Xalq og’zaki ijodi: xalq qo’shiqlari



Yüklə 14,24 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü14,24 Kb.
#157728
ruxshona 1


XALQ OG’ZAKI IJODI:
XALQ QO’SHIQLARI
Xalq og’zaki ijod namunalari - xalq ertaklari, qo’shiqlar, maqollar, topishmoqlar dastlab og’zaki shaklda paydo bo’lgan va avloddan avlodga o’tib kelgan. Muallifi xalq ya’ni, xalq tomonidan yaratilgani sabab “Xalq og’zaki ijodi” deb ataladi.
Eslab qoling!
“Xalq og’zaki ijodi” atamasi o’rnida “folklor” (inglizcha “folk” – “xalq”, “lore” –“donolik”) so’zini qo’llash mumkin.
Mehnat qo’shiqlari
Mehnat qo’shiqlari – biron ishni bajarish paytida ijro etiladigan qo’shiqlar.
O’rog’im olmos,
O’rishdan qolmas.
Sira ham tolmas,
O’rmasam bo’lmas.
Mavsum-marosim qo’shiqlari
Mavsum-marosim qo’shiqlari – turli marosimlarda va bayramlarda, o’yinlarda ijro etiladigan qo’shiqlar.
Suz xotin, suzma xotin,
Ko’lankasi maydon xotin,
Yomg’ir yog’dir, ho’l bo’lsin,
Yer-u jahon ko’l bo’lsin.
Lirik qo’shiqlar
Lirik qo’shiqlar – biron-bir marosim bilan bog’liq bo’lmagan, his-tuyg’ularni ifodalash uchun ijro etiladigan qo’shiqlar.
Yo’l bo’lsin-a, yo’l bo’lsin,
Bosgan izlaring gul bo’lsin...

Tayyorladi: Ruxshona
3
Yüklə 14,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə