamdagi  tabiiy  qo’rquvning  asosiy  manbai  –  noma’lumlik,  xususan,  noma’lum 

kelajak.  Biz  ertaga,  bir  soat  o’tib,  bir  soniyadan  so’ng  nima  bo’lishini  bilmaymiz  – 

shuning  uchun  qo’rqamiz.  Shu  qo’rquv  hozirgi  lahzada  bizni  nimadir  qilishga  undaydi 

va biz  harakat  qilamiz.  Biz  o’z qo’rquvimiz  tufayligina  yashaymiz. 

Ijtimoiy  qo’rquv  –  faqat  odamzodga  xos.  Anglab  turganingizdek,  u  jamiyat  bilan 

birga  shakllanib  borgan.  Bu  qo’rquvning  notabiiyligi  shundaki,  odam  u  bilan 

tug’ilmaydi,  balki  uni  keyinchalik  orttirib  oladi.  Ijtimoiy  tuyg’u  odam  tabiatiga  aql 

orqali  singdiriladi  –  aql  tashqi  ijtimoiy  ta’sirga  o’z  munosabatlarini  ro’yxatga  olib 

boradi,  salbiy  holatlarni  keyinchalik  chetlab  o’tish  uchun  “bundan  qo’rqish  kerak”  deb 

belgilab  ketadi. 

Tabiiy  tuyg’u  noma’lumlikdan  kelib  chiqsa,  ijtimoiy  tuyg’u  –  bilimdan  kelib 

chiqishi  ham  mumkin.  Biz  u  yoki  bu  xatti-harakatlarimiz  qandaydir  ijtimoiy  natijalarga 

olib  kelishini  bilamiz  va shuning  uchun  qo’rqamiz. 

Odamning  yashash  sharoiti  va  hayotda  duch  kelgan  vaziyatlariga  qarab  unda  turli 

xil  ijtimoiy  qo’rquvlar  shakllanishi  mumkin.  Ularning  eng  kuchlisi  –  yolg’izlikdan 

qo’rqishdir.  Ya’ni  odam  a’zo  bo’lgan  jamiyatdan  ajralib  qolishi,  muloqot  va  e’tibordan 

mahrum  bo’lishi  uning  uchun  qo’rqinchli  holat. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə