«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-Amaliy mashg’ulot Yorma sifatini aniqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə248/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

23-Amaliy mashg’ulot Yorma sifatini aniqlash.

Darsning maqsadi. Dondan olinadigan yormalar bilan tani-shish. Talabalarni yorma sifatini aniqlashni, bir turli yorma to’p-lamidan olingan o’rtacha namunalarni tahlil qilishni o’rgatish.

Vazifa. Yorma namunasini ajratish va yormaning turi, raqami yoki naviga qarab organoleptik ko’rsatkichlarini aniqlash.

Ishlash tartibi: namuna og’irligi 1,5 kg. Qismlarni tan-lashda va o’rtacha namunani ajratishda DAST ga rioya qilish zarur.
Yorma sifat ko’rsatkichlarini aniqlash quyidagi tartibda amal-ga oshiriladi: avval rang, hid, ta’mi va g’archillashi, so’ng namlik, ombor zararkunandalari bilan zararlanishi, temir aralashmalar miqdori, yuqori sifatli mag’iz miqdori, kulliligi aniqlanadi.


Organoleptik baholash. Yormaning ranggi, hidi, ta’mi va g’archillashini aniqlash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi. Hid-ni kuchaytirish uchun yorma chinni kosachaga joylanib, ustidan oyna bilan yopiladi va qaynashgacha isitilgan suv hammomiga qo’yiladi, Oradan 5 daqiqa o’tgach uning hidi aniqlanadi. Yormani g’archillashi yanchilgan, kam miqdordagi (har biri 1 g atrofida) 1-2 porsiyala-rini chaynash yo’li bilan aniqlanadi. Gumonli hollarda hid, ta’m va g’archillash yormadan tayorlangan bo’tqadan aniqlanadi.

Laboratoriya tahlili. Namlik yanchilgan yorma namunasida, uni 1300 haroratida 40 daqiqa davomida quritib aniqlanadi. Yorma namunachasini 30 gr atrofidagi og’irlikda laboratoriya tegirmoni-da yanchiladi. Yanchish yirikligi quyidagi shartlarga javob berishi kerak: yuzasi tozalangan no’xat uchun 0,8 mm uyachalik sim elakdan o’tishi kamida 50%, suli yormasi uchun kamida 60%, boshqa yormalar uchun kamida 75% bo’lishi kerak.
Ikki aniqlashda o’rtacha namlik topiladi. Paralel tahlillar o’rtasidagi farq 0,2% dan oshmasligi kerak.


Ombor zararkunandalari bilan zararlanish. Bo’lgich qo’l-lamasdan o’rtacha namunadan tahlil uchun 1 kg og’irlikda yorma namunasi ajratiladi. Ajratilgan namunadagi zararkunandalar (tiriklari) miqdori yormaning zararlanishini ta’riflaydi. DASTga binoan yormalarni zararkunandalar bilan zararlanishiga ruxsat etilmaydi.
Ajratilgan namuna yorma turiga qarab yoki uzunchoq teshikli elakdan o’tkaziladi. Qo’lda elashda 2 daqiqa davomida har daqiqaga 120, mexanizasiya usulida 150 aylana harakat qilinadi. Elash qismlarga bo’lib uch bor o’tkaziladi: grechixali, maydalanmagan suli, «Gerkules» suli yaproqchalari, sholi, № 1 va № 2 perlovkali, № 1 va № 2 poltava bug’doyi va yuzasi tozalangan no’xat diametri 2,5 va 1,5 mm aylana teshikli elaklarda; perlovka № 3 va № 4, poltava bug’doyining № 3 va № 4, tariq, arpali № 1 va № 2, makka-jo’xori № 1 va № 2, maydalangan suli, maydalangan sholi, mayda-langan tariq, yuzasi tozalanib, maydalangan no’xat uzunchoq teshikli (1,2x20 mm) va diametri 1 mm teshikli elaklardan; perlovka, bug’-doyli «Artek», arpali № 3, makkajo’xori № 3 va manna yormasini uyachalari razmeri 0,8 ga 0,63 mm sim elaklardan o’tkaziladi. Har bir elakdan qolgan va o’tganlarni oynaga (qora yoki oq) o’tkaziladi, miqdori sanaladi va zararkunanda turlari aniqlanadi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə