Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139

79 
 
 
Ildiz uchki qismi bilan pastga qarab o‘sadi. Uning uchida uch qator birlamchi meristema 
joylashgan  xar  bir  qatorda  odatda  4  tadan  xujayra  bo‘ladi,  pastki  qatordagi  meristemada 
ildizning  qini  va  dermotogen  xosil  bo‘ladi.  O‘rta  qatordagi  meristemada  pereblema,  yuqori 
qatordagi meristemada esa pleroma xosil bo‘ladi. Dermotogendan birlamchi qoplagich to‘qima 
(epidermis), pereblemadan ildizning po‘stloqi, pleromadan esa ildizning markaziy silindr qismi 
tashkil topadi. 
       Ildiz uchki qismi bilan pastga qarab o‘sadi.Uning uchida uch qator birlamchi meristema  
joylashgan  xar  bir  qatorda  odatda  4  tadan  xujayra  bo‘ladi,  pastki  qatordagi  meris-temada 
ildizning  qini  va  dermotogen  xosil  bo‘ladi.  O‘rta    qatordagi  meristemada  pereblema,  yuqori 
qatordagi  meristemada  esa  pleroma  xosil  bo‘ladi.  Dermotogendan    birlamchi    qoplagich 
to‘qima (epidermis), pereblemadan  ildizning  po‘stlog‘i, pleromadan  esa ildizning markaziy 
silindr qismi tashkil topadi. 
       Ildizning o‘suvchi qismi quyidagi 4 ta zonalardan iborat. 
       1.  Ildiz  qini    zonasi.  Ildiz    qini    meristemani    shikastlanishidan  saqlab  turadi.  Hamda 
ildizning  pastga  qarab  erni  yorib  o‘sishga  imkoniyat  yaratib  beradi.  Ildiz  qini    xujayrasida  
kraxmal  bor.  Kraxmallar  o‘z og‘irligi bilan ildizning tikka va to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. 
       2. Bo‘linuvchi zona. Bu zonada meristema joylashgan meristema xujayralari oddiy  yoki  
kariokinez  yo‘lida  bo‘linib  ko‘payib  turadi.  Bu  bo‘linuvchi  xujayralarda  vakuola  bo‘lmaydi, 
yadro  xujayralarining  markaziga joylashgan. Bu zonaning kattaligi 2 mm oralig‘ida bo‘ladi. 
       3.  O‘suvchi  zona.    Bu  zonada  xujayralar  bo‘linishdan  to‘xtab  o‘sa  boshlaydi.  O‘suvchi 
zonadagi    xujayralarda    vakuolalar    paydo    bo‘lgan  bo‘ladi.  Bo‘linuvchi  zona  bilan  o‘suvchi 
zona birgalikda 3-4 mm kattalikda bo‘lib bular ildizning o‘suvchi nuqtasi deb ataladi. 
       4.  SHimuvchi  zona  yoki  ildiz  tuklari  xosil  bo‘luvchi  zona  bu  zonada  birinchi  marotaba  
to‘qimalar  vujudga  keladi.    Bu  zonaning  kattaligi  bir  necha  sm  bo‘ladi.  Ildizning 
epidermasidan  tuklar  o‘sib  chiqadi.  Ildiz    epidermasini  epiblema    ham    deb  yuritiladi.  
epidermis xujayralarining po‘sti yupqa, piktin moddasi bilan qoplangan.  
       Ildiz epidermisida  kutikula qavati va ustitsalari bo‘lmaydi. Epidermisdan o‘sib chiqqan 
tuklar  bir  xujayrali  o‘simtalar    bo‘lib,uzunligi  0,16  mm    dan    1sm  gacha  bo‘ladi.  Tuklarning 
umri qisqa bo‘ladi. Oz muddat kechiruvchi organlar efemer organlar deyiladi. Tuklar faqat  10-
20    kun  hayot  kechiradi,  lekin  ularning  miqdori  juda  ko‘p  bo‘ladi.  M:  Jo‘xori  ildizining 
1mm 52 0 sathida 425 ta, no‘xatda 232 ta tuk  bor.  Ildiz  tuklari tirik bo‘ladi.Tuklar  ildizning 
shimuvchi satxini 5 martada n 20 martagacha ortiradi.  Ildiz tuklarining ba’zilari olma, ko‘mir 
kislotalarini  ishlab  chiqaradi.  Ildiz  tuklari  orqali  erdan  suv  va  suvda  erigan  mineral 
moddalarning shimadi. 
       Ildizning anatomiyasi 2 ga bo‘linadi. 
       1.Birlamchi ildiz anatomiyasi 
       2.Ikkilamchi ildiz anatomiyasi 
       Bir  pallali  o‘simliklarning  ildizi  birlamchi,  Ikki    pallali    o‘simliklarning  ildizi  esa 
ikkilamchi,  yosh  paytda  esa  birlamchi  bo‘ladi.Ildiz  tashqi    tomondan    epidermis    bilan  
qoplangan.  Epidermisdan  tuklar  o‘sib  chiqadi.  Ildizning  shimuvchi  zonasi    kundalang  
kesganimizda ikki qismdan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. 
       1.Ildizning po‘stloq qismi. 
       2.Markaziy silindr qismi. 
       Ildizning po‘stloq qismi 3  xil  qavat  xujayralardan  tashkil topgan. 
       1. Tashqi qavat-ekzoderma. 
       2. O‘rta qavat-mezoderma. 
       3. Ichki qavat -endoderma. 
      
Ekzoderma-bir necha qator zich joylashgan ko‘p qirrali parenxim xujayralardan iborat. 
Ekzoderma xujayralari  o‘lik  bo‘ladi, ya’ni  suberin moddasi bilan  sug‘orilib probkalangan. 
Ikki pallali o‘simliklarda epidermis tushib ketib o‘rniga probka hosil  bo‘lgunga  qadar  
qoplog‘ichlik vazifasini bajarib  turadi.  Ba’zan ekzodermada mexanik to‘qima sklerenxima 
xalqasi ham joylangan bo‘ladi. 


80 
 
       Mezoderma-bir  necha    qavat  siyrak  joylashgan  parenxim  xujayralardan  tashkil  topgan.  
Ba’zan  mezoderma  xujayra-sida  bo‘shliq  joy  xam    uchraydi.  Bu    bo‘shliq    joyni  aerinxima 
deyiladi.  Mezodermada  suv  va  suvda  erigan  oziq  moddalar  to‘planadi.  Ba’zan  mezodermada 
chiqaruvchi organ va 
yo‘llar  bo‘ladi.  Mezoderma  oziq  moddalarni  to‘plashdan  tashqari  o‘tkazuvchanlik  vazifasini 
bajarib  turadi.  Ildiz  tuklari  shimib  olgan  oziq  moddalar  mezoderma    orqali  markazga  o‘tadi. 
Markazga joylashgan ksilemaning suv naylarga tushgan suv va suvda erigan mineral moddalar 
yuqoriga ko‘tarilib ketadi. 
       Endoderma-odatda  bir  qator  ba’zan  ikki  qator  zich  joylashgan    parenxim  xujayralardan  
iborat.  Endoderma  hujayralarning  ichki  va  yon  tomonlari  probkalangan  bo‘lib  faqat  tashqi 
mezodermaga    qaraganda    po‘sti  yupqaligicha  qoladi.  Ba’zi  endodermaning  tashqi  va  ichki 
tomoni  yupqaligicha  qolib  yon  tomon  probkalanadi.  Probkalangan    xujayralar    o‘lik    bo‘ladi. 
Bularning  orasida    ba’zi    xujayralar  probkalanmaydi.  Prokalanmagan  xujayralar  tirikligicha 
saqlanib qoladi. Bu xujayraning  endodermaning tirik o‘tkazuchi  xujayrasi deyiladi.CHunki bu 
xujayralari  markaziy  silindr  qismiga  suv  va  suvda  erigan  xoldagi  mineral  moddalar  o‘tib  
turadi. Ildizning markaziy qismi peretsikl deb ataladi. 
       Tug‘diruvchi  to‘qimadan  boshlanadi.  Peretsikl  odatda  bir  qator  ba’zan  bir  necha  qator 
bo‘lib  joylashgan  parenxim    xujayralardan    tashkil    topgan.  Peretsikl  xujayralari  kariokinez 
yo‘lda bo‘linib ko‘payib turadi. Natijada peretsikldan yon  ildizlar  o‘sib  chiqadi. Peretsiklni  
kambiydan farqi kambiy  erta bahordan kech kuzgacha bo‘linib ko‘payib turadi. Peretsikl esa 
ma’lum  vaqtgacha  bo‘linib  ko‘payadi.  Ikki  pallali  o‘simliklardan  peretsiklda  fellogen  ham 
hosil  bo‘ladi.Ildiz  markazida  o‘zak  xujayralari  bo‘lib  uning  atrofida  ksilema  so‘ngra  floema 
joylashgan. Ksilema  bilan floema radial tipda joylashgan.  
       Ikki pallali  o‘simliklarning  ildizi yosh vaqtida bir-lamchi so‘ngra ikkilamchi tuzilishda 
bo‘ladi.  Ildizning  ikkilamchi  tuzilishida    ikkilamchi  o‘tkazuvchi  to‘qimalar    va    ikkilamchi  
qoplag‘ich  to‘qimalar  vujudga  keladi.  Kambiydan  ikkilamchi  ksilema  va  floemalar  probka 
kambiysidan  (Fellogendan)  ikkilamchi  qoplagich  to‘qima  xosil  bo‘ladi.  Kambiy  floema  bilan 
ksilemaning  orasiga  joylashgan  bo‘lib  o‘zidan  yuqoriga  floema  elementlarini  ichkariga  esa  
ksilema  elementlarini  ishlab  chiqarib  turadi.  SHuning  uchun  ham  ikki  pallali  o‘simliklarning 
poyasi  va  ildizi  bo‘yigagina  emas  eniga  ham  o‘sib  turadi.  Kambiydan  hosil  bo‘lgan  floema, 
ksilema ikkilamchi ksilema va floema deb yuritiladi. Ikkilamchi ildizning markazida birlamchi 
ksilema (ya’ni o‘zak o‘rnida), uning ortida ikkilamchi ksilema joylashgan. Ikkilachi  ksilema  
ustida    kambiy    va    uning  yuqorisida  floema  so‘ngra  peretsikl  o‘rnashgan,  peretsiklning  
yuqorisida    ildizning    po‘stloq  qismi  bo‘ladi.  Yon  ildizlar  mana  shu  peritsikldan  vujudga 
keladi. 
10
 
     
Ko‘p  yillik,  ikki    pallali  o‘simliklarning    ildizi  boshqa  tomondan  periderma  bilan 
qoplangan. Ildiz markazidan toki po‘stlog‘iga qadar o‘zak nur xujayralari  joylashgan. O‘zak  
nur    xujayralari    ko‘ndalangiga  yana  o‘zakdan  po‘stloqqa  tomon  oziq  moddalarni  etkazib 
turadi. 
       Ildiz mevalik  o‘simliklarning ildiz tuzilish jixatidan 3 xil bo‘ladi. 
       1.  Ildizning  po‘stloq    qismi    kuchli    taraqqiy    etgan  bo‘lib,  oziqli  moddalar  asosan 
po‘stloqda to‘planadi. M: sabzi. 
       2.  Ildizning  markaziy  ya’ni  ksilema  qismi  kuchli  taraqqiy  etgan  bo‘lib  oziqli  moddalar 
shu qismga to‘planadi. M: turp, rediska. 
       3.  Ildizning  po‘stloq    hamda    markaziy    qismi  yaxshi  taraqqiy  etgan  bo‘lib  oziqli 
moddalar xar ikkalasida to‘planadi. M: lavlagi. 
       Ildiz mevalarni ildiz metamorfozlari ham deb yuritiladi. Ularda oziq moddalar to‘planadi. 
To‘plangan  oziq moddalar o‘simlik, hayvon va inson organizmlari uchun muhim axamiyatga 
ega. Ularda turli xildagi organik birikmalar xam to‘planadi. 
                                                             
10
 
2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A.Botanika.-T.: O‘zbekiston, 2005.-435 b. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə