Xalk ogzaki ijodiyotida mexr shavkat tarbiyasi xalq og’zaki ijodi



Yüklə 421,51 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü421,51 Kb.
#108026
Рашидова Камола

Xalk ogzaki ijodiyotida mexr shavkat tarbiyasi

XALQ OG’ZAKI IJODI

Xalqimiz ma’naviy va milliy qadriyatlarga nihoyatda boy. Birgina nikoh to‘yidan keyingi marosim hisoblangan kelin salomning o‘zi har bir hududda o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi. Aslida kelin salom ham xalq og‘zaki ijodining yorqin bir ko‘ri-nishidir. Biz ertaklar, laparlar, ayti-shuvlar, topishmoqlar, allalar va maqol- larni eshitib ulg‘ayganmiz.

Xalqimizning xayoliy dunyosi, yuksak tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu yanglig‘ xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglab tafakkur olamimiz kengayib,

oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay oldik. Insonni ma’naviy yuksaklik sari etaklovchi bu boy madaniy merosimiz asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, yillar o‘tgan sari sayqal topib bormoqda. Agar alla misolida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda onaning farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri, jigarbandiga atalgan go‘zal to‘yg‘ulari, xush tilaklari mujassam. Alla – hayotbaxsh, huzurbaxsh, barcha yaxshiligu, ezguliklarning debochasi, boshlanish ohangidir. Bil’aks, uning o‘zi yurakning nozik torlaridan yaralib, dunyolarga jon baxsh etadi. Ona alla aytar ekan, farzandining kelajakda baxtli, saodatli va shu bilan bir qatorda, sog‘lom, qo‘rqmas, shijoatli, botir bo‘lib ulg‘ayishini istaydi.

Alla tinglagan bola mehrni o‘z tanasiga, shuuriga singdiradi. Bu go‘zal ohang insonda, uning ong qatlamlarida bir umr nurli qo‘shiq bo‘lib saqlanib qoladi va farzandlar qalbiga mehr-oqibat, samimiylik, rahmdillik, yurtparvarlik, jasurlik kabi ijobiy xislatlarni jo qiladi. Alla nafaqat onaning bolaga mehri, balki bolaning onaga mehr-oqibatini ham ma’nan ta’minlaydi. Shu bois bu qo‘shiqning umri boqiydir. U qaysi tilda yangramasin, dillarni titratadi, qalblarga faqatgina ezgulik urug‘ini sepadi.


Qo‘li arslon bilakligim, Botir, qoplon yurakligim, Yaxshi - yomon kunimda, Menga juda kerakligim Alla, bolam alla-yo, Jonim, bolam alla-yo.

Xalq og‘zaki ijodining boshqa bir qator janrlari ham borki, ularga biz hayotimiz davomida ko‘p bora duch kelamiz. Masalan bobo-buvilarimiz, ajdodlarimizning ko‘rgan-kechirganlari asosida dunyoga kelgan ertaklardir.

Bolajonlarimiz uchun niho-yatda qiziqarli va maroqli bo‘lgan ertak-larning ham turli yo‘nalishlari mavjud. Jumladan, afsonaviy, sehrli ertaklar, sarguzasht ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, xalq qahramonlari hayoti tasvirlangan ertaklar...

Ular uzoq o‘tmishning belgilarini saqlagan holda, insonlarning bugungi hayoti bilan hamohang tarzda o‘z qadr-qimmatini asrlar osha yo‘qotmaydi.

Folkloristik termin sifatida ertak, ayrim hududlarda esa matal deb nomlanuvchi, bolaligimizning beg‘ubor onlarida doimo bizga yo‘ldosh bo‘lgan “Zumrad va Qimmat”, “Kenjabotir”, ”Yoriltosh”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Ur to‘qmoq”, “Chol bilan kampir”, “Ochil dasturxon”, “Ilon pari”, “Podachining qizi” kabi ertaklarni bir yodga olaylik.

Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan bo‘lgan bu ertaklarni qayta-qayta tinglagani-miz, undagi yaxshilig-u yomonlik, ezgulig-u yovuzlikdan ta’sirlanib, buvilarimizdan eshitgan matalla-rimiz qahramonlariga o‘xshashga intilganlarimiz hali-hanuz yodimiz-da. Ta’kidlash o‘rinliki, bolalik xoti-ralarimizning qat-qatidan joy olgan o‘zbek xalq ertaklari xalqimizning o‘tmish hayoti, ijtimoiy munosa-batlari, urf-odatlari, siyosiy va

axloqiy tushunchalarini yaqqol namoyish qila olishi bilan ahamiyatlidir .

Ertaklarni xalqimizning badiiy tarixi, jonli san’ati deyish mumkin desak xato bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodining yana bir qirrasi bu latifa va loflardir. Kichik hajmdagi nasriy asarlar ichida latifalar va loflar insonlarga bir lahzalik kulgu ulashishi, zavq bag‘ishlashi bilan ahamiyatlidir.

Azaldan latifa aytuvchilar va lofchilar alohida iste’dodga ega, hayotiy tajribasi katta insonlar bo‘lgan. Aytilayotgan latifada so‘zlarga alohida urg‘u berish, qochiriq va kosa tagida nimkosa borligiga sha’ma qilish ular foydalanadigan usullardir. Hozirda Farg‘ona viloyatida xalq og‘zaki ijodining bu janridan foydalanishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Endi keksalarimiz tomonidan aytiladigan ayrim duolar haqida to‘xtalsak. Biror safarga otlanayotganimizda kattalar “Oy borib, omon kel”, “Yo‘ling bexatar bo‘lsin”, “Olloh panohida asrasin”, deya duo qilishadi. Yoxud biror xayrli yumushni bajarganimizda “Boshing omon bo‘lsin”, “Olganing oltin bo‘lsin”, “Xonadoning farzandga to‘lsin”, deya duoga qo‘l ochishadi.

Albatta, ushbu ezgulikka yo‘g‘rilgan tilaklar insonga ruhiy quvvat va o‘ziga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Demak, xalq og‘zaki ijodining har bir qirrasida hayotiy haqiqat, xalqimizning orzu-istak va kechinmalari mujassamdir. Yana bir haqiqat shundaki, biz hali xalq ijodiyotining barcha jihatlarini o‘rganib ulgurganimiz yo‘q. Uning hali bizga notanish qirralari bisyor. Hayot davom etar ekan, xalq og‘zaki ijodi ham mazmun-mohiyatini boyitib, o‘z tarbiyaviy ahamiyati jihatidan qadr topib boraveradi.


Yüklə 421,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə